1.5. Foydali qazilmalarni tashish
Kontakt elektrovozi 7 КРМ – 600 tog‘ jinslarinin shaxta va rudniklarda tashishga mo‘ljallangan.
Elektrovozlarni asosiy farq qiluvchi jihatlari quyidagilardir: elektr energiyasini qabul qilish usuli, g‘ildiraklari formulasi va kuzovi o‘lchamlari.
Elektr energiyasini qabul qilish bo‘yicha elektrovozlar kontaktli, akkumulatorli, kontakt-kabelli, kontakt-akkumulatorli va kontakt dizelli turlariga bo‘linadi.
1. Kontaktli elektrovozlar 40-45‰ qiyalikda o‘z tezligini kamaytirmasdan torta oladi. Dvigatellar quvvati 2000-2500 kVt ga yetadi. Kamchiligi – kontakt tarmog‘ining mavjudligi bo‘lib, kon ishlarini olib borishni qiyinlashtiradi, ayniqsa, doimiy suriluvchi ish maydonlarida.
2. Akkumulatorli elektrovozlarning asosiy afzalligi kontakt tarmog‘ini talab etmasligidir. Akkumulator batareyalarining quvvat hajmi chegaralanganligi uchun ishlatilish ko‘lami ham chegaralangan bo‘ladi, asosan, manevr ishlarida qo‘llaniladi. Birikish og‘irligi 60-70 t ni, dvigateli quvvati 150-200 kVt ni tashkil etadi.
3. Kontakt-kabelli elektrovozlar elektrlashtirilmagan ustuplarda va ag‘darmalarda ishlatilib, kabel barabaniga ega bo‘ladi. Talab etiladigan kabelning uzunligi, elektrovozning kichik tezligi, kichik quvvati va kabellarning tez ishdan chiqishi bu turdagi elektrovozlarni amalda qo‘llashni qiyinlashtiradi va deyarli ishlatilmaydi.
4. Kontakt-akkumulatorli elektrovozlar suriluvchan va ag‘darma yo‘llarida kontakt tarmog‘ini o‘tkazishni bekor qiladi. Ular asosiy yo‘llarda kontakt orqali, tarmoq o‘tkazilmagan yo‘llarda akkumulator batareyalari orqali elektr quvvati bilan ta’minlanadi. Bu elektrovozlar kontaktli elektrovozlarga qaraganda bir muncha murakkab konstruksiyaga ega, ishlatish va ta’mirlash bir muncha murakkabliklar keltirib chiqaradi.
5. Kontakt-dizelli elektrovozlar qo‘shimcha dizel qurilmasiga egadir. Dizel generatori elektrovoz nominal quvvatidan 40-50 % ni aylantira oladi. Bu elektrovozlar kontaktli elektrovozlarga qaraganda 20-25 % qimmatdir. Bu elektrovozlar AQSh konlarida ishlatilgan, birikish og‘irligi 125 t, elektrovoz dvigateli quvvati 1000 kVt, dizel generatori quvvati esa 650 ot kuchini tashkil etadi.
Kon vagonchalari yuk, odam va maxsus uskuna tashiydigan turlariga bo‘linadi. Yuk tashiydigan vagonchalar asosan foydali qazilma, boshqa tog‘ jinslari, yer osti bo‘shlig‘ini to‘ldiruvchi materiallar va yordamchi yuklar-yog‘och materiallarni tashuvchi («коза»), suyuq yuklarni tashuvchi (цистерна), uskunalarni tashuvchi (платформа) vagonlarga bo‘linadi.
Odam tashuvchi vagonchalar gorizontal va qiya tekislikda yuruvchi xillariga bo‘linadi.
Maxsus uskuna tashuvchi vagonchalarga ta’mirlash uskunalari, o‘t o‘chiruvchi materiallar, yo‘l o‘lchov asboblari va boshqa uskunalar bilan jihozlangan vagonchalar kiradi.
Kon vagonchalariga bir-biri bilan o‘zaro bog‘liq bo‘lgan bir qancha quyidagi talablar qo‘yiladi: yuqori chidamlilik, nafaqat statistik, balki bir-biri bilan urilgan hollarda hosil bo‘luvchi dinamik kuchlarga ham chidamlilik, o‘z hajmiga nisbatan mumkin qadar kichik og‘irlikka va o‘lchamlarga ega bo‘lishi, harakatga qarshilik kuchlarining mumkin qadar kichikligi, yuklanishning osonligi, to‘liq yuk to‘kilishi ta’minlanishi, tozalash, ulanish va ajratish osonligi kabi talablar.
Vagonchalarning asosiy o‘lchamlariga kuzovning hajmi – V(metr3), ma’lum to‘qma zichlikka ega bo‘lgan yuk uchun, yuk ko‘taruvchanligi- G(t) ularning uzunligi – T(m), balandligi – N (m) kengligi V(m), g‘ildirak juftlarining kengligi Sk va g‘ildirak o‘qlari orasidagi masofa Sb kiradi.
Kon vagonchalari tarkibiy qismlari konstruksiyasi
Kon vagonchalari tarkibiy qismlari iloji boricha sifatli, arzon va xizmat qilish muddati ko‘p bo‘lishi talab etiladi.
Kuzov – vagonchalar kuzovlari po‘lat listlardan tayyorlanadi. Kuzov tag qismi aylana va tekis bo‘lishi mumkin. Kuzov materiali legirovka qilingan po‘latdan tayyorlanib, yuzasi korroziyaga qarshi qatlam bilan qoplangan bo‘ladi.
Rama – maxsus shaklli (shveller, ugolnik va h.k.) po‘latdan payvandlab tayyorlanadi. Vagoncha ramasiga qolgan barcha qismlari (kuzov, skatlar, g‘ildirak juftlari, bufer va ulagichlar) mahkamlanadi.
Skatlar – o‘qlar va ikkita g‘ildirakdan iborat bo‘lib, vagonchaning eng asosiy qismlaridan sanaladi. Skatlar ikki xil bo‘lishi mumkin: birinchi holda - o‘q ramaga qo‘zg‘almas mahkamlangan, g‘ildiraklar podshipnik orqali aylanadi; ikkinchi holda – g‘ildirak juftlari va o‘q buksa (gupchag)da aylanadi, buksa esa ramaga mahkamlangan bo‘ladi.
G‘ildiraklar diametri odatda 300 va 350 mm, ko‘p yuk ko‘taradigan vagonchalarniki esa 400 mm ni tashkil qiladi.
Buferlar - vagonchalar bir-birlari bilan to‘qnashganlarida zarblarni o‘zlariga qabul qilib oladilar va ulanish-ajralish vaqtida qo‘l mehnati xavfsizligini ta’minlaydi, vagonchaning ramasini himoya qiladi. Buferlar ikki xil bo‘lishi mumkin: elastik va qattiq. Elastik buferlar ichki qismiga prujina yoki rezina yostiqchalar qo‘yilishi mumkin.
Ulagichlar – vagonchalarni bir-birlari bilan ulashga xizmat qiladi. Ulagichlarga quyidagi talablar qo‘yiladi: yuqori darajadagi chidamlilik, vagonchalar ulanish va ajralish jarayonlarining xavfsiz va qulayligi, o‘z yo‘liga ajralishga yo‘l qo‘yilmaslik, sostav tarkibidan ajralmasdan ag‘darilish mumkinligi v h.k.
Ulagichlar bo‘lishi mumkin – qo‘lda boshqariladigan va avtomatik.
Kon vagonchalarining turlari
Kon vagonchalari asosan 3 turga bo‘linadi: yaxlit kuzovli ramaga mustahkam qotirilgan, kuzovi tagidan ochiladigan va kuzovi yon devorlari ochiladigan. Birinchi va ikkinchi turkumdagi vagonchalar ko‘mir konlarida, birinchi va uchinchi turkumdagi vagonchalar esa ruda konlarida ishlatiladi. Ruda tashiydigan vagonchalar bir muncha og‘ir konstruksiyali va chidamli bo‘ladi.
Ko‘mir tashishga mo‘ljallangan uch tonnalik vagoncha (3.13-rasm) uchburchak shaklli po‘latdan tayyorlangan rama, konussimon rolikli podshipnikli g‘ildirak juftlari, yog‘och brusli buferga egadir. Kuzovning mustahkamligini oshirish maqsadida polosali po‘lat belbog‘lar payvandlangan. Rama tag qismiga tayanch mahkamlangan bo‘lib, u vagonchani surishda va ag‘darishda qisib ushlash uchun xizmat qiladi.
Ko‘mir tashishga mo‘ljallangan yuk ko‘tarish qobiliyati 5 t bo‘lgan vagoncha tagidan ochiladi. 3 ta ko‘ndalang sharnirlar orqali ochiladigan tagliklariga ega.
Temiryo‘l transportida tortish kuchini hisoblashda vagoncha (poyezd sostavi) ning og‘irlik kuchi – KN da, tortish kuchi – N da ifodalanadi, shunda asosiy harakatga bo‘lgan qarshilik koeffitsientining o‘lchov biriligi N/KN da o‘lchanadi, uni harakatga bo‘lgan nisbiy qarshiligi deb ataladi, bilan belgilanadi hamda , N/KN ifoda bilan aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |