Tortuv elektr dvigatelining sovutish tizimi.
Barcha tortuv elektr
dvigatellar majburiy sovutish tizimiga ega bo'lib sovutuvchi havo tortuv elektr
dvigatelning kollektr tomonidan beriladi. Sovutuvchi havoning bir qismi
kollektorni sovutib, yakor o'zagidagi sovutish kanallaridan o'tadi va yakor o'zagi va
cho'lg’amini sovutib ostovdagi mahsus teshiklardan chiqib ketadi. Sovutuvchi
havoning qolgan qismi yakor va magnit tizimi orasidan o'tib yakor o'zagini, magnit
tizimini tashkil qiluvchi asosiy qutb o'zagi va cho'lg’amini, qo’shimcha qutb o'zagi
va cho'lg’amini sovutib ostovdagi mahsus teshiklar orqali atmosferaga chiqarib
yuboriladi.
55
Do'stlaringiz bilan baham: |