«Ишлаб чиқариш жараёнларини механизациялаш ва автоматлаштириш» фани маърузаларини ўқитиш технологиялари



Download 9,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet86/148
Sana03.01.2022
Hajmi9,24 Mb.
#316260
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   148
Bog'liq
fayl 1755 20210907

Yerga ulash relesi.
 Erga ulash relesi, korpus izolyatsiyasi teshilganda, kuch
zanjiridagi kuchlanishni o‘chirish uchun xizmat qiladi. 
Elektr   uzatmaning   ishlash   jarayonida   korpusga   tutashuv,   izolyatsiya-ning
teshilishi   yoki   boshqa   sabablar   bilan   yuzaga   kelishi   mumkin.   Lokomotivlarda
korpusga   qisqa   tutashuv   elektr   jihozlarning   ishlashida   o‘zgarish   keltirib
chiqarmaydi.   Lekin   korpusga   yana   bir   qisqa   tutashuv   sodir   bo‘lsa,   bu   og‘ir
avariyaga yoki yong‘inga olib keladi. Shu sababli lokomotivlarda erga ulash relesi
o‘rnatiladi. Erga ulash relesi sifatida  RM1000 turidagi relelardan foydalaniladi.
Korpus izolyatsiyasi  teshilganda, tortuv generatori TG tokining bir qismi
quyidagi   zanjir   bo‘yicha   o‘tadi:   tortuv   generatorining   plyusi,   teshilgan   joy,
lokomotiv korpusi,  erga ulash relesining g‘altagi va tortuv  generatorining minusi
(5.57-   rasm).   Natijada   rele   ishga   tushadi   va  o‘zining   kontaktlari   bilan
1
 
(Eslatma: elektromagnitli relening ulash holatidagi tok miqdori releni ulangan holatida tutib 
turish tokidan ikki marta katta bo‘ladi)
182


qo‘zg‘atgichni,   tortuv   generatori   va   tortuv   elektr   dvigatelini   qo‘zg‘atish
kontaktorlari g‘altagining zanjirini uzadi. 
5.57 – rasm. Erga ulash relesining ishlash tartibi
Bu   holatda  erga   ulash   relesining   ishchi   g‘altagidagi   tok   yo‘qoladi,   lekin
mexanik   yoki   elektr   surilma   relening   uzilishiga   yo‘l   qo‘ymaydi,   chunki   tortuv
generator kuchlanishi qayta ulansa og‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Releni sxemaga bu tarzda ulashning kamchili shundan iboratki, kuchli tok
o‘tkazadigan   zanjirning   katta   qismida,   kuchlanish   pasayishi   kichik   miqdorda
bo‘lganligi sababli himoya mavjud emas. 
Agar izolyatsiyaning teshilgan nuqtasidagi potentsial korpusga nisbatan 80
V   dan   kam   bo‘lmasa   rele   ishga   tushishi   mumkin.   Buning   natijasida   elektr
dvigatellar asosiy qutblarining chulg‘ami, reversorlar va qo‘zg‘atishni susaytirish
rezistorlari izolyatsiyaning korpusga teshilishidan himoyasiz qoladi. 5.58-rasmda
ko‘rsatilgan sxemada yuqorida ko‘rsatilgan kamchiliklar mavjud emas.
183


5.58-rasm. Yerga ulash relesining sxemasi
Yuqoridagi  sxemada  g‘altakning bir uchi R1 va  R2 rezistorlar hosil qilgan
kuchlanish bo‘luvchining o‘rtasi bilan ulangan. Shu sababli plyus zanjirida yoki
minus zanjirida izolyatsiyaning teshilishi,  erga ulash rele-sining ishga tushishiga
olib   keladi.   Chunki  izolyatsiya   teshilishi   nuqtasi-ning   potentsiali  avvalgi
sxemadagi   kabi  tortuv  generatorining   minusi   bilan   emas,   balki   kuchlanish
bo‘luvchisining o‘rta nuqtasidagi kuchlanishning potentsiali bilan taqqoslanadi. Bu
nuqtadagi potentsial  musbat  tarmoqlanib chiqish joyiga  nisbatan etarli darajada
past,   tortuv  generatorining   minusiga   nisbatan   etarli   darajada   yuqori.Ushbu
zanjirning ishlash tartibi bilan tanishamiz: 
Agar   izolyaciyani   teshilishi   zanjirning   musbat   qismida   bo'lsa   erga   ulash
relesi quyida tartibda ishlaydi. Tortuv generator tortuv elektr dvigatellar quydagi
tartibda ulanadi. Generator yakoridan chiqgan musbat manba simlar orqali P1 -P6
elektr   pnevmatik   kontaktorlar   orqali   o'tib   tortuv   elektr   dvigatelning   yakoriga
keladi. Tortuv elektr dvigatelning yakoridan, to'ldiruvchi qutblaridan o'tgan manba
reversorga keladi. Reversorning belgilangan harakat yo'nalishi bo'yicha ulangan
kontaktlaridan   o'tib   tortuv   elektr   dvigatelning   asosiy   qutbida   joylashgan
cho'lg’amni   manbalaydi   va   reversor   ulangan   kontaktlaridan   o'tib   104   shuntga
keladi.   104   shuntdan   o'tgan   manba   generatorning   qo'shimcha   qutbidan   o'tib
184


