Texnologik parametrlarni nazorat qilishni amalga
oshirish usuli
Кц
1
Joyida o‘rnatilgan asboblar bilan nazorat qilish
0.2
2
Parametrlar chetlashganda signalizasiyali nazoratning
shchitli tizimi
0.7
3
Raqamli asboblarni markazlashgan nazorat va boshqaruv
vositalarini 0.85 qo‘llanib (start, rejim, Kaskad, Mikrodat
va h. k.) nazorat qilish, parametrlarining chetlashishini
signallash va chaqirish
4
Asosiy qurilma holatini nazorat qilish
1.0
5
Texnik vositalar majmuasi (TVM) mehnat qobiliyatini
nazorat qilish
1.0
6
Texnik - iqtisodiy ko‘rsatkichlar (TIK) ni hisoblash
0.8
7
Texnologik holatlar tahlili
0.7
8
Ishga tushirish va to‘xtatish
0.8
9
Texnologik jarayonni boshqarish
0.9
10 Texnologik jarayonni optimallashtirish
0.9
11 Texnologik jarayonni olib borish sifatini baholash
0.7
12 Qo‘shni va yuqori darajadagi boshqaruv bilan axborot
almashish
0.7
Integrallangan TJABT lar
. Bular murakkab va turli xil asosiy hamda
yordamchi jarayonlarning avtomatlashtirilgan boshqarish tizimlari bo’lib, bunda
asosan, 4 va 5-sinf TJABT larini qo’llash maqsadga muvofiq. SHuningdek, EHM
larda tizimning matematik ta’minotini yaratganda, texnik iqtisodiy ko’rsatkichlarni
hisoblashda va texnologik jarayon hamda texnologik komplekslarni to’la
optimallashda ham ishlatiladi. Bundan tashqari, bu tizimlar ishlab chiqarish
bo’limlarining ishini tahlil qilib, uning kelgusidagi rivojlanishini belgilaydi.
Hozirda texnologik jarayonlarni quyidagi turlarga ajratish mumkin: avtomatik
nazorat, avtomatik rostlash va avtomatik boshqarish.
Avtomatik nazorat - texnologik jarayon haqida operativ ma’lumotlarni
avtomatik ravishda qabul qilish va uni qayta ishlash uchun kerakli bo’lgan
sharoitlarni ta’minlaydi.
Avtomatik rostlash - texnologik jarayonlarning tegishli parametrlarini
avtomatik rostlovchi asboblar yordamida talab qilingan sathda saqlanishini nazarda
tutadi. Bu holda odam faqat avtomatik rostlash tizimining (ART) turi ishlashini
nazorat qiladi.
Avtomatik boshqarish - texnologik operasiyalarni belgilangan
muttasilligining avtomatik ravishda bajarilishini va boshqaruv ob’ektiga nisbatan
bo’ladigan ta’sirlarning muayyan muttasilligini ishlab chiqishdan iborat.
Avtomatlashtirish - texnologik jarayonlarni odam ishtirokisiz
boshqaradigan texnik vositalarni joriy etish demakdir. Avtomatlashtirish – ishlab
chiqarish jarayonidagi odam ishtirok etmagan sanoatning yangi bosqichi bo’lib,
bunda, texnologik va ishlab chiqarish jarayonlarini boshqarish funksiyasini
avtomatik ko’rilmalar bajaradi. Avtomatlashtirishni joriy etish ishlab
chiqarishning asosiy texnika-iqtisodiy ko’rsatkichlarining yaxshilanishiga, ya’ni
ishlab chiqarilayotgan mahsulot qiymati va sifatining oshishi hamda
tannarhining kamayishiga olib keladi.
Topshiriq:
Texnologik jarayon avtomatlashtirish darajasini aniqlash
bo’yicha kompyuter dasturlarini qo’llashni o`rganish
Do'stlaringiz bilan baham: |