Elektromagnitli rostlagichning generator aylanishlar chastotasi o‘zgargandagi ish jarayoni. Rostlagich kontaktlari tutash bo‘lganda, generator kuchlanishi UG ning ortish va kontaktlar uzilganda kamayish tezliklari generatorning aylanish chastotasiga bog‘liqdir. Uyg‘otish chulg‘amining zanjiri ulangan holda, generator kuchlanishi ma’lum chegaraviy qiymatgacha o‘sib boradi, aylanishlar chastotasi qancha katta bo‘lsa, bu chegaraviy kuchlanish qiymati ham shuncha yuqori bo‘ladi (1.24-rasm). Aylanish chastotasi ortishi bilan generator kuchlanishining o‘sishi ham tezlashadi va kuchlanish o‘sishini ifodalovchi egri chiziq shunchalik tik bo‘ladi.
Rostlagich kontaktlari uzilganda, generator kuchlanishi asimptotik ravishda ma’lum chegaraviy qiymatgacha kamayadi. Aylanish chastotasi kancha katta bo‘lsa, kuchlanishning kamayish chegarasi ham shuncha yuqori bo‘ladi. Agar 1.24-rasmda rostlagich kontaktlari tutashganda va uzilganda generator kuchlanishi qiymatini aniq-lovchi to‘g‘ri chiziqlar o‘tkazsak, ularning kuchlanishni o‘sishi va kamayishini ifodalovchi egri chi-ziqlar bilan kesishish nuqtalari, generator rotorining turli aylanishlar chastotasida, kuchlanishning kontaktlar tutashgan daqiqasidagi qiymati UT dan kontaktlarni uzilish daqiqasidagi qiymati UU gacha o‘sishi uchun ketgan vaqt tt va kuchlanishning qiymati UU dan UT gacha kamayishi uchun ketgan vaqt tu ni aniqlash imkonini beradi. 1.24-rasmdan ko‘rinib turibdiki, rotorning aylanishlar chastotasi ortishi bilan rostlagich kontaktlarining tutashib turish vaqti tt kamayadi va aksincha, uzilib turish vaqti tu ortadi.
1.24-rasm. Generator kuchlanishining o‘sish va pasayish chiziqlari
Generator rotorining katta, o‘rtacha va kichik aylanishlar chastotasiga taalluqli bo‘lgan va kuchlanish o‘zgarishini ifodalovchi egri chiziqlar 1.25-a rasmda ko‘rsatilgan. Ular 1.24-rasmdagi kuchlanishning o‘sishi va kamayishini ifodaluvchi egri chiziqlardan, tegishli kesmalarni ajratib olish yo’li bilan tuzilgan. 1.25-b rasmda generator uyg‘otish zanjirining rostlagich kontaktlari tutashgan holdagi qarshilik RUCH (uyg‘otish chulg‘amining qarshiligi) dan kontaktlar uzilgandagi qarshilik RUCHq Rq ( uyg‘otish chulg‘ami va unga ketma-ket ulangan rezistor Rq ning umumiy qarshiligi) gacha sakrash tarzda o‘zgarishi ko‘rsatilgan.
Rostlagich kontaktlarining tutashish-uzilish chastotasi yuqori bo‘lganligi tufayli generatorning uyg‘otish zanjiri qarshiligining haqiqiy qiymati RUCH va RUCH q Rq orasida tebranib turadi va o‘rtacha arifmetik qiymatiga ekvivalent bo‘ladi. Bu qarshilik uyg‘otish zanjirining o‘rtacha yoki effektiv qarshiligi deb yuritiladi
Bunda – kontaktlar uzilgan holda turishining nisbiy vaqti.
1.25-c rasmda yuqorida keltirilgan o‘rtacha kuchlanish va effektiv qarshilik qiymatlariga mos ravishda uyg‘otish tokining o‘zgarishi ko‘rsatilgan va uning o‘rtacha qiymati quyidagiga teng
(1.15)
Demak, generator rotorining aylanishlar chastotasi ortishi bilan uyg‘otish toki kamayadi, chunki bunda kontaktlar uzilib turish vaqti tu , binobarin u ham kamayadi. Rotor aylanishlar chastotasi kamayganda uyg‘otish tokining qiymati ortadi. SHunday qilib, kuchlanish rostlagichining ishlash jarayonida uyg‘otish tokining qiymati generator rotorining aylanish chastotasiga teskari proporsional ravishda o‘zgaradi va asosan, shuning hisobiga kuchlanish belgilangan chegarada ushlab turiladi (1.25-rasm). Bu jarayonni generator kuchlanish rostlagichi bilan birgalikda ishlagandagi ishchi-tezlik tavsifnomasida ham aniq ko‘rish mumkin (1.26-rasm).
Rotorning aylanishlar chastotasi 0 dan nbosh gacha o‘sganda, ya’ni rostlagich hali ishga tushmaganda (u q 0) uyg‘otish toki o‘zining mak-simal qiymatiga erishadi:
.
Aylanishlar chastotasi nbosh dan ortishi bilan rostlagich ishga tushadi va kuchlanishni belgilangan darajada ushlab turadi. Aylanishlar chastotasi nbosh dan nmax gacha ortsa, u 0 dan 1 gacha o‘sadi, uyg‘otish toki u q 1 holdagi (ya’ni rostlagich kontaktlari doimo uzilgan holat) qiymatigacha kamayadi:
.
Agar rotorning aylanishlar chastotasi bundan keyin ham orttirilca, u holda generator kuchlanishi ham, uyg‘otish toki ham o‘sa boshlaydi, ya’ni bu nuqtadan boshlab rostlagich ishlamaydi va generator kuchlanishi rostlanmaydi.
SHunday qilib, uyg‘otish zanjiriga ulangan qo‘shimcha qarshilik qiymati kuchlanishni rostlash mumkin bo‘lgan maksimal aylanishlar chastotasining chegarasini belgilaydi.
1.25-rasm. Turli aylanishlar chas totasida UG, RUCH va IU ning vaqt bo‘yicha o‘zgarishi
1.26-rasm. Generator rostlagich bilan birgalikda ishlagandagi tavsifnomasi
Do'stlaringiz bilan baham: |