generator   yakorining   minusiga   keladi   va   zanjir   to'liq   berkiladi.   Teplovoz   kuch
zanjiri   ishga   tushib   teplovoz   harakatlana   boshlaydi.   Agar   zanjirda   izolyaciyani
korpusga nisbatan teshilishi yuz bersa bunda erga ulash relesi ushbu zanjir bo'yicha
ishlaydi (5.59-rasm).   
5.59- rasm.  Erga ulash relesini zanjiri (musbat zanjir).
Generator plyusi, teplovoz korpusi, teplovoz korpusidan manba erga ulash
relesining   korpusga   mahkamlanga   qismidan   kirib   D2   diodi,     SRZ6   va   SRZ5
qarshiliklari o'tadi, relening ishchi RZ(R) cho'lg’ami, D3 diodidan o'tib, VRZ-2
ulagichidan, SRZ-1 qarshiligidan o'tgan manba, 104 ampermetr shuntiga keladi,
104 ampermetr shuntidan o'tgan manba generator qo'shimcha qutbi chol’g’amidan
o'tib   generator   minusi   bilan   ulanadi   va   erga   ulash   relesi   zanjiri   ishga   tushadi.
Bunda   erga   ulash   relesining   ajraluvchi   kontaktlari   teplovozni   kuch   zanjirini
manbalovchi uyg’otgichning uyg’otish zanjirini va generatorni uyg’otish zanjirini
ishga   tushiruvchi   kontaktorlarni   g’altaklarini   ulash   zanjirini   uzib   kontaktorlarni
o'chiradi   va   o'z   navbatida   kuch   zanjirini   manbasizlantiradi.  Kuch   zanjiri
185


manbasizlanganda   erga   ulash   relesining   ishga   tushirish   g’altagi   ham
manbasizlanadi. Rele mustaqil manbaga ega bo'lgan ushlab turish g’ltagi RZ(U)
tomonidan hosil qilingan magnit maydon hisobiga ishga tushgan holatida qoladi.
Releni   o'chirish   faqat   boshqaruvchi   mashinist   tomonidan   ushlab   turish   g’altagi
zanjiriga   o'rnatilgan   o'chirish   tugmachasi   KRZ   bosib   ajraluvchi   kontaktlarni
ajratish evaziga manbasizlantirib amalga oshiriladi.       
Agar korpusga nisbatan  izolyaciyaning teshilishi  kuch zanjirining manfiy
qismidagi simlarida  yuz bersa quyidagi zanjir hosil bo'ladi (5.60 - rasm).
5.60- rasm erga ulash relesini zanjiri (manfiy zanjir).
Tortuv   generator   va   tortuv   elektr   dvigatellar   yuqorida   keltirilgan   zanjir
bo’yicha   ulanadi.   Agar   zanjirda   izolyaciyani   korpusga   nisbatan   teshilishi
zanjirning manfiy qismida yuz bersa bunda erga ulash relesi ushbu zanjir bo'yicha
ishlaydi.   Manba generator plyusi, VRZ - 1 ulagichi, SRZ-3, SRZ-2 qarshiliklari,
VRZ - 2 ulagichi,  D4 diodi,  relening ishchi RZ(R) chol’g’ami,  D1 diodidan o'tib
erga   ulash   relesining   ishchi   g’altagining   korpusga   ulangan   ikkinchi   uchidan
186


teplovoz   korpusiga   chiqib,   kuch   zanjirining   manfiy   qismida   izolyaciyaning
teshilishi   yuz   bergan   joyidan   kirib   keladi   va   104   ampermetr   shunti,   generator
qo’shimcha qutbi chol’g’amidan generator minusiga keladi va erga ulash relesi
ishchi chol’g’ami zanjiri konturi berkilib rele ishga tushadi.
Bunda   huddi   zanjirning   musbat   qismida   izolyaciyaning   teshilishda   erga
ulash relesi qanday ishlagan bo'lsa huddi shunday ishlaydi.
    erga   ulash   relesining   ajraluvchi   kontaktlari   teplovozni   kuch   zanjirini
manbalovchi uyg’otgichning uyg’otish zanjirini va generatorni uyg’otish zanjirini
ishga   tushiruvchi   kontaktorlarni   qaltaklarini   ulash   zanjirini   uzib   kontaktorlarni
o'chiradi va o'z navbatida kuch zanjirini manbasizlantiradi va holat takrorlanadi.
Releni ishchi holatga qaytarish yuqorida aytib o'tganimizdek bajariladi. 
Еrga ulash relesining ishga tushirish chol’g’ami zanjirining ishidan ko'rinib
turibdiki izolyaciyaning teshilishi zanjirning qaysi qismida bo'lishidan qat'iy nazar
tok relening ishchi RZ(R) chol’g’amidan bir yo'nalishda o'tadi. 
Tekshirish   natijasida   izolyaciyasi   teshilgan   tortuv   elektr   dvigatel
aniqlangandan so'ng VRZ - 1 ulagichi o'chirib qo'yilishi lozim. Aks holda kuch
zanjiriga yuklanish berilganda erga ulash relesi yana qaytadan ishlab ketadi. VRZ -
2 ulagich uzib qo'yilsa erga ulash relesi to'liq o'chiriladi.   

Download 9,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   148




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish