MAVZU: “FUQARO, FUQAROVIYLIK VA FAOL FUQAROLIK POZITSIYASI”
Namangan – 2020
Reja: - Fuqaroviylik, uning mazmun-mohiyati va asosiy xususiyatlari
- Fuqaroviy ong va uning namoyon bo‘lish omillari
- Fuqaroviy faollik va uning fuqarolik jamiyatidagi o‘rni
- Tayanch so‘zlar: Jamiyat, davlat, fuqarolik jamiyati, fuqarolik jamiyati institutlari, fuqaroviylik, fuqaroviy ong, faollik, ijtimoiy faollik, huquqiy davlat, fuqaroviy faollik, ijtimoiy munosabatlar, ijtimoiy makon, ijtimoiy jarayonlar, siyosiy jarayonlar, davlat va fuqaro munosabatlari.
ADABIYOTLAR: - Bekmurodov M. va boshqalar. Harakatlar strategiyasi asosida jadal taraqqiyot va yangilanish sari. T.: G‘ofur G‘ulom NMIU. 2017.
- Sharifxujaev M. O‘zbekistonda ochik fuqarolik jamiyatining shakllanishi. -T.: Sharq, 2003.
- Qirgizboev M. Fuqarolik jamiyati: genezisi, shakllanishi va rivojlanishi. - T.: O‘zbekiston, 2010.
- Utamuradov A. va boshqalar. Fuqarolik jamiyati. O‘quv qo‘llanma. Lotin yozuvida. T.: Universitet. 2018. 21 b.t.
- Qirgizboev M. Fuqarolik jamiyati: siyosiy partiyalar, siyosiy mafkuralar, siyosiy madaniyatlar. - T.: Sharq. 1998.
- Karpova N.V. Politicheskaya kultura v protsesse stanovleniya grajdanskogo o^estva// Vestnik Moskovskogo universiteta. - Ser. 18 : Sotsiologiya i politologiya. - 2006. - №1
- Коэн Дж., Арато Э. Гражданское общество и политическая теория. Пер. с англ. - М.: 2003
O‘z vatani taraqqiyoti uchun har qanday yo‘l bilan, jismoniy yoki ma’naviy mehnat bilan xizmat qilgan kishi haqiqiy fuqaroga aylanadi. Bunday qarash biroz falsafiy ahamiyatga egadek tuyulsa-da, aslida fuqarolik jamiyati barpo etishda aynan fuqaroning vatan taraqqiyoti yo‘lidagi amaliy faoliyati muhim ahamiyat kasb etadi. - O‘z vatani taraqqiyoti uchun har qanday yo‘l bilan, jismoniy yoki ma’naviy mehnat bilan xizmat qilgan kishi haqiqiy fuqaroga aylanadi. Bunday qarash biroz falsafiy ahamiyatga egadek tuyulsa-da, aslida fuqarolik jamiyati barpo etishda aynan fuqaroning vatan taraqqiyoti yo‘lidagi amaliy faoliyati muhim ahamiyat kasb etadi.
- Fuqaroviylik dastlabki qarashda huquqshunoslikka oid atamaday tuyuladi. Aslini olganda bu hodisani falsafiy, huquqiy, sotsiologik va siyosiy mohiyati mavjud.
- Fuqaroviylik bir davlatga mansublikni anglash, davlatga sodiqlik hamda vatanparvarlik hissi sifatida talqin etilishi mumkin. Bunda davlatni, konstitutsiyani, davlat ramzlarini hurmat qilish, davlat tuzumini va qonun ustuvorligini himoya qilishga tayyorlik nazarda tutiladi. Fuqaroviylikni insonga huquqiy, ijtimoiy, ma’naviy va siyosiy jihatdan layoqatli ekanligini his etishni ta’minlovchi jamlovchi tushuncha sifatida ham talqin etish mumkin.
- fuqaroviylik nafaqat insonning huquqiy maqomi, balki uning bilimi va jamiyatning holatini anglashi, ijtimoiy me’yorlardan xabardorligi va ularga rioya qilishiga bog‘liq.
Do'stlaringiz bilan baham: |