Sozlash apparatlari
. Sozlash apparatlari avtomat sozlash tizimi tarkibida
qo‘llanib, lokomotiv kuch qurilmalari holatining turli ko‘rsatkichlarini sozlash
uchun qo‘llanadi.
Sozlash apparatlarining kontaktli va kontaktsiz turlari mavjud. Kontaktli
apparatlarga releli apparatlar, bosim relesi datchigi, harorat relesi datchigi,
kuchlanish regulyatori, vaqt relesi kiradi. Kontaksiz apparatlarga esa tiristorlar,
tranzistorli kuchlanish regulyatori, magnit kuchaytirgichlar, transformatorlar,
tortuv generatorining kuchlanishini avtomatik sozlash tizimining bloklari kiradi.
Keyingi yillarda lokomotivlar avtomatikasida mikroprotsessor texnikasi vositalari
keng qo‘llanilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |