5-Bo’lim. LOKOMOTIVLARNING ELEKTR APPARATLARI
5.1. Elektr apparatlarning ishlash sharoiti va vazifаsi.asi
Lokomotivlarning ishlash jarayonida elektr apparatlar vibratsiya, zarblar,
haroratning keskin o‘zgarishi, chang, dizel yoqilg‘isi va dizel moyi parlari
ta’siriga uchraydi. Vibratsiya elektr apparatlarning detallari tebranishiga olib
keladi. Bu tebranishlar boltli birikmalarni bo‘shab qolishiga, tarmoqlanadigan
chiqish joyi uzilishiga yoki elektr apparatlarning to‘satdan ishga tushib ketishiga
olib keladi. Bunday holatlar sodir bo‘lmasligi uchun, barcha qotirish detallari –
boltlar, gaykalar, vintlar, shpilkalar, prujinali shaybalar bilan o‘rnatiladi. Bir qator
elektr apparatlarga shplintlar, kontrgaykalar, groverlar va bukib qo‘yiladigan
shaybalar o‘rnatiladi.
Ishonchli elektr kontaktlar hosil qilish uchun tok o‘tkazuvchi qismlar
kavsharlanadi. O‘tkazgichlar vibratsiya va zarblar ta’sirida siljib ketishiga yo‘l
qo‘ymaydigan tarzda ulanadi. Elektr apparatlarning bir qismi amortizatorlarga
o‘rnatiladi. Yuqori sezgirlik va aniqlikga ega bo‘lgan elektr apparatlari himoya
qobiqlari (kojux) bilan yopiladi.
Mis va mis qotishmasidan tayyorlangan detallar qalay bilan qoplanadi yoki
maxsus emal hamda lak bilan bo‘yaladi, faqat detallarning ishchi kontaktlari
bundan mustasno. Qora metallardan tayyorlangan detallar rux bilan qoplanadi yoki
bo‘yaladi, ayrim hollarda esa xrom va nikel bilan ishlov beriladi.
Sharnirli birikmalarni po‘lat o‘qlari odatda qoplamasiz tayyorlanadi, lekin
birikma teshiklariga bronza yoki jezdan tayyorlangan vtulkalar presslab kiritiladi.
Izolyator ichiga kirib qolgan chang izolyatsiyani to‘sib qo‘ymasligi uchun tok
o‘tkazuvchi detallar orasidagi masofa kattalashtiriladi. Lokomotivlarning elektr
apparatlari og‘ir tortish sharoitida ishlashga moslashtirilganiga qaramasdan,
ularning avariyasiz ishlashi asosan ularga ko‘rsatilayotgan texnik xizmat ko‘rsatish
sifatiga bog‘liq.
Lokomotivlarning elektr sxemasi yordamida amalga oshiriladigan
113
vazifalarni aniq tasavvur qilish va ifodalash uchun dizelni yurgizib yuborish,
gidravlik uzatmali lokomotivni harakatga keltirish jarayonida bajariladigan
ishlarni ko‘rib chiqamiz. Gidravlik uzatmali lokomotivning elektr sxemasi elektr
uzatmali lokomotiv elektr sxemasiga nisbatan ancha sodda ko‘rinishga ega.
Dizelni yurgizib yuborish uchun quyidagi ishlarni bajarish zarur:
1)
Dizelning yoqilg‘i tizimini yoqilg‘i bilan to‘ldirish va past bosim
kollektorida ortiqcha bosimni hosil qilish kerak (0.1-0.3 MPa). Bu jarayonni ikki
usulda amalga oshirish mumkin. Birinchi usulda dizel ishga tushmagunicha bu
jarayon qo‘l nasosi yordamida amalga oshiriladi, lekin bu juda ko‘p vaqtni talab
etadi va noqulayliklar paydo qiladi, shu sababli zamonaviy lokomotivlarda bunday
nasoslar qo‘llanilmaydi. Ikkinchi usulda elektr yuritmali yoqilg‘i so‘rish
nasosining elektr dvigatel yakoriga kuchlanish berib amalga oshiriladi.
2)
Lokomotiv va dizelning moy tizimi moy bilan to‘ldiriladi. Dizelni
yurgizib yuborish jarayonida, uning tirsakli vali bo‘yinlari va o‘zak
podshipniklarining vkladshlarida quruq ishqalanishni oldini olish uchun moy
uzatish zarur. Lekin tirsakli val birinchi harakatni amalga oshirayotganligi sababli,
tirsakli valdan harakat oluvchi asosiy moy nasosi kerakli bosimni hosil qilib bera
olmaydi. Moyni uzatish yordamchi moy nasosi bilan amalga oshiriladi.
Yordamchi moy nasosi o’zgarmas tok elektr dvigatelidan harakatga keltiriladi.
3)
Moyni haydash vaqti o‘tgandan (60-90s) va dizelning moy
kollektorida yetarli bosim hosil qilingandan so‘ng (0.025-0.05 MPa) vaqtinchalik
zanjir bo‘yicha regulyatorning to‘xtash elektromagniti g‘altagiga tok beriladi,
natijada dizelni yurgizib yuborish jarayonida tsilindrlarga purkaladigan yoqilg‘i
miqdorini oshirish imkoni hosil bo‘ladi.
4)
Dizelni yurgizib yuboruvchi elektr mashinalarning tortuv
elektromagnit g‘altagi ta’minlash manbasiga ulanadi, natijada elektr mashinaning
tishli g‘ildiragi dizelning maxovigi tishli gardishi bilan ilashadi.
5)
Tishli g‘ildirak surilgandan so‘ng, elektr mashinalar yakorining
o‘ramiga tok berilsa, dizelning tirsakli vali aylana boshlaydi.
114
6)
Dizelni yurgizib yuborish jarayoni tugallangandan so‘ng (agar dizel
yurgizib yuborilsa) yoki tirsakli valni aylanishi uchun belgilangan eng so‘nggi
muddat o‘z nihoyasi etgandan so‘ng (agar dizel yurgizib yuborilmasa), dizelni
yurgizib yuborish elektr zanjiri uziladi. Agar dizel yurgizib yuborilsa, u holda dizel
regulyatorining to‘xtash elektromagniti g‘altagi tok bilan doimo ta’minlanib
turiladi.
Shunday qilib, bir qancha amallarni bajarish (moy va yoqilg‘ini haydash,
regulyatorning to‘xtash elektromagnitini ta’minlash manbasiga ulash), mazkur
sharoitda elektr jihozlarni qo‘llamasdan bajarish mumkin emas.
Dizelning tirsakli valini maxsus taqsimlash qurilmalari orqali tsilindrlarga
siqilgan havo yuborish yo‘li bilan aylantirib yuborish mumkin. Bunday usulda
yurgizib yuborish pnevmatik yurgizib yuborish deb nomlanadi, bu usuldan asosan
kemalarda qo‘llanuvchi dizellarida keng foydalaniladi. Lekin bu usulda ham
maxsus yuqori bosimli havo kompressoriga ega bo‘lish kerak, havo kompressorini
esa o‘z navbatida elektr dvigatel yordamida harakatga keltirish qulay hisoblanadi.
Tortish jarayonida lokomotivni boshqarish asosan dizel tirsakli valining
aylanishlar sonini o‘zgartirishdan iborat bo‘lib, dizel regulyatorining elektr
magnitlarini ulash kombinatsiyalarini o‘zgartirish orqali amalga oshiriladi.
Elektromagnitlar kombinatsiyalarini o‘zgartirish uchun maxsus o‘zgartirgich,
mashinist kontrolleri qo‘llanadi. Mashinist kontrolleri holatini o‘zgartirish bevosita
mashinist tomonidan dastakni burish orqali amalga oshiriladi.
Lokomotivni harakatga keltirish uchun gidrouzatmaning reversiv muftasini
tanlab olingan harakatlanish yo‘nalishiga mos ravishda surish zarur (ya’ni reversiv
muftani boshqaruvchi servotsilindrga havo uzatish uchun mos keluvchi
elektropnevmatik ventilni ulash orqali amalga oshiriladi) va yurgizib yuborish
uchun gidrotransformatorning moylanuvchi doirasi moy bilan to‘ldiriladi (bu
gidrouzatmani boshqarish tizimi ventilining g‘altagiga mok berish bilan amalga
oshiriladi). Lokomotiv ma’lum tezlikga erishganidan so‘ng yurgizib yuborish
gidrotransformatoridagi moy aylanish doirasi bo‘shatiladi (elektr gidravlik ventilni
115
uzish orqali), yurish gidrotransformatoridagi moy aylanuvchi doira esa to‘ldiriladi
(mos ravishda gidrouzatmani boshqarish tizimidagi ventilni ulash orqali), bu
holatda ulash jarayoni to‘liq avtomatlashtirilgan bo‘lib, mashinistning ishtirokisiz
amalga oshiriladi. Shunday qilib, aynan elektr sxemalar lokomotiv kuch
qurilmalarining o‘zaro ta’sirini va ularni mashinist tomonidan boshqarilishini
ta’minlaydi.
Dizelni yurgizib yuborish vaqtida boshqarish zanjiri va elektr mashinalarni
zanjiri ta’minlash katta sig‘imli akkumulyator batareyalari orqali amalga oshiriladi
(250-550 Amper*soat). Dizel ishlayotgan vaqtda, akkumulyator batareyasi maxsus
yordamchi generatordan zaryad oladi, uning kuchlanishi, kuchlanish regulyatori
yordamida bir xilda (24-110 V) ushlab turiladi. Ba’zi bir lokomotivlarda sovutgich
shaxtasi ventilyatorining yuritish uchun elektr dvigateldan foydalaniladi. O‘z
navbatida elektr dvigatelni ta’minlash maxsus o’zgarmas tokda ishlovchi
uyg‘otgich orqali amalga oshirilib, uning yakori yordamchi generator yakori bilan
bir o‘qda joylashgan va har ikkala mashina (yordamchi generator va uyg‘otgich)
ikki mashinali agregatni hosil qiladi. Yuqoridagi ko‘rsatib o‘tilganlardan kelib
chiqqan holda, gidravlik uzatmali lokomotivlarning oddiy elektr sxemasi ham bir
qancha muhim funktsiyalarni bajaradi.
Elektr uzatmali lokomotivlarda elektr sxema bir qancha o‘xshash
masalalarni echish bilan birga elektr uzatmaning ishini boshqarishga bog‘liq bir
qancha qo‘shimcha funktsiyalarni ham bajaradi (dizelni yurgizib yuborish va dizel
ishini boshqarish, akkumulyator batareyasini zaryad qilish, qum uzatish tizimini
boshqarish, yoritish, dizel va uzatmani avariya ish tartibidan himoya qilish,
sovutgich shaxtasi ventilyatorining yuritmasi, lokomotiv signalizatsiyasi va
xavfsizlik qurilmalarini ishlashi).
Elektr uzatmali lokomotivlarning kuch qurilmasi tortuv generatoridan,
to‘g‘irlash uskunalaridan, tortuv elektr dvigatellaridan tashkil topgan. Tortuv
generatorining kuchlanishini, uning tokiga bog‘liq holda sozlanadi. Tortuv
generatorining kuchlanishini sozlash murakkab avtomat tizim orqali amalga
116
oshiriladi. Ko‘pgina lokomotivlarda elektrodinamik tormoz qo‘llanilib, u
qo‘shimcha elektr toki yo‘nalishini o‘zgartiruvchi kuch kommutatsion
apparaturasi va avtomat sozlash tizimining qo‘llanishini talab qiladi, bu esa
sxemani yanada murakkablashtiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |