Ишлаб чиқаришнинг метрологик асослари



Download 1,51 Mb.
Pdf ko'rish
bet119/139
Sana11.01.2022
Hajmi1,51 Mb.
#352857
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   139
Bog'liq
O’zbeêiston respubliêasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o

13-rasm. 
14-rasm. 
 
13-rasmda  elektrodlarning  aktiv  yuzasini  o’zgarishiga  bog’liq 
bo’lgan  mexanizm  ko’rsatilgan.  Unda  1-bitta  yoki  bir  nechta 
kameradan  iborat  bo’lib,  har  qaysi  kamera  bir-biridan  ma’lum 
masofada  joylashgan  ikkita  metall  plastinkadan  iborat  bo’ladi.  Agar 
qo’zg’aluvchan  va  qo’zg’almas  plastinkalarga  o’lchanadigan 
kuchlanish  berilsa,  ular  teskari  ishorada  zaryadlanadi  va  natijada 
qo’zg’aluvchan  plastinka  elektrostatik  tortish  kuchi  ta’sirida  kamera 
ichiga tortiladi. 
O’q  (3)  ga  mahkamlangan  qo’zg’aluvchan  plastinkaning 
qo’zg’alishi  (burilishi),  teskari  (aks  ta’sir  etuvchi)  moment  hosil 
qiluvchi  spiral  prujinani  (yoki  tortqini)  buralishiga  olib  keladi. 
Aylantiruvchi  va  aks  ta’sir  etuvchi  momentlar  tenglashganda 
qo’zg’aluvchan  qism  harakatdan  to’xtaydi  va  asbob  shkalasining 
ko’rsatkichi 
bo’yicha 
o’lchanadigan 
kuchlanish 
aniqlanadi. 
Elektrostatik  o’lchash  mexanizmining  ikkinchi  turi  (elektrodlar 
orasidagi  masofani  o’zgarishiga  bog’liq)  14-rasmda  ko’rsatilgan 
bo’lib, ikkita qo’zg’almas plastinka (elektrod) lardan 1, yupqa metall 
lentasiga  osib  qo’yilgan  qo’zg’aluvchan  2  plastinkadan  iboratdir. 
Qo’zg’aluvchan elektrod qo’zg’almas plastinkalarning biriga ulangan 
bo’lib,  boshqasidan  izolyasiyalangan  bo’ladi.  Elektrodlar  orasida 





 
118 
potensiallar farqi hosil bo’lishi qo’zg’aluvchan plastinka qo’zg’almas 
plastinkadan  itarilib  teskari  ishora  bilan  zaryadlangan  plastinkaga 
tortiladi. 
Plastinka  burilishining  yo’nalishi  kuchlanishning  ishorasiga 
bog’liq  emas.  Qo’zg’aluvchan  plastinkaning  harakatga  kelishi 
qo’zg’aluvchan o’q 6 ni va nihoyat asbob ko’rsatkichi 5 ning shkala 
bo’ylab  surilishiga  olib  keladi.  Bunday  mexanizmlarda  aks  ta’sir 
etuvchi  moment  qo’zg’aluvchan  plastinkaning  og’irligidan  hosil 
bo’ladi.  
Elektrostatik o’lchash mexanizmlarining qo’zg’aluvchan qismini 
og’ish burchagi quyidagilarga asoslanib topiladi.  
Zaryadlangan jismlar sistemasini elektr maydoni energiyasi  
 
                       W
e
=CU
2
/2,
       
      
 
bu  erda 
S
  –  zaryadlangan    jism  sig’imi; 
U
  –  ularga  qo’yilgan 
kuchlanish  
Aylantiruvchi  moment  ifodasini    asosan    quyidagicha  yozish 
mumkin  
      


d
dc
U
d
dW
M
e
2
2
1


 
 
Aks  ta’sir  etuvchi  moment  elastik  element  yordamida  hosil 
bo’lishini  hisobga  olsak,  turg’un  burilish  holati  quyidagicha 
ifodalanadi.  
                     
,
2
1
2


W
d
dC
U

 
 
 
 bundan 
                     


d
dc
U
W
2
1
2

 
 
 
Ifodadan  ko’rinib  turibdiki,  elektrostatik  voltmetrlar  ham 
o’zgarmas  ham  o’zgaruvchan  tok  zanjirlarida  qo’llanilishi  mumkin, 
chunki kuchlanish 
U
 ni qutbi o’zgarishi bilan qo’zg’aluvchan qismini 
burilish yo’nalishi o’zgarmaydi. 
Agar  ifodadagi 
dC/dαqconst
  bo’lsa,  elektrostatik  voltmetrni 
shkalasi  kvadratik  xarakterda  bo’ladi(darajalanadi).  Elektrostatik 


 
119 
asbobini  shkalasini  bir  tekis  darajalashga  qo’zg’aluvchan  va 
qo’zg’almas  plastinkalarni  formasini  tanlab  olish  bilan  yoki  sig’imni 
qo’zg’aluvchan  qismini  og’ish  burchagi  bo’yicha  ma’lum  qonuniyat 
bo’yicha  o’zgarishini  ta’minlash  bilan  erishish  mumkin.  Bu  usul 
amalda  asbob  shkalasini  15-20  %  dan  yuqori  qismida  bir  tekis 
darajalanishiga imkon beradi. 
Elektrostatik  asboblarini  ko’rsatishiga  o’lchanadigan  kuchlanish 
chastotasi,  atrof-muhit  temperaturasining  o’zgarishi  va  tashqi 
maydonlar deyarli ta’sir etmaydi. Bunga qarama-qarshi o’laroq tashqi 
elektr  maydonining  ta’siri  sezilarli  darajada  bo’ladi.  Elektrostatik 
asboblarining  xususiy  energiya  sarfi  juda  kam:  masalan,  o’zgarmas 
tokda u deyarli nolga teng.  
Elektrostatik  voltmetrlar  kam  quvvatli  zanjirlarda  juda  keng, 
hattoki  30  MHz  gacha  bo’lgan  chastota  diapazonida  kuchlanish 
o’lchashda  ishlatiladi.  Aniqligi  bo’yicha  elektrostatik  voltmetrlar 
ko’pincha  1,0-1,5  klasslariga  mo’ljallab  ishlanadi.  Maxsus  ishlangan 
aniqligi 0,1;0,05 bo’lgan voltmetrlar ham mavjud.  
Tashqi  elektr  maydon  ta’sirini  kamaytirish  maqsadida 
elektrostatik ekran ishlatiladi.  

Download 1,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   139




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish