Mazkur o’quv qo’llanma kasb-hunar kollejlari o’quvchilari,
talabalar,
magistrantlar
va
o’quvchilarning keng ommasiga
mo’ljalangan. O’quv qo’llanmada ishlab chiqarishning metrologik
asoslari, fanning mazmuni, ahamiyati va metrologiya sohasidagi
asosiy tushunchalar yoritib berilgan.
УДК: 681.5(075)
КBК: 30.10
ISBN 978-9943-13- 392-1
«IQTISOD-MOLIYA», 2012
Mualliflar, 2012
3
КIRISH
Metrologiya fani uzoq tarixga ega bo’lishi bilan bir qatorda,
ilmiy-falsafiy nuqtai nazardan iqtisodiyotning barcha tarmoqlariga xos
bo’lgan, doimiy ravishda va uzluksiz tarzda rivojlanishda bo’luvchi
fanlar turkumiga kiradi.
O’zbekistonimiz juda boy va ko’hna madaniy va ma’rifiy
meroslarga ega. Ushbu meros G’arb falsafasini shakllanishida, buyuk
olimlarni va allomalarni muvaffaqiyat qozonishlarida munosib o’rin
egallagan. Bundan tashqari respublikamiz “Buyuk ipak yo’li” asosiy
tomirida joylashganligi va yirik savdo markazlariga ega bo’lganligi
sababli xalqaro iqtisodiy munosabatlarni rivojlanishida alohida
ahamiyat kasb etgan. Vatanimizda ilk ilmlarini shakllantirgan buyuk
allomalarning hozirda ham ahamiyatli kashfiyotlari va ilmiy yutuqlari
jahon fanlari taraqqiyotida munosib o’rin egallagan. G’arbda
Alfraganus nomi bilan tanilgan Ahmad Farg’oniyning Nil daryosining
sathini o’lchash uchun mo’ljallangan “Miqyosi Nil” qurilmasi,
mashhur Mirzo Ulug’bekning oddiy va sodda o’lchash asboblari bilan
o’ta yuqori aniqlikda tuzilgan “Yulduzlar jadvali”, ensiklopedist olim
Beruniyning moddalar tarkibini aniqlash borasidagi ulkan yutuqlari va
hokazolar (sanab tugatishimiz mushkul) shular jumlasidandir.
Ma’lumki, respublikamizda tub iqtisodiy islohotlar orqali bozor
munosabatlarini shakllantirishga kirishishda eng avvalo, uning
strategik maqsadlari belgilanib olindi. Bu maqsadlar ichida
“raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarishni ta’minlash” alohida
ta’kidlab o’tilgan. Iqtisodiy islohotlarning ustivor sanalgan
yo’nalishlarida ham quyidagilarni ko’rishimiz mumkin:
ilg’or texnologiyalarni joriy qilish orqali tayyor ekspertbob
mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish;
aholini yuqori sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash;
mamlakatning eksport quvvatidan to’la-to’kis foydalanish, uni
jadallik bilan rivojlantirish.
4
Bu borada respublikamizda qisqa muddat ichida ulkan ishlar
amalga oshirildi va natijada O’zbekistonga faqat xom ashyo zonasi
sifatida qarashlarga barham berildi.
Hozirgi kunda har bir mutaxassis o’z faoliyat sohasidagi
parametrlarni va ularni o’lchash usullarini, o’lchash vositalarini,
ularning texnikaviy tavsiflarini bilishlari zarur. Bundan tashqari
texnika yo’nalishidagi mutaxassislar o’lchanadigan va baholanadigan
kattaliklarni nazorat qilish vositalari hamda ularni ishlatish bilan
bog’liq bo’lgan masalalarni bilmog’i zarur.
Ilmiy-texnika taraqqiyotining asosiy yo’nalishlaridan biri
kattaliklarni yanada aniqroq o’lchaydigan makammal nazorat-o’lchash
asboblarini, qurilmalarini va tizimlarini yaratishdir.
Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish fanini
o’rganish
talabalarda
metrologiya,
standartlashtirish
va
sertifikatlashtirish bo’yicha qoidalarni, talablarni, me’yorlarni
standartlashtirish va sifatni boshqarishdagi davlat bayonnomalarini,
me’yoriy hujjatlarni bilishini taqozo etadi.
Bu esa bugungi kunda, ayniqsa, jahon andozalariga mos keluvchi
mahsulotlarni ishlab chiqarish va ularning raqobatbardoshligini
ta’minlashda, eng muhimi respublikamizning iqtisodiy salohiyatini
oshirishda o’ta muhim masalalaridan biri sanaladi.
5
Do'stlaringiz bilan baham: |