Ишлаб чиқаришнинг метрологик асослари


Etalonlarning metrologik tasniflanishi



Download 1,51 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/139
Sana11.01.2022
Hajmi1,51 Mb.
#352857
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   139
Bog'liq
O’zbeêiston respubliêasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o

Etalonlarning metrologik tasniflanishi 
 
Etalonlar 
konstruktiv 
ishlanishiga 
va 
tarkibiga 
qarab 
quyidagilarga  bo’linadi.  Etalon  kompleks,  yakka  etalon,  guruhli 
etalon, etalon to’plami. 


 
69 
Etalon  kompleks
  -  fizikaviy  kattalik  birligi  o’lchamini  qayta 
tiklash,  saqlash  va  uni  uzatish  uchun  mo’ljallangan  o’lchash 
vositalarining va yordamchi qurilmalarining majmuidan tarkib topgan 
etalon. 
Etalon  kompleksiga  vaqt  etaloni  va  chastota  etaloni  misol 
bo’ladi.  Bu  etalonlar  seziyli  generatorlardan  (vaqt  va  chastota 
birliklarini 
qayta 
tiklash 
uchun 
mo’ljallangan),  vodorodli 
generatorlardan  (ularning  uzluksiz  ishlashida  vaqt  shkalasini  saqlash 
funksiyasini  bajaradigan  vaqt  va  chastota  birliklarini  saqlash  uchun 
qo’llaniladigan),  kvant-mexanik  soatlar  guruhidan  (vaqt  shkalasini 
saqlash  uchun  mo’ljallangan)  iborat  bo’ladi.  Etalon-kompleks 
tarkibiga  yana  chastotani  va  yalpi  kompleksni  funksiyasini 
ta’minlaydigan  vositalarni  ichki  va  tashqi  solishtirish  uchun 
mo’ljallangan apparaturalar kiradi. 
Yakka  etalon
  -  birlikni  qayta  tiklash  va  (yoki)  saqlash  uchun 
tarkibida  bitta  o’lchash  vositasi  (o’lchov,  o’lchash  asbobi,  etalon 
uskuna) bor bo’lgan etalon. 
Yakka  etalonga  massa  birligi  etaloni-kilogramm  misol  bo’ladi 
(platinoiridiyli  toshlar  ko’rinishida  amalga  oshiriladigan,  ba’zi 
etalonlarda - po’lat toshlar). 
Guruhli  etalon
  -  birlikni  qayta  tiklash  aniqligini  oshirish  yoki 
uni  saqlash  uchun  birgalikda  qo’llaniladigan,  bir  xilli  o’lchash 
vositalarining  majmuidan  tarkib  topgan  etalon.  Bir  xil  o’lchash 
vositalari  yoki  etalon  uskunalar  bilan  o’lchash  natijalarining  o’rtacha 
arifmetik qiymati odatda o’lchashlar natijasi sifatida qabul qilinadi. 
Guruhli etalonlarga 20 ta bir xil EYuК o’lchovlarining guruhidan 
iborat - normal elementlardan (Veston elementlaridan) tashkil topgan 
elektr  kuchlanishi  birligining  etaloni  misol  bo’la  oladi.  Guruhli 
etalonlar  doimiy  (o’zgarmas)  yoki  o’zgaruvchan  tarkibli  guruhli 
etalonlarga bo’linadi.  
Doimiy tarkibli etalonlarda o’n yillab o’lchash vositalarining bir 
xil nusxasi ishlatiladi. 
Masalan,  elektr  qarshiligi  birligining  etaloni  -  Om,  elektr 
qarshiligining 10 ta manganinli germetik elektr qarshiligining o’lchash 
g’altaklaridan iborat bo’ladi. 
O’zgaruvchan  tarkibli  guruhli  etalonlarga  muntazam  ravishda 


 
70 
yangilari bilan almashtiriladigan o’lchash vositalari kiradi. 
Bunday  etalonlarga  elektr  kuchlanishi  va  o’zgarmas  tok  elektr 
yurituvchi kuchi birligining guruhli etaloni misol bo’ladi. 

Download 1,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   139




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish