Ishdan maqsad



Download 143,5 Kb.
bet3/7
Sana02.09.2021
Hajmi143,5 Kb.
#162859
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
L - 3. 2.6.2 Информатика нопедагог 2019 охирги вариат маърузаси

Kecha va konkurslar o‘quvchilar bilan ishlashda muhim ahamiyatga ega.

O‘quvchilarda har xil konkurslar qiziqish uig‘otadi. Informatika va axborot texnologiyalari bo‘yicha konkurs sifatida:

- “Nima?, Qaerda?, Qachon?”,

- “Kompyuter o‘yini musobaqasi” o‘yinlarini tashkil qilish zarur.

Hozirgi kunda qaysi sohani olmaylik, barchasida yangi zamonaviy axborot texnologiyalar asosida ish olib borilmoqda. SHu maqsadda umumiy o‘rta ta’lim maktablarida informatika fanining o‘qitilishi hozirgi kunda asosiy masalalardan biriga aylanib bormoqda.

Maktablarda informatika va axborot texnologiyalari fani o‘qitilishi o‘quvchilarning zamonaviy axborot texnologiyalari bilan yaqindan tanishib kompyuterlar bilan minimal darajada ishlashni o‘rganish va boshqa zamonaviy axborot texnologiyalari haqida tasavvurga ega bo‘lishlari kerak.

Sinfdan tashqari ishlar o‘tkazilganda nafaqat o‘quvchilar bilan balki ularni hozirgi kunda kompyuterlarning hayotimizdagi o‘rni zamonaviy axborot texnologiyalari haqida tasavvur va tushunchalarni kengaytirish, fikrlash madaniyatini tarbiyalash, kompyuter savodxonligini oshirish ko‘zda tutiladi.

Informatika va axborot texnologiyalari to‘garagi har bir maktabda tashkil etilishi zarur bo‘lgan tadbirlardan biridir. To‘garak mashg‘ulotlari o‘quvchilarni informatika va axborot texnologiyalari faniga qiziqishini oshirish bilan birga to‘garakda shu maktabda mavjud bo‘lgan kompyuter bilan uning imkoniyatlari va xalq ho‘jaligida foydalanish uchun mo‘ljallangan har xil dasturlar bilan yaqindan tanishadilar.

To‘garakka informatika faniga qiziquvchi o‘quvchilar qabul qilinadi. To‘garak a’zolari 10-12 tadan oshmasligi lozim. To‘garakka yuqori sinf o‘quvchilaridan ham, o‘rta sinf o‘quvchilaridan ham olish mumkin. To‘garak haftasiga 2 martadan darsdan keyin bir-ikki soat o‘tkazish mumkin.

Bu to‘garaklar o‘quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, mantiqiy fikrlash qobiliyatini o‘stirish va informatikaning asosiy tushunchalarini chuqur o‘rganishni ta’minlaydi. O‘quvchilar dunyoqarashini ilg‘or zamonaviy dasturiy va amaliy vositalar yo‘nalishida shakllantiradi. Mustaqil fikrlash qobiliyatini oshiradi.

To‘garakning asosiy yo‘nalishi – o‘quvchilarni yangi kompyuter texnologiyasi bilan tanishtirish, ularga hozirgi paytda foydalanilayotgan zamonaviy dasturiy vositalar haqida ma’lumot berish, keng tarqalgan dasturlash tillaridan birida ishlashni o‘rganish.

To‘garak a’zolari bilan hamkorlikda tashkil qilingan o‘quvchilar bellashuvining tashkil qilinishi bo‘yicha qisqacha na’muna keltirib o‘tamiz.

Bellashuv ikki guruh orasida tashkil etiladi. Har bir guruhdan 6-8 ta o‘quvchi ishtirok etishi mumkin.

Tashkiliy qism: Saxna bezatish. Informatika o‘tkaziladigan sahna talabga javob bera oladigan qilib bezatilishi, ya’ni uning devorlariga to‘garak a’zolari tayorlagan turli xil kompyuter olamiga ta’luqli devoriy gazetalar(turli bosh qotirmalar, rebuslar, topishmoqlar bo‘lishi mumkin). Kecha uchun maxsus «Robotlar olamida» deb yoki «XXI – asr Informatika va axborot texnologiyalari asri» degan ko‘rgazma tashkil etilsa va bu ko‘rgazmada har xil kompyuter modellari robotlar umuman zamonaviy axborotlar texnologiyalari bilan modellari o‘quvchilar tomonidan yasalishi mumkin. YUqorida aytilganlarning hammasi kechalar o‘tkazishning birinchi qismiga doirdir.


Download 143,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish