Ishdan maqsad



Download 143,5 Kb.
bet7/7
Sana02.09.2021
Hajmi143,5 Kb.
#162859
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
L - 3. 2.6.2 Информатика нопедагог 2019 охирги вариат маърузаси

1- shart. “Har bir guruh o‘zlarini tanishtirishi”. SHartni bajarish uchun 5-10 daqiqa vaqt beriladi.

Bunga ko‘ra sahnada har bir guruh o‘zlarini tanishtirishi, o‘zlariga axborot texnologiyalari muhim atamalariga oid nom berishi va o‘z nomlarni to‘liq izohlab berish talab etiladi (Masalan, “Operatsion sistema-Windows”, “Internet”, “Kompyuter tarmoqlari”, “Dasturlash asoslari - Pascal, S+, Delphi va h.k.”, “Kompyuter qurilmalari – Monitor, vinchestr, skaner va h.k. ” guruhlarga nom berish mumkin).



2-shart. “Axborot texnologiyalarining jamiyatdagi o‘rni” mavzusida sahna ko‘rinishi tashkil etish. SHartni bajarish uchun 15-20 daqiqa vaqt beriladi.

Bunda jamiyatning biror sohasida kompyuter qurilmasidan maksimal foydalnish va siz bajarayotgan ishning samarasi pastligini ko‘rsatib berish talab qilininadi.



3-shart. “Siz dars jarayonida axborot texnologiyalaridan qanday foydalana olasiz” mavzusida erkin fikr bayon etish yoki sahna ko‘rinishida chiqarish. SHartni bajarish uchun 10-15 daqiqa vaqt beriladi.

Bunda axborot texnologiyalarini qo‘llagan holda darslarni tashkil etish, slaydlar yaratish, elektron darsliklardan foydalanish va boshqa kompyuterdan dars jarayonida foydalanish haqida aniq fikrlar berish talab etiladi.



4-shart. “Oldindan tayyorlab qo‘yilgan konvertlardagi yashirin savollarni har bir guruhga navbatma-navbat olishi talab qilinadi”. SHartni bajarish uchun 15-20 daqiqa vaqt beriladi.

Konvertda 10 tadan axborot texnologiyalari va uning qurilmalariga oid savollar berilgan bo‘lib, savollarga aniq va to‘liq javob berish talab etiladi.



5-shart. “Kompyuter qurilmalari maketini yasash va uning vazifasini izohlab berish”topshirig‘i beriladi.

Iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlashning eng samarali usullardan biri sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish hisoblanadi.

Informatikadan o‘tkaziladigan sinfdan tashqari ishlarning mazmuni dars mashg‘ulotlarida egallangan bilimlarni kengaytirish va chuqudashtirishga qaratilgan bo‘lishi kerak. Shundagina sinfdan tashqari mashg‘ulotlar dars mashg‘ulotlarining mantiqiy davomi bo‘Iib xizmat qila oladi.

Maktab tajribasida informatikadan sinfdan tashqari ishlarning quyidagi turlari uchraydi: viktorina, tanlov, olimpiada, informatikadan devoriy gazetalar, to‘garak va boshqalar. Mavzuni o‘rganishni boshlashdan avval o‘z tajribangizga tayangan holda aytingchi,informatika fanini o‘qitishda sinfdan tashqari ishlar Siz uchun qay darajada ahamiyatga ega.


Mamlakatimiz aholisining qariyb yarmini 25 yoshgacha bo’lgan yoshlar tashkil qiladi. Shu boisdan ham mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq Respublikamizda yoshlar siyosatiga alohida e’tibor berib kelinmoqda. Ta’lim sohasi jamiyat taraqqiyotining ustuvor yo’nalishlaridan biri sifatida qarab kelinayotganining boisi ham shunda.

Zero, kelajak – aql-zakovatli, bilimdon, o’z Vatanining fidoyisi bo’lgan iqtidorli yoshlar qo’lidadir.

Davlat ilmiy – texnika dasturlari bo’yicha amalga oshirilayotgan fundamental, amaliy va innovatsion loyihalar, xo’jalik shartnomalari va chet el ilmiy grantlari doirasida olib borilayotgan ilmiy-tadqiqotlarda iqtidorli yoshlarning ulushi birgina 2007 yilning o’zida 35 % dan ziyodni tashkil qildi.

Insoniyat tarixida yetakchi insonlar har doim katta mas’uliyatlarni o’z zimmasiga olgan. Inson psixikasi butun umr davomida rivojlanib boruvchi va o’zgaruvchan sifat. Inson boshqa odamlarga nisbatan bir yoki bir necha sohada yuqori natijalarga erishish imkoniga ega ekanligi bilan birbiridan farqlanadi. Farqlanishning asosiy me’zoni sifatida iqtidor olinadi. Iqtidor asrlar davomida ta’riflanib kelishiga qaramay, murakkabligi uchun turlanadi:




  • iqtidor — ijodiy faoliyatning muvaffaqiyatli amalga oshirilishini ta’minlaydigan ko’rsatkichlar;

  • iqtidor — insonning faoliyatlari darajasi va o’ziga xosligini belgilaydigan umumiy qobiliyatlar;

  • iqtidor — xotira potensiali, axborotlarni o’zlashtirish qobiliyati va bilish imkoniyatlarining shaxsga xos xarakteristikasi;

  • iqtidor — tabiat tomonidan in’om etilgan jismoniy imkoniyatlar, tabiiy asoslarining o’ziga xosligi va ularning namoyon bo’lishi darajasi;

  • iqtidor — iste’dodlilik, zakovatning yuqori natijalarga erishishi uchun mavjud genetik va jismoniy sharoitlarning mavjudligi.

Shuni ta’kidlash mumkinki, iqtidor insonning intellektual bilish imkoniyatlarini belgilaydigan, tabiat tomonidan in’om etilgan qobiliyatlarga, biror bir faoliyatda muvaffaqiyatga erishishni ta’minlaydigan maxsus qobiliyatlarga bo’linadi.

Qobiliyat egalari yuqori intellektual imkoniyatlarga ega bo’lib, murakkab masalaning yechimini tezda topishi, jarayonga ijodiy yondashishi bilan ajralib turadi.

Ayrim qobiliyat egalari esa - matematika, musiqa, rasm chizish, shaxmat o’ynash va boshqa faoliyat turiga qarab farqlanadi. Iqtidorli bolalar bu umumiy va maxsus qobiliyatlarni o’zida mujassam etgan bolalardir. Ular boshqa bolalardan quyidagi belgilari bilan ajralib turadilar:


  • o’ziga xos qiziquvchanligi;

  • turli savollarga javob axtarishligi;

  • nutqi, tafakkuri, xotirasining tez rivojlanishi;

  • yoshlikdan musiqaga, rasm chizishga, o’qish va matematikaga qobiliyati;

  • yuqori darajadagi analitik tafakkuri;

  • masalalar yechimini topishdagi originalligi;

  • tafakkurning unumdorliligi va h.k.

Maxsus qobiliyat yosh davrlarini inobatga olgan holda muhim jihatlarga bog’liq. Maktabgacha va kichik maktab yoshida iqtidor umumiy hamda universal qobiliyat sifatida ko’rilishi mumkin. Vaqt o’tishi bilan bu ―umumiy qobiliyat‖ o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lib ma’lum bir yo’nalishni belgilaydi. Iqtidor - bola tomonidan qay darajada namoyon bo’layotganligini e’tiborga olish kerak. Aniq namoyon bo’lgan, psixolog va pedagoglar tomonidan e’tibor berilgan qobiliyat «noyob», boshqalarga xos bo’lmagan «potensial» qobiliyat deyiladi. Ko’pgina tarixiy shaxslar, olimlar, bastakorlar, rassom va yozuvchilar yoshlikdanoq o’zlarining qobiliyatlarini namoyon qilganlar. Aksincha, ko’p hollarda bolalikda hech qanday iqtidorga ega bo’lmagan bolalar yetuklik davrda yorqin muvaffaqiyatlarga erishishganlar.

Har bir holatda iqtidorni payqamaslikning sabablari turlidir. Potensial qobiliyat ma’lum bir vaqtgacha namoyon bo’lmasligi mumkin. Mutaxassislarni ham bola qalbining nozik o’zgarishlariga yetarlicha ahamiyat berilmasligi, intuitiv holda uni payqamasliklari ko’p uchraydi.

Original va potensial qobiliyatlar tushunchasining mavjudligi rivojlanishni oldindan prognoz qilish muammosini keltirib chiqaradi. Shaxsning qanday sifatlari va xarakter xususiyatlari, fe’l-atvoridagi fazilatlar kattalarga kelajakda bolaning buyuk olim, rassom yoki davlat arbobi bo’lishi mumkinligini aniqlashga yordam beradimi? Bu savolga javob topish mushkul. Psixologlar bolaning kelajagini ―bashorat‖ qilish imkonini beradigan qator qonuniyatlarni belgilab berganlar, lekin aniq bashoratlar qilishga hali erishilgani yo’q. Ba’zi hollarda, insonga tabiat tomonidan berilgan qobiliyatlarni u real vaziyatlarda qanday rivojlantira olgani muhimdir.

Iqtidorli shaxs va iqtidorli bo’lib yetishish belgilariga kelsak shaxsning bilim, bilishga qiziquvchanligi, doimo o’ziga muammo va ish topib, qandaydir savollarga javob qidirib, boshqalarga qaraganda ko’p kitob o’qishi va ayniqsa, aqliy faoliyatchanligi asosiy belgilardan bo’lib xizmat qiladi. Shaxsdagi bu belgilar va faoliyat dastlab oilada ko’rinadi. Iqtidorning namoyon bo’lishi shaxsning o’z faoliyatini jiddiy tahlil qila boshlaganidan, belgilangan faoliyatni oldindan rejalashtirishlaridan, ushbu rejalarni kichik-kichik tajribalar orqali sinab ko’rishlaridan, o’z oldiga aniq maqsadlar qo’ya boshlaganidan, harakatlarini maqsadli ichki nazorat orqali kuzata bilganidan ko’rish mumkin. Harakatlarning tashqi belgilari bo’lib ko’p kitob o’qish, chizgilar, yozmalar, ko’chirmalarning yuritilishi, o’z yoshiga nisbatan to’g’ri kelmaydigan ilmiy asarlar, ilmiy asboblar bilan qiziqishlar, ilmiy yo’nalishdagi konspektlar tuzish, ko’chirmalar va h.k. bo’lishi mumkin.

Iqtidorli bolalarni tarbiyalash, ularni yanada yuqori pog’onalarga yetaklash katta muammo bo’lib mana shu muammoning o’rta va boshlang’ich maktablarda o’z yechimini topmaganligidan ko’plab iqtidorlar nazardan chetda qolib ketadilar.

Bu sharoitni qanday qilib tuzatish yoki iqtidorli bolalarni tarbiyalashni qanday qilib yaxshilash masalasiga kelsak,bunga yangicha yondashuv lozim. Eng ilg’or tajribalarni umumlashtirgan holda, bugungi kun talablariga mos yangi tanlov me’zonlarini ishlab chiqish lozim. Bunday talablar axborot texnologiyalarining texnik imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda, jadal o’zgarishlar talablariga javob beradigan, maktabni, ta’lim maskanlarini yoshlarning ma’naviy va ma’rifiy o’sishlari mumkin bo’lgan yagona maskanga aylantiruvchi bo’lishi shart. Aks holda yoshlar o’zlari uchun ―qiziqarli‖ bo’lgan ermaklarni boshqa maskanlardan va manbalardan izlashda davom etaveradilar. Bunda bizga hech qanday chet mamlakatlar tajribasi andoza bo’la olmaydi. Chunki, bizning o’z mintalitetimiz, o’z madaniyatimiz, boy merosimiz va ma’naviy boyligimiz - o’zligimiz bor.


Mamlakatimiz istiqlolga erishgandan keyin uning kelajagi bo’lgan yosh avlodni tarbiyalash unga bilim berish masalasiga alohida ahamiyat berila boshlandi. Shu sababdan istiqlolning birinchi kunidanoq, ma’naviyatimizni tiklash uni yanada yuksaltirish zamonaviy talablar bilan uyg’unlashtirish asosida andozalari va talablari darajasiga chikarishga alohida e’tibor berilmoqda. Bular ichida eng muhim qadamlardan biri O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti farmoni bilan qabul qilingan «Ta’lim to’g’risida»gi qonundir. Ushbu qonun fuqarolarga ta’lim tarbiya berish va kasb-xunar o’rgatishning xuquqiy asoslarini belgilab beradi. U har kimning bilim olishdan iborat konstitutsiyaviy xuquqini ta’minlashga qaratilgan.


Download 143,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish