5.7. Lokomotivlarda qo'llaniladigan himoya va nazorat apparatlari
5.7.1. Himoya apparatlari
Himoya apparatlari lokomotivning elektr zanjirini va kuch qurilmalari-ning
agregatlarini xavfli tartibda ishlashdan himoya qilish uchun xizmat qiladi.
Lokomotiv kuch qurilmalarining agregatlarini xavfli tartibda ishlashdan
himoyalash maxsus relelar yordamida amalga oshiriladi. Bu relelar erga ulash
relesi, shatakli rele, harorat relesi va bosim relesidan tashkil topgan. Odatda, bu
relelar maxsus tayyorlanib, kuch qurilmalari holatining ko‘rsatkichlari qiymatini
o‘lchovchi datchiklar va ijrochi rele funktsiyalarini birga qo‘shib olib boradi.
Ijrochi rele kuch qurilmalarining nazorat qilinuvchi ko‘rsatkichlari ruxsat
etilmagan qiymatga etganda boshqaruv zanjiri kommutatsiyasini amalga oshiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |