Yer narxi=ijara to’lovlari/Foiz stavkasi=5600/0,1=56000 so’m bir gektari uchun.
Misol 2. Yerga talab quyidagi funksiya orqali berilgan:
bu yerda - foydalaniladigan yer maydoni; - renta foizi (bir gektariga ming so’m).
Agar yer hajmi 100 gektar bo’lsa, muvozanat yer foizi qancha bo’ladi? Bank foiz stavkasi 125 % bo’lsa, bir gektar yerning narxi necha so’m bo’ladi? Agar davlat maksimal rentani bir gektariga 20000 so’m qilib belgilasa, ushbu siyosat natijasida yer egasining sof iqtisodiy rentasi qanday o’zgaradi?
Echish. Muvozanat renta darajasini muvozanatlik tenglamasidan aniqlaymiz:
bundan so’m bo’ladi.
Yer narxini ma’lum formula bo’yicha hisoblaymiz:
so’m bir gektariga.
Agar davlat yer rentasini 3 ming so’m qilib belgilasa, yerga talab gektarga teng bo’ladi.
Demak, yerga talab taklifdan oshib ketadi. yer egasining sof iqtisodiy rentasi ming so’mdan ming so’mga tushib ketadi.
13.4. Daromadlarning taqsimlanishi
Daromadlar turi. Daromadlar iqtisodiyot nazariyasiga ko’ra ishlab chiqarishda qatnashgan omillarning shu ishlab chiqarishdan olinadigan umumiy daromadga qo’shgan hissasi bo’yicha taqsimlanadi. Ishlab chiqarilgan mahsulotlardan tushadigan daromadni bunday taqsimlanishi jamiyat uchun kerakli bo’lgan tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqarishni rag’batlantiradi. Ishlab chiqarilgan mahsulotlar va xizmatlar jamiyatdagi insonlarning turmush darajasini belgilab beruvchi baza hisoblanadi va bu boylikdan jamiyatdagi har bir shaxsning o’z ulushini olishi bozor sharoitida tengchilikka asoslanmaydi. Lekin, bunday taqsimlanishning tenglikka asoslanmaganligi ko’pchilikni qoniqtirmaydi. SHuning uchun ham davlat daromadlardagi notekislikni yumshatish uchun o’zining daromad siyosatini amalga oshiradi.
Ishlab chiqarish omillari egasining daromadi omillar bozorida aniqlanadi. Ma’lumki, korxona egalari ishlab chiqarish omillarining egalariga (ishchi kuchi, kapital, yerga) har bir omilning chekli mahsulotiga ko’ra haq to’laydi. Ishlab chiqarish resurslari xarajatlarini to’lagandan keyingi qolgan daromad korxona ixtiyorida qoladi va unga korxona egalarining iqtisodiy foydasi deyiladi.
Mukammallashgan bozor nazariyasiga ko’ra, mukammallashgan bozorda ishlab chiqarish omillari egalari korxonadan, shu korxonada ishlatilgan omillari uchun olgan haqi, shu omillarning chekli mahsulotiga aniq teng bo’lsa, u holda iqtisodiy foyda nolga teng bo’ladi (agar masshtab samarasi o’zgarmas bo’lsa).
Ma’lumki, korxonalar o’z kapitaliga ega, shu sababli ular o’z kapitalini ishlatgani uchun foyda oladilar.
Shunday qilib, bozor sharoitida quyidagi daromadlar asosiy daromadlar hisoblanadi: ishchi kuchi daromadi, kapitalga daromad (foizlarda), kichik firmalar daromadi, renta - yer egalari daromadi, sof foyda.
Do'stlaringiz bilan baham: |