Vitamin K (antigemorragik vitamini, filloxinon ) 1939 yilda kashf etilgan, vitamin K ning ikkita vitameri (K1 va K2) bor. Ularni kashf etgan olimlar K.E.Doyzi bilan X.Dam 1943 yili Nobel mukofotiga sazovor bo’lishgan.
Filloxinon (K vitamin) — qon ivishining asosiy omillaridan biri. Organizmda K vitamin yetishmaganda turli a’zolar (burun, milk, me’da-ichak va b.)dan qon ketishi kuzatiladi.
Vitamin K — ushbu vitamin ayniqsa karam hamda gulkaramlar, shpinat, qovoq, tomatda ko’pdir. Undan tashqari u lavlagi, kartoshka, sabzi, yormalarda va dukkaklik o’simliklarda ham mavjuddir. K vitamini ichak mikroflorasida ishlab chiqariladi. Bakteriyaga qarshi dori-darmonlar ishlatilishi (antibiotiklar) oqibatida foydali bakteriyalar kamayib ketsa, tarkibida K vitamini mavjud bo’lgan ozuqalar tavsiya etiladi. Yangi tug’ilgan chaqaloqlarda ilk kunlarda ushbu vitaminning yetishmovchiligi kuzatiladi. Ushbu vitamindagi kunlik talab 0,1-0,3 mg. ni tashkil qiladi.
K vitaminiga boy bo’lgan mahsulotlar –yashil bargli sabzavotlarning faqat yangi uzilganlari. Muzlatilgan mahsulotlarda K vitamini o’lgan bo’ladi. Bundan tashqari yogurt, beda, tuxum sarig’i, soya, baliq moylari tarkibida ko’p bo’ladi. Unga bo’lgan ehtiyoj, ko’pincha, ichak florasi orqali ta’minlanadi. K vitamini foydasi, u qon quyuqligini normal holatda saqlaydi.
Avitaminoz K da jigarda protrombinning biosintezi buzilishi oqibatida qonning ivishi sekinlashadi,ayrim hollarda teri ostida, mushaklarda qon quyilishi (gemoraggiya ) holati kuzatiladi.
Vitamin C — allergik holatlarni kuchini kamaytiradi, qon tomirlarini baquvvatlashtiradi, organizmning qarshilik kuchini oshiradi, birlashtiruvchi to’qimalarning holatini yaxshilaydi. Askorbin kislota (C vitamin) — moddalar almashinuvida, biriktiruvchi to’qimalarning o’zlashtirilishida, bu to’qimalarning normal holatda tutib turilishi va tiklanishida muhim ahamiyatga ega. Shu bilan birga terining silliqligini ta’minlagan holda, uning tez qarishidan asraydi. Undan tashqari askorbin kislotasi qonning quyulishida ishtirok etadi va ayrim gormonlarning ishlab chiqarilishida ham ishtirok etadi. C vitamini virus va bakterial infeksiyalardan himoya qilish xususiyatiga egadir. C vitamini terida pigmentning to’g’ri taqsimlanishida ko’maklashadi.
C vitaminining yetishmovchiligi terini rangsiz qilib, inson tez charchaydigan bo’lib qoladi. Organizmda C vitamin yetishmasa, tog’ay va suyak to’qimalari tuzilishi buziladi, lavsha (singa) kasalligi ro’y beradi. Organizmda askorbin kislota hosil bo’lmaydi va to’planmaydi.
Vitamin C organizmni kasallikka qarshi kurashish qobiliyatini ko’taradi. Qon tomiri tizimi va terida dog’ paydo bo’lmasligi uchun zarur. Bu vitamin barcha sitrus mevalarda, qulupnoy, malina, karam, petrushka, ukrop, qizil qalampir va baqlajonda ko’p bo’ladi. C vitamini barcha mevalarda va yam-yashil ko’katlarda mavjuddir. Shipovnik, qora smorodina, oblepixa, shirin bulg’or qalampiri, ukrop, petrushka, gulkaram va karamda, apelsin, qulupnay, olmalar, gilos, shavel, shpinat, kartoshka va boshqa mahsulotlarda mavjuddir. Uning miqdori ayniqsa, petrushka, na’matak, oblepixa, qora smorodinalarda ko’pdir. Ushbu vitamindagi insonning kunlik ehtiyoji 60-100 mg.ni tashkil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |