11-amaliy mashg‘ulot. Telekommunikatsiya tarmoqlarida xizmatlarni taqdim etish va boshqarish jarayonlarini modellashtirish.
Ishdan maqsad: Ko‘p agentli texnologiyalardan foydalanib taqsimlangan tizimlarda resurslarini boshqarish tamoyillarini o‘rganish.
Nazariy ma’lumotlar
Bugungi kunda barcha hisoblash tizimlarini tashkillashtirishda taqsimlangan resurslardan foydalanishga alohida e’tibor berilmoqda. Bu yondoshuv asosida hisoblashda vazifalarni taqsimlash, ma’lumotlarni va protsessor ishini taqsimlash va ularning o‘zaro aloqasini ta’minlash masalasi yotadi. Murakkab tuzilgan dinamik taqsimlangan tizimlarda resurslarni boshqarish deganda tushayotgan talablarni aniqlash, resurslar va ilovalarni solishtirish, resurslarni talablarga mos ravishda taqsimlash, tizimning ishlashini doimiy loyihalash, tushayotgan yuklamani balanslash va monitoring qilish tushuniladi. Ushbu masala bugungi kunda keng tarqalgan taqsimlangan tizimlarda - klasterli va bulutli tizimlarda middleware da amalga oshiriladi. Dinamik konfiruratsiyalanuvchi taqsimlangan tizimlarning murakkabligi va davriy o‘zgaruvchanligi sababli ularning resurslarini boshqarish bo‘yicha xulosalar chiqarishni qiyinlashtiradi: noaniqliklar yuzaga keladi – ya’ni talab va resurslarning dinamik o‘zgarishi keyingi holatni baholashni qiyinlashtiradi; doimiy yangi hodisalar qo‘shilishi sababli hisoblashni boshqarish planlari o‘zgarib turadi; yagona xizmatga ko‘plab foydalanuvchilar ulanganda tizimlarning ishonchliligini ta’minlash uchun yuqori operativlikni, dinamik koordinatsiyalashni va ko‘p pog‘onali resurslarni boshqarishni ta’minlash zarur bo‘ladi. Ushbu keltirilgan muammolar taqsimlangan tizimlarda resurslarni dinamik boshqarish masalasini yechish va yangi boshqaruv modellarini ishlab chiqish orqali hal qilinadi.
Taqsimlangan tizimlarda ko‘plab resurslar va komponentlar mavjud bo‘ladi va xizmat ko‘rsatadi, lekin resurslar ko‘rsatiluvchi aniq bir xizmatga bog‘liq ravishda guruxlarga ajratilgan bo‘ladi. Shu sababli ularning tarkibini va o‘zaro qachon va qaysi komponent o‘zaro birgalikda ishlashini baholash uchun biror aniq xizmatni ko‘rsatishini modellashtirish zarur. Bunda real vaqtda tushayotgan talablar, vazifalarning taqsimlanishi, talablarni va resurslarni boshqarish induvidual rejalar ishlab chiqishni tasavvur qilish mumkin bo‘ladi. Tizimda bo‘ladigan jarayonlarni va holatlarni hisobga olgan holda to‘liq boshqaruv modelini yaratish mumkin: talabning tushishi, talabga mos ravishda tizimni dinamik sozlash, ishlash rejimlarini ishlab chiqish, ularning bajarilishini monitoring va nazorat qilish, zarur holatlarda tizim ishini qayta avtomatik rejalashtirish kabilar tizimni va resurslarni boshqaruv modelining asosi bo‘ladi (11.1-rasm). Shuningdek, hisobga olish zarurki, tizimlarda resurslar bir biri bilan o‘zaro aloqada ishlashi zarur, ba’zi hollarda bir-birining ishiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Shu sababli resurs tizimlari oldingan o‘ylangan va maksimal darajada samarali ishlashga yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak. Chunki taqsimlangan, umumiy holatda tizimning salohiyatini belgilab beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |