II bob. Inson psixologiyasida oilaviy tasavvurlarni shakllantirishda psixolog konsultantning rolini tadqiq etish
2.1. YOshlarning oilaviy hayot haqidagi tasavvurlari va ularning oilaviy hayotga ijtimoiy-psixologik etukligi.
Mustaqillik urf-odat va anhanalarimizning jamiyatni birlashtiruvchi imkoniyatlaridan to’laroq foydalanish uchun yo’l ochdi. Jamiyat hayotidagi ulkan o’zgarishlar, televidenie, radio va matbuotning mavqeyi kun sayin ortib borayotgani, bir qarashda urf-odat va anhanalarni o’rganish masalalari zamonaviylashish jarayonlari komida qolayotganday tuyulsada, ularning jamiyat hayotidagi, shaxs mahnaviyati va mafkurasining shakllanishidagi ahamiyati kamayayotgani yo’q. Albatta, urf-odat va anhanalar hamda marosimlar o’z vazifasini to’ri o’tashi uchun ular bevosita xalq tomonidan to’la ehtirof etilishi, kundalik turmush tarzining ajralmas qismiga aylangan bo’lishi kerak. Zero, urf-odat, anhanalar va marosimlar inson uchun qadriyatga aylanganda, uning hayotini boyitadi. Kishilarni anhana, marosim va urf-odatlarga jalb etishda eng avvalo oilaning o’rni kattadir.
Istiqlol yillarida oila qadriyatlari va qon-qarindoshlik munosabatlarining qayta tiklanishi har bir oilaning iqtisodiy, madaniy va kasb jihatdan erkin bo’lish imkoniyatini yaratdi.
Maolumki, insoniyat jamiyat taraqqiy etib borgan sari odamlarning ohzlari ham, o’zaro munosabatlar ham, ayniqsa shaxslararo munosabatlar orasida eng samimiy, eng yaqin bo’ladigan oilaviy munosabatlar ham takomillashib, o’ziga xos tarzda murakkablashib boradi. Sababi hozirgi zamon fan-texnika taraqqiyoti, ishlab chiqarish munosabatlari, vositalari, qishloq xo’jaliklari, sanoat ishlab chiqarish, umuman xalq xo’jaligining barcha jabhalarida yangi texnologiya, texnik jarayonlarning jadal joriy etilishi bevosita shu jarayonlarning yaratuvchisi, ishtirokchisi bo’lgan inson omiliga, inson shaxsiga o’ziga xos yangicha talablar qo’ymoqda. Ishlab chiqarish munosabatlari, jamiyat taraqqiyoti bir tomondan, odamlarning o’zlarida ro’y berayotgan ijtimoiy-psixologik, fiziologik va boshqa o’zgarishlar o’zaro muloqat munosabatlari doirasining maolum darajada chegaralanib qolishiga, ularda o’tmishdoshlarimizda kuzatiladigan tabiiylikning maolum darajada buzilishiga va oqibatda inson ruhiyatida mumkin qadar hissiy, emotsional zo’riqishlarning yuzaga kelishiga asos bo’lmoqda. Bularning taosiri oilaviy hayot va undagi psixologik iqlimda o’z ifodasini topadi.
Maxsus adabiyotlarda yozilishicha va o’tkazilgan tadqiqot natijalaridan kuzatilishicha, so’nggi 100 yil ichida odamlarda kuzatiladigan akseleratsiya jarayoniga ko’ra ularning jinsiy, fiziologik baloatga etishi 2-3 yil ilgarilab ketgan. Bundan 100 yilcha oldin yoshlarni jinsiy baloatga etish davri 15-16 yoshga to’ri kelgan, hozir esa bu holat o’rtacha 12-13 yoshlarga to’ri keladi.
Ilgarigi o’smirlar 15-16 yoshlarida oilaviy hayotga etuklik talablaridan biri bo’lmish jinsiy etuklikka, baloatga etar ekanlar, ular aksariyat hollarda shu yoshga kelib o’sha davrlar uchun xos va lozim bo’lgan, unchalik murakkab bo’lmagan dehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik sir-asrorlaridan deyarli boxabar bo’lganlar (chunki u vaqtlarda bolalarning odatda 13-14 yoshida shogirdlikka berishgan), o’sha davrdagi ishlab chiqarish munosabatlari va texnologik jarayonlar ulardan maxsus yoki oliy maolumot talab qilinmagan, 2-3 yil ustoz ko’rgan shogird 16-17 yoshida o’zi ish yuritadigan mutaxassisga aylangan. Mabodo u shu vaqtda oila quradigan bo’lsa, o’z hunari orqali mehnat qilib o’zini va oila aozolarini iqtisodiy jihatdan taominlay olishi mumkin bo’lgan. Bundan tashqari, u vaqtlardagi 18-20 yoshli yigit mahalla - ko’yda, jamoatchilik orasida maolum darajada ijtimoiy etuk shaxs sifatida qabul qilingan, turli tadbirlar, marosimlarda etuk ishtirokchi sifatida qatnashishi mumkin bo’lgan, yaoni uning ijtimoiy jihatdan baloatga etganligi jamoatchilik tomonidan tan olingan. SHaxsning oila va jamiyat oldida o’ziga xos mashuliyatni his qilishi esa uning psixologik etukligi alomatlaridan biri bo’lib xizmat qilgan.
Endi shu xususiyatlarning bugungi kun yoshlarida ko’rib chiqaylik. Ular 12-13 yoshlarida jinsiy (fiziologik) etuklikka erishadilar, biroq ular biror - bir kasb-hunar egasi bo’lib, mustaqil ishlab o’zini va oilasini iqtisodiy jihatdan tahminlay oladigan bo’lishi uchun avvalo maktabni bitirishi yoki 9 yil maktabda, 3 yil kollej yoki litseyda o’qishi zarur bo’ladi.
12 yillik taolimdan so’ng yoshlarimizning maolum bir qismi o’qishni oliy o’quv yurtida davom ettiradi. Bundan ko’rinib turibdiki yoshlarimizning iqtisodiy mustaqillikka erishishlari ularning maolum qismi uchun 20-21, boshqalari uchun 23-25 yoshga to’ri keladi. Bundan tashqari odamlarning kundalik hayoti o’zgarib, kiyinishga, maishiy buyumlarga moddiy farovonlik darajasiga bo’lgan ehtiyoji ham ortib boradi.
har qanday jamiyat taraqqiyotida oilaning, oila mustahkamligining o’rni beqiyosdir. CHunki tirik organizmning salomatligi uni tashkil qiluvchi har bir hujayraning solomligiga boliq bo’lganidek, oila ham davlat, jamiyat deb atalgan butun bir organizmni tashkil etuvchi hujayradir.
SHuningdek, jamiyat taraqqiyotining kutilgan darajaga chiqa olmasligi uning taraqqiyotiga to’sqinlik qiluvchi uni inqirozga olib keluvchi kuchlarning yuzaga kelishida oilaning hissasi kattadir. CHunki nosolom, noqobil va nizoli oilalar, ajrashishlar sonining ortishi, jamiyatga turli iqtisodiy, ijtimoiy ziyon etkazishi bilan birga bunday nosolom psixologik muhitda, nizo-janjalli, o’zaro mehr-oqibatsiz muhitda dunyoga kelgan, shakllangan bola keyinchalik nafaqat ota-onasi, aka-ukalariga nisbatan mehr-oqibatsiz, balki atrofdagilarga, qolaversa o’zi yashagan jamiyatga nisbatan mehr oqibatsiz bo’lib, shafqatsiz, zolim, xudbin jamiyat yurt manfaatlariga zid har xil tashqi kuchlar taosiriga oson beriluvchan shaxs bo’lib shakllanishi, shu asosda esa ohz oilasi, ohz xalqi, ohz yurti uchun xavfli insonlarning etishib chiqishiga ham asos bo’lishi mumkin.
Demak, oilaning mustahkamligi jamiyatning iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, milliy xavfsizligini, uning ravnaqi, taraqqiyotini belgilovchi hal qiluvchi omil hisoblanadi.
Oila psixologiyasiga doir eng muhim bilimlarni berish va ular asosida tegishli malakalar va ko’nikmalarni shakllantirib, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash bugungi kunning muhim vazifalaridan biridir.
SHuning uchun talaba yoshlarning nikoh, oila mustahkamligi borasidagi fikrlarini o’rganish uchun quyidagi anketa so’rovnomasidan foydalandik.
Anketa.
1. Turmush qurishdagi yoshni qanday belgilaysiz?
a) minimal yosh sifatida 18 yosh;
b) 19-20 yosh;
v) 21-22 yosh;
2. O’zingizni oilaviy hayotga tayyorman deb hisoblaysizmi?
a) ha;
b) bilmadim;
v) tayyor emasman.
3. Oilaning mustahkamligida shaxs etukligining qaysi biri muhim?
a) jinsiy va xuquqiy etuklik;
b) kasb-hunar, ijtimoiy-iqtisodiy etuklik;
v) maonaviy, axloqiy va psixologik etuklik.
4. Oila qurishda qaysi omilni muhim hisoblaysiz?
a) sevgi tufayli oila qurish;
b) moddiy manfaatdorlik tufayli oila qurish;
v) sovchilik tufayli oilalarning yuzaga kelishi.
5.Solom turmush tarzini qanday tushunasiz?
a) atrof-muhit tozaligi;
b) to’ri, ratsion bo’yicha ovqatlanish;
v) o’z vaqtida uxlash, dam olish;
g) sport Bilan shuullanish;
d) chekmaslik, ichmaslik.
6. Solom turmush tarzi haqidagi tushunchalarni qaerdan olish mumkin?
a) televidenie orqali;
b) gazetalar;
v) jurnallar;
g) radio orqali.
7. Oilaviy hayot psixologiyasi borasida yoshlarimizda qanday bilimlar etishmaydi deb hisoblaysiz?
a) jinsiy hayot psixologiyasi haqidagi bilimlar;
b) yoshlarning o’z oilaviy hayoti haqidagi tasavvurlari;
v) yoshlarning oilaviy hayotga etukligi.
8. YOshlarning oila qurishlariga qadar bir-birlarini tanish muddati qancha bo’lgani maqsadga muvofiq deb hisoblaysiz?
a) 1 oy;
b) bir yil;
v) muddat kerak emas.
Talaba yoshlarning nikoh, oila mustahkamligi borasidagi fikrlari
1-jadval
|
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
6
|
7
|
8
|
son
|
foiz
|
son
|
foiz
|
son
|
foiz
|
son
|
foiz
|
son
|
foiz
|
son
|
foiz
|
son
|
foiz
|
son
|
foiz
|
A
|
|
|
11
|
32,3
|
2
|
5,8
|
29
|
85,3
|
5
|
14,7
|
29
|
85,3
|
5
|
14,7
|
5
|
14,7
|
B
|
|
|
7
|
20,6
|
3
|
8,8
|
|
|
5
|
14,7
|
1
|
2,9
|
16
|
47,1
|
15
|
44,1
|
V
|
34
|
100
|
16
|
47,1
|
29
|
85,3
|
5
|
14,7
|
|
|
1
|
2,9
|
13
|
38,2
|
14
|
41,2
|
G
|
|
|
|
|
|
|
|
|
8
|
23,5
|
3
|
8,8
|
|
|
|
|
D
|
|
|
|
|
|
|
|
|
16
|
47,1
|
|
|
|
|
|
|
Jadvalda keltirilgan sonlarni tahlil qiladigan bo’lsak talabalar nikoh, oila qurish borasida 21-22 yoshni tanlaganlar. YOshlarimiz mustaqil davlatda, qonun ustivor bohlgan jamiyatda yashayotganligini anglaganlari sari ohz mustaqilligini yahni muayyan kasbni egallab, sohng oila qurish va oilani moddiy va mahnaviy tahminlash imkoniyatini kohzlab ohz munosabatlarini bildirmoqdalar. CHunki farzand kohrish va uni tarbiyalashga tayyorlik, shaxslararo munosabatlar madaniyatini egallash har bir oila uchun muhimdir. Bu davrda har xolda yoshlar ongida shaxsiy sifatlar haqidagi, oila haqidagi tasavvurlar etarli darajada adekvat shakllangan bohladi.
Talabalar ohrtasida ohtkazilgan sohrov ularning aslida oilaviy hayotga unchalik tayyor emasligini kohrsatadi.. Ulardan “Ohzingizni oilaviy hayotga tayyorman deb hisoblaysizmi?” deb bergan savolimizga javoblarini taxlil etsak, “ha” javobini berganlar 32,3 foizni, “bilmadim” degan javobni 20,6 foiz va “tayyor emasman” deganlar 47,1 foizni tashkil etdi.
Oila mustahkamligini respondentlarning 85,3 foizi maonaviy, axloqiy va psixologik etuklik bilan bilan bolashdi.
Oila qurishdagi muhim omil sifatida 83,5 foiz yoshlarning fikrlari sevgi bilan boliq ekanligini ko’rishimiz mumkin. Bu kohrsatkichni ushbu davrda romantik tuyghularning ustunligi bilan izohlash tohghriroq bohladi. Lekin talabalarimiz orasida oz bo’lsada (14,7 foiz) sovchilik tufayli oila qurishni xohlovchilar borligi bizni quvontirdi. Oila qurishdagi milliy urf-odat, anhanalarimiz qadriyat sifatida saqlanib qolishligida yoshi ulughlarimiz, otaxon-onaxonlarimizning ohgitlari, pand-nasihatlari bugungi kunda yanada tahsirchan vosita ekanligini kohrsatadi.
Solom turmush tarzi tushunchasi har bir insonda o’ziga xos tarzda shakllanadi. Respondentlarga «Solom turmush tarzini qanday tushunasiz?» degan savol biln murojaat qilinganda so’ralganlarning 14,7 foizi uni atrof-muhit tozaligi bilan, yana shunchasi «to’ri, ratsion bo’yicha ovqatlanish» bilan, 23,5 foizi «sport bilan shuullanish» bilan, ko’pchilik, yahni 47,1 foiz «chekmaslik, ichmaslik» kabilar bilan bolashdi.
Albatta, bu kabi solom turmush tarzi bilan boliq tasavvurlar shakllanadi, kerak bo’lsa, tarbiyalanadi. Solom turmush tarzi haqidagi tushunchalarni qaerdan olish mumkinligi o’rganilganda, tabiiy, OAVning o’rni va roli kata ekanligi mahlum bo’ldi. Ayniqsa, talabalarning fikricha televideniening roli katta (85,3), ikkinchi o’rinda radio -8,8 % , gazeta va jurnallar 2,9%. Demak, bu manbalardagi axborot va mahlumotlarning xalqbop, ommabop bo’lishiga alohida ehtibor berish, radio eshittirishlari, gazeta va jurnallarda solom turmush tarzi bilan boliq materiallarning doimiy berilishiga alohida ehtibor qaratish lozim. Demak, solom turmush tarzi to’risida har bir yosh avlodda shakllanadigan bilimlar, tasavvurlar va ularning Amaliy turmush tarkibida ongli xatti-harakatga aylanishi ko’plab ijtimoiy muammolarni echishga imkon beradi. SHuning uchun ham bugun yoshlar o’rtasida amalga oshiriladigan taribot va tashviqot ishlarining samaradorligini oshirish, buni mafkuraviy va mahnaviy ishlarning tarkibiy qismiga aylantirish lozim.
Oilaviy hayot psixologiyasi borasida yoshlarimizda qanday bilimlar etishmaydi degan savolga talabalarning 47,1 foizi “yoshlarning o’z oilaviy hayoti haqidagi tasavvurlari” deb javob qaytarishdi. haqiqatan ham biz talaba yoshlar o’rtasida oilaviy hayotga tayyorlik bilan boliq tarbiyani keng yo’lga qo’yishimiz lozim, chunki bugungi kunda aksariyat oilalardagi kelishmovchiliklar aynan shu borada yoshlarimizning oz ilmiy bilimga ega ekanligidan kelib chiqmoqda.
YOshlarning oila qurishlariga qadar bir-birlarini tanish muddati bilan boliq fikrlarida respondentlarning kohpchiligi (44,1%) bir yil muddatni avzal ko’rishdi. Lekin sohralganlar orasida tanish muddatiga qarshi bo’lganlar 41,2 foizni tashkil qildi.
Nikohga etuklik tushunchasi o’z navbatida o’ta murakkab va nisbiy tushunchadir. CHunki odam doimo rivojlanib, takomillashib boruvchi, kasb-hunar faoliyatida va maonaviy, axloqiy rivojlanishida muntazam yangidan-yangi cho’qqilarga erishib boruvchi mavjudotdir. Agar odamni u yoki bu faoliyatiga «To’la etukligi» haqida gapiradigan bo’lsak, demak bu uning maolum bir chegaraga erishgani va undan ortiq rivojlanish mumkin emasligini bildiradi. SHuning uchun odamning nikohiga yoki biror bir faoliyatiga etukligi haqida gapirilganda «etuklik» tushunchasi tom maonoda o’rinli bo’la olmaydi. SHu nuqtai-nazardan olganda «etuklik»-rivojlanishning maolum bir bosqichi, fazasi, chegarasiga etilganlikning sifatiy va miqdoriy tavsifini maolum bir aniqlikda belgilab beruvchi ko’rsatkich bo’lib xizmat qiladi. Odamning nikohga, oilaviy hayotga etukligi masalasi esa o’ta murakkab biror bir qatoiy meoyor bilan o’lchab bo’lmaydigan individual xarakterga ega bo’lgan ko’rsatkichdir.
Nikoholdi omillari qatoriga shu oila qurayotgan yoshlarning oilaviy hayotga etukligi; ularning oila qurish motivlari; ularning oila qurishlariga qadar bir-birlarini tanish muddati (qancha vaqt bir-birini tanishi ) shartlari va sharoitlari; ularni o’zlarini bo’lusi oilaviy hayotlari haqidagi tasavvurlari kabilarni kiritish mumkin.
Masalan, nikohga etuklik deyilganda, oila quruvchi yoshlarning jismoniy, jinsiy, xuquqiy, iqtisodiy, maonaviy-axloqiy, psixologik kabi etuklik jihatlarini farqlash mumkin. Ularning orasida huquqiy, jinsiy etuklik ko’rsatkichlari etarlicha aniq alomatlarga, belgilarga ega bo’lgan va bular haqida tegishli xuquqiy, tibbiy, psixologik adabiyotlarda ko’plab maolumotlar belgilangan jihatlar bo’lsa, iqtisodiy, maonaviy-axloqiy, psixologik jihatlar bir oz murakkabroq, qatoiy bir ko’rsatkich, chegaraga ega emasligi bilan ajralib turadi.
Oilaviy hayotda jinsiy hayot psixologiyasi haqidagi bilimlarga ega bo’lish o’ta muhim ahamiyatga ega bo’lgan masaladir. Turli mutaxassislar tomonidan berilgan maolumotlarni kompleks tahlil qilingan holda aytish mumkinki, har bir to’rtinchi ajralishgan er-xotinlarda (ajralishlarning 29% ida) jinsiy munosiblikning u yoki bu tarzda bo’lishi (er-xotinning nomutanosibligi) sabab bo’lmoqda.
Albatta, o’zaro sevgi, ishonch va hurmat hislari, qiziqishlari va niyatlarning umumiyligi hislari qisqa vaqt oraliida yuzaga kelgan.
SHunga ko’ra shoshilinch oila qurgan juftlarga jinsiy hayot psixologiyasi borasidagi bilimlar o’z-o’zidan yordam bera olmasligi mumkin.
SHunday qilib, jinsiy etuklik odam anatomiyasi va fiziologiyasi nuqtai nazaridan etarlicha aniq va ravshan bo’lgan xodisadir. YOshlarning nikohga jinsiy etuklik masalasidan tashqari yuqorida keltirib o’tilganidek, yana bir nechta ijtimoiy etuklik turlarini farqlash mumkin. Bular: jinsiy, fuqarolik, kasb-hunar, ijtimoiy, iqtisodiy, maonaviy, axloqiy va psixologik etukliklardir.
Fuqarolik xuquqiy etuklik va odamning xuquqiy jihatidan baloatga etish yoshi bilan, u xuquqiy jihatdan oila qurish, farzand ko’rish xuquqiga ega bo’lgan shaxs bo’lib hisoblanishi bilan belgilanadi.
Kasb-hunar etukligi bu ham ancha murakkab tushunchadir. Uning murakkabligi shundaki, bir tomondan u qandaydir bir bilim yurtini, o’quv kurslarini bitirish, yaoni maolum bir ish turini bajarish uchun zarur bo’lgan maxsus bilimlarga ega bo’lishi bilan belgilanadi.
SHaxsning etukligining yana bir jihati ijtimoiy-iqtisodiy etuklikdir. Bunda odamning o’zini va o’z oilasini moddiy jihatdan mustaqil taominlay ola bilishi nazarda tutiladi. YOshlarni oila qurishlarida, ularning iqtisodiy mustaqilligi alohida ahamiyatga ega.
Gap shaxsning psixologik etukligi haqida borgudek bo’lsa, bundan dastavval uning turli hayotiy vaziyatlar va sharoitlarini hushyor baholay olishi nazarda tutiladi. Bu hushyorlik, amaliylik, voqelikni to’ri baholay olish, shaxsda o’zining yutuq va kamchiliklarini, bilim, malaka va qobiliyatini etarlicha oboektiv baholay olishda ham namoyon bo’lishi kerak. Afsuski, ko’pincha yoshlar o’z qobiliyatlarini orttirib baholab, o’z oldilariga erishib bo’lmaydigan maqsadlarni qo’yib olish hollariga duch kelinadi. Ayniqsa, oilaviy hayotni tasavvur qilish, unda o’z o’rnini baholash masalasida yoshlarimiz ko’proq xatoga o’zlarni orttirib baholashga, oilaviy hayotdan mumkin bo’lganidan ko’proq narsani kutishga yo’l qo’yish hollari ko’proq kuzatiladi. Psixologik etuklik, shaxs huquqini turli yashash sharoitlariga moslashuvchanligida ifodalanadi. Psixologik etuklik shaxsning boshqa odamlarga nisbatan bo’lgan ijobiy munosabatlari: hamdardlik, hamfikrlik, am-tashvishga sherik bo’la olish, o’zaro yordam kabilar tarzida namoyon bo’la oladigan maonaviy sifatlarning tarkibiy jihatlarini o’ziga biriktiradi. Psixologik etuklikning muhim meozonlaridan biri shaxsning oilaviy muammolarini adolatli xal etishga xizmat qiluvchi o’z mustaqil fikri, qarashiga ega bo’lishi, zarur bo’lganda oila manfaatida o’z qarashlarini ota-onalarini oldida himoya qila olishidir.
Demografik nuqtai nazardan olinganda, oila qurish deganda maolum bir kishilarni emas, balki butun bir avlodning oila qurishi nazarda tutiladi. Bu o’rinda to’liq ishonch bilan aytish mumkinki, avlod yosh jihatidan qanchalik katta bo’lsa, u biz ko’rib chiqayotgan jihatlarning har biri bo’yicha ko’proq etuk bo’ladi. 20-24 yoshdagi guruh, 20 yoshdan kichik bo’lgan avlodga qaraganda ko’proq hayotiy tajribaga ega bo’ladilar. 1-avlod vakillaridan ijtimoiy - iqtisodiy etuklik darajasi yuqoriroq bo’ladi, chunki aynan shu yoshda ko’pchilik yoshlar o’rta yoki oliy o’quv yurtlarini tamomlagan, u yoki bu kasb - hunarni egallagan bo’ladilar.
O’zbekiston Respublikasi «Oila kodeksi»da erkak va ayollar uchun turmush qurishdagi minimal yosh sifatida 18 yosh ko’rsatilgan. Bu yoshni mahalliy qarorga ko’ra, alohida istisnoli holatlarni hisobga olib, ayollar uchun bir yoshga qisqartirish mumkin. Turli mamlakatlarda urf-odatlar va milliy anoanalarga bolik ravishda erkak va ayollarning turlicha minimal nikoh yoshi belgilangan. Masalan, erkaklar uchun 14 yoshdan (Irlandiya, Ispaniya va Lotin Amerikasidagi ayrim davlatlarda ) - 21 yoshgacha (Polsha, Avstraliya, Germaniya va ayrim Skandinaviya davlatlarida ) bo’lgan davr orasiga to’ri keladi.
Ko’pincha katta avlod vakillari, yoshlarni etuk emaslikda ayblaydilar. Lekin ayni paytda bunday etilmaslikning oboektiv sabalari va shart-sharoitlari eotibordan chetda qoladi.
Ijtimoiy-iqtisodiy, maonaviy, ilmiy va texnikaviy jarayonlarning kechishi yoshlarni ijtimoiy-iqtisodiy va kasb-hunar, texnik etuklikning kechikib ketishiga olib kelmoqda.
Masalaning ikkinchi tomoni, yoshlarni ijtimoiy etilishi bosqichlari va fazalarida oboektiv qarama-qarshiliklarning yuzaga kelishi va ularni oilaviy hayotga tayyorlash borasidagi ishlarni amalga oshirishda bu hayotiy xaqiqatni doimo nazarda tutish lozimligidir. Akseleratsiya jarayoni va boshqa omillar tufayli bolalarda jinsiy baloatga etish ularning bundan 70-100 yil oldingi tengdoshlariga qaraganda 2 yilga erta ro’y bermoqda. SHu bilan bir vaqtda maxsus taolim olish, kasb-hunar egallash va iqtisodiy mustaqillikka erishish kamida 22-25 yoshga va undan keyinga surilib kelyapti.
YOshlarning jinsiy baloatga etishishi va ularning to’la iqtisodiy mustaqillikka erishishi vaqti o’rtasida kamida 5 yildan 10 yilgacha uzilish yuzaga kelib qolmoqda. Bu holat, oldingi avlodlarda kutilmagan bir qator murakkabliklarni va ularga boliq ravishda ro’y berishi mumkin bo’lgan noxushliklarning yuzaga kelishiga sabab bo’lishi mumkin. Nikoh oldi omillaridan yana biri shu nikoh qurilishiga asos bo’lgan nikoh motivlaridir. «Motiv» iborasi psixologiyada maolum bir xulq, faoliyatning yuzaga kelishiga asos bo’lgan kuch, turtki, manba, asosni bildiradi. Psixologik adabiyotlarda bir necha o’nlab nikoh motivlari farqlanadi. Lekin ular umumlashtirgan holda uchta tasnifga farqlanadi. Bular: sevgi tufayli oila qurish, yaoni yoshlar oila qurishida avval bir-birlarini sevib, maolum bir muddat sevib-sevilib yurganlaridan so’ng shu o’zaro sevgining maxsuli sifatida bir-birlarining visoliga etishib oila quradilar.
Motivlarning ikkinchi tasnifi moddiy yoki o’zga manfaatdorlik tufayli oila qurish. Bunda yoshlar oila qurar ekanlar, nimanidir hisobga olgan holda maolum bir maqsadni ko’zlab, masalan, boylikni, mansabni moddiy yoki ijtimoiy manfaatdorlikni ko’zlagan holda, oila qurishlari mumkin. Nikoh motivlari tasnifidan yana biri-stereotip bo’yicha oila qurish deb ataladi. Bu toifa yoshlarda oldingi motivlarning ikkalasi ham kuzatilmasligi mumkin. Ular oila qurar ekanlar, stereotiplarga qaraydilar.
SHu sanab o’tilgan uchchala motiv: sevgi, moddiy yoki o’zga manfaatdorlik tufayli, stereotip bo’yicha qurilgan oilalarning qay biri mustaqkamroq bo’ladi, yoki qaysi motiv nikoh oila mustahkamligini kuchliroq taominlaydi?
Albatta, bu savolga yoshlarning aksariyati, birinchi motivni, yaoni sevgi motivini tanlab javob berishadi. CHunki ular sevgi tufayli oila qurish nikoh mustahkamligini taominlovchi eng ishonchli, mustahkam poydevor deb hisoblaydilar. Freyd taokidlaganidek: «sevgi-bu insoniyatni hayvonot olamidan suurib olgan kuchdir». Inson yaratgan buyuk mo’jizalarning barchasi sevgi tufaylidir.
Albatta, sevishib turmush qurgan juftlarning aksariyati eng baxtli oilaviy hayot kechiradilar. Lekin, statistik maolumotlarga qaraganda, oilalar ajralishining ko’pchilik qismini xuddi shu sevishib, oila qurgan juftlarga to’ri kelar ekan. Sevgi, agarda u haqiqiy bo’lsa, sevishganlar bir-birlarini hurmat qilib, tushunib, bir-birlarini eozozlab, avaylab, kerak bo’lsa biri ikkinchisining baxti, shodligi, quvonchi, manfaati uchun o’z manfaatidan kechib, o’ta nozik bo’lgan tuyu-sevgini har kuni, har doim parvarish qilib yashasalar, unda sevgi ularning munosobatlarini yanada yaqinlashishiga, ularning oilaviy hayotining mustahkamlanishiga va birgalikda hayotlarida eng oliy zavq-shavqlarni his qilishlariga asos bo’lishi mumkin.
Navbatdagi motiv moddiy yoki o’zga manfaat tufayli oila qurishdir. Bu motivning oila mustahkamligiga taosiri uning keyinchalik qay darajada amalga oshirilishiga boliq. Statistik maolumotlarga ko’ra, yuridik jihatdan eng mustahkam turun oilalar stereotip bo’yicha oila qurgan juftlarga to’ri kelar ekan. Bunday oilalarda ajralishlar miqdori oldingi ikki motiv asosida qurilgan oilalarga qaraganda, kam ko’rsatkichni tashkil qiladi. CHunki ular hamma qatori oila qurishgan. Oilaviy hayotdagi zavq-shavqlar esa o’z-o’zidan, oyibdan berilmaydi. Buning uchun kurashish, intilish sevgining «qaxraton qish-u», «jazirama yozlariga» azob-uqubatlarga bardosh berish, uning sinovlaridan muvaffaqiyatli o’tish va uni belgilangan umrning oxirigacha parvarish qilib, saqlab qolishga va umrning yakunida uni farzandlariga, kelajak avlodga eng muqaddas meros qilib qoldirishga harakat qilishi kerak.
Oila qurishdan oldin bo’lajak er-xotinlar bir-birlarini maolum bir muddat bo’lajak er yoki xotin sifatida bilib yursalar, bir-birlarining shaxsiy xususiyatlari, individual sifatlari, qiziqishlari, dunyoqarashlari, shaxsiy yo’nalganliklari haqida adekvatroq tasavvur va maolumotlarga ega bo’lsalar bu tasavvur va maolumotlar ularga birgalikda hayotlarida bir-birlarini tushunib bir-birlariga moslashib ketishlariga yordam berishi mumkin.
hozirgi yoshlarimizga juda yaxshi maolumki, oila kodeksiga binoan nikohdan o’tish uchun ariza berganlaridan so’ng bir oy (aniqroi 33 kun) muhlat beriladi. Mabodo shu fursat mobaynida ular o’z niyatlaridan qaytib qolgudek bo’lsalar, ularning talabi qondirilib, ko’zda tutilganidek, nikoh qayd qilinmaydi.
Bu erda biror bir buyumni, texnika yoki komppyuterni emas, balki odamni bilish haqida gap ketyapti. Psixologlarning taokidlashicha, odam bu eng murakkab bilish oboektidir. Uni hech qachon va hech kim mutloq va batafsil bila olmaydi. CHunki u har kuni rivojlanishda, shakllanishda, o’sishda, o’zgarishda bo’lgan murakkab biologik, fiziologik, psixologik, ijtimoiy-psixologik, ijtimoiy jarayonlar, holatlar, xususiyatlar majmuini o’zida mujjasamlashtirgan eng oliy va shu bilan birga eng murakkab mavjudotdir. Uning sir-sinoatlari, koinot sir-asrorlaridan ortiq bo’lsa ortiqki, aslo kam emas.
Psixologlarning o’tkazgan tadqiqotlariga ko’ra, oila qurgunga qadar bir-birlarini bir oy va undan kam bilgan er-xotinlar miqdori ajrashib ketgan er-xotinlar orasida ko’pchilikni tashkil qilishni ko’rsatadi.
Psixologik adabiyotlarda bo’lajak er-xotin sifatida bir-birlarini yarim yildan bir yilgacha bilish eng maqbul muddat deb ko’rsatiladi. Bu vaqtda yigit-qizlar bir-birlari haqida nisbatan bilishi mumkin bo’lgan bilimlar, maolumotlarga ega bo’lishga ulgurishlari mumkin.
Maolumki, sevishganlar nafaqat bir-birlariga, hatto olamga ham «rangin ko’zgu» orqali qaraydilar. Sevgilisining hatto kamchiliklarini, nuqsonlarini ham fazilat deb qabul qiladilar. To’ydan keyin esa hatto ayrim fazilatlar ham kamchilikdek ko’rinadi. SHuning uchun yoshlarimiz bir-birlariga (ayniqsa kamchiliklariga) to’ydan oldin ikkala ko’zlari bilan to’ydan keyin esa yarimta ko’z bilan qarashlari lozim.
Nikoholdi omillarning xarakterlaridan yana biri yoshlarning tanishish shartlaridir. Ular ham o’z navbatida turli-tumanlikka ega. Kimdir o’qish, ish joyida, kimdir o’zi kimdir o’rtoi, dugonasi, qarindoshi, kimdir sovchilar yordamida, kimdir ko’chada jamoatchilik joylarida, transportda, turli marosimlarda, to’ylar, kechalar, o’tirishlar va hokazo shart-sharoitlarda tanishishlari mumkin.
O’zbek oilasining etnik xususiyatlaridan kelib chiqqan holda yosh oilaning yuzaga kelishi shartlari orasida keng tarqalganlaridan biri sovchilik tufayli oilalarning yuzaga kelishidir. CHunki bizda deyarli barcha oilalarning yuzaga kelishi yigit tomonidan kelinnikiga sovchilar borishi bilan boshlanadi.
Agar yoshlar o’zlari sovchilar yordamisiz bir-birlari bilan tanishgan, bir-birlarini topishgan bo’lsalar, bunda ular birinchi navbatda, tanlangan odamning o’zlarining ko’ngliga, diliga, idealiga mos kelish yoki kelmasligiga eotibor beradilar. Xalqimizning etnik xususiyatlariga xos bo’lgan nikohning yuzaga kelish shartlaridan biri-sovchilikdir. Sovchilik azal-azaldan shakllanib kelgan milliy qadriyatlarimizdan biridir. Uning o’ziga yarasha talablari, shartlari, masouliyati mavjud. Sovchilikka borilganda sovchilar bo’lajak er-xotinlar qudalarni har tomonlama o’rganib, ularning bir-birlariga qay darajada mos kelish jihatlarini puxta o’rganib chiqishga harakat qiladilar. Umuman sovchilikning milliy, etnik anoanaviy amallarga, talablarga rioya qilishi nikoh mustahkamligining muhim shartlaridan hisoblanadi.
Biroq hozirgi vaqtda sovchilik talablariga amal qilmaslik, uni qo’pol buzish hollari ham tez-tez uchrab turibdi. hozirgi vaqtda sovchilikka borilar ekan, tanlanajak kelinning, bo’lajak qaynonaga yoki sovchi bo’lib borgan odamning didiga qay darajada mos tushishi, uning ota-onasi, har ikkala oilaning moddiy-ijtimoiy holati, mavqei kabilarga ko’proq eotibor berilib, bu jarayonlarning bosh sababchilari, bo’lajak kelin yoki kuyovning manfaatlari, ularning bir-birlariga mos kelishi yoki kelmasligi jihatlari unutilib qo’yayotganlik holatlarini kuzatishimiz mumkin.
Oila mustahkamligiga hal qiluvchi taosir etuvchi nikoholdi omillaridan yana biri-yoshlarning o’z oilaviy hayoti haqidagi tasavvurlaridir. Ularning qanchalik reallikka yaqin bo’lishi, shu oila mustahkamligini bosh garovi hisoblanadi. Afsuski hamma vaqt ham yoshlarimizning oilaviy hayot haqidagi tasavvurlari reallikka mos kelavermaydi, balki u aksariyat hollarda reallikdan farq qiladi.
Biz o’z tadqiqotlarimizda talaba yoshlarning oilaviy hayot haqidagi tasavvurlarini o’rganish maqsadida «Oilaviy hayotga tayyormisiz?» testini o’tkazdik (Test ilova qilinadi). O’n to’rt savoldan iborat bo’lgan testning har bir savolida uchtadan javob variantlar berilgan bo’lib, talabalar o’zlariga mos bo’lgan variantlardan birini tanlashdi. Olingan natijalar quyidagi jadvalda aks ettirilgan.
Talabalarning oilaviy hayot haqidagi fikrlari.
2-jadval
T.R.
|
A
|
B
|
V
|
sonfoiz
|
son
|
foiz
|
son
|
foiz
|
1
|
8
|
23,5
|
22
|
64,7
|
4
|
11,8
|
2
|
27
|
79,4
|
-
|
|
7
|
20,6
|
3
|
3
|
8,8
|
7
|
20,6
|
24
|
64,9
|
4
|
12
|
35,3
|
6
|
17,6
|
16
|
47,1
|
5
|
3
|
8,8
|
4
|
11,8
|
27
|
79,4
|
6
|
4
|
11,8
|
5
|
14,7
|
25
|
73,5
|
7
|
1
|
2,9
|
3
|
8,8
|
30
|
88,2
|
8
|
2
|
5,8
|
19
|
55,9
|
13
|
38,2
|
9
|
26
|
76,5
|
7
|
20,6
|
1
|
2,9
|
10
|
28
|
82,3
|
1
|
2,9
|
5
|
14,7
|
11
|
17
|
50
|
3
|
8,8
|
14
|
41,2
|
12
|
25
|
73,5
|
3
|
8,8
|
6
|
17,6
|
13
|
1
|
2,9
|
30
|
88,2
|
3
|
8,8
|
14
|
|
|
25
|
73,5
|
9
|
26,5
|
Jadvaldagi sonlarning taxlili shuni ko’rsatadiki, talabalarning aksariyati yahni 64,7 foizi oilada har qanday holat bo’lganda ham o’z kasbini saqlab qolishini, 23,5 foizi birinchi farzandi tuilganidan so’ng ish faoliyatini boshlashni, faqat 11,8 foiz talabalarimiz oila qurgandan so’ng ohz kasbiy faoliyati bilan shuullanishni istamasligini bildirishdi. Bunday istakni bildirgan talabalar kasbiy faoliyatdan ko’ra faqat oila va uni asrab qolish muhimligini tahkidlashdi. Talaba yoshlar ichidan 79,4 foizi farzandlarining soni ikkitadan oshmasligini tahkidlashdi, bu esa ularda reproduktiv ustanovkalar yaxshi shakllanganligidan dalolat beradi. Ko’rib turganimizdek, reproduktiv madaniyat oshgan sari real va ideal ustanovkalarda ham muayyan o’zgarishlar sodir bo’lmoqda. Muximi yoshlarimiz bugungi kunga kelib, oilada farzandning borligi uning mustaxkamligi omili ekanligini chuqur angalagan holda, solom onadan tuilgan solom bola uning baxt-saodati ekanligini to’la anglaydilar. SHu bois ham olib borilayotgan taribot-tashviqot ishlari, yoshlarning reproduktiv xulqlariga o’z tahsirini o’tkazmoqda. 20,6 foiz talabalar esa farzand ko’rishni faqat turmush o’rtoining ixtiyori bilan amalga oshishini belgilashdi.
Odamlar davrasida turmush o’rtoining boshqalarga qiziqishiga nisbatan 64,9 foiz talabalar xafa ekanligini bildirmasdan munosabatda bo’lishligini belgilashdi, bu esa ularning oilaviy munosabatlar jarayonida psixologik bilimga ega ekanliklaridan dalolat beradi. Lekin 20,6 foizdan iborat bo’lgan talabalar janjal ko’tarish istagini, 8,8 foizi o’sha zahotiyoq boshqalar bilan gaplashishlarini bildirishdi. O’tkazilgan suhbat va trening mashqlari natijasida ular bunday holat turmush o’rtoqlar o’rtasida faqat salbiy munosabatlar shakllanishiga olib kelishi mumkinligini anglab etishdi.
Rashk borasidagi talabalarning fikrlari bizni ancha qanoatlantirdi. CHunki ularning 47,1 foizi o’z sherigiga ishonadi 17,6 foizi rashkchi emas. Lekin sababsiz ham rashk qilishi mumkin bo’lgan 35,3 foiz talabalarga bu boradagi psixologik maslahatlarni berdik va ularning rashk borasidagi fikrlariga oydinlik kiritishga muvaffaq bo’ldik.
Oilada er-xotin o’rtasida vujudga kelishi mumkin bo’lgan ziddiyatli holatlarda har ikki tomonning yon berishi bilan boghliq bilimlar talabalarimizning 79,4 foizida uchradi. Bu xol albatta, talabalarning olgan psixologik bilimlarini hayotda qohllashga tayyor ekanliklaridan dalolat beradi.
Oilada barcha oila ahzolarining ko’nglini olish yo’laridan biri bu yoshlarning pazandalik sirlaridan yaxshi voqif bo’lishliklari hisoblanadi. CHunki, shirin va chiroyli tayyorlangan turli taomlar yordamida insonlar bir-birlarining qalbiga yo’l topishlari mumkin. Bu borada talabalarning bilimdonligi 73,5 foiz ko’rsatkichni berdi. YOshlar o’rtasida taom pishirishni xali o’rganib ulgirmaganlari ham mavjud ekanligi bizni ajablantirdi (11,8 foiz). Ularning aksariyati oilada kichik farzand ekanliklarini ro’kach qilishdi. Lekin oila baxtining butun bo’lishini istovchilar uchun albatta pazandalik sirlaridan voqif bohlishlari lozimligi ularga uqtirildi.
har bir insonning o’z ichki dunyosi va unda mavjud bo’lgan sirlari bo’ladi. Bunday sirlarni saqlay olish borasida sinaluvchilar fikriga murojat qiladigan bo’lsak ularning 88,2 foizi ayrim narsalar haqida sir saqlash imkoniyatiga ega ekanliklarini aytishdi. SHu bilan bir qatorda odamlarning sevimli mashulotiga aylangan o’z xobbisi ham bo’ladi. Bunday mashulotlar insonning bo’sh vaqtini sermazmun o’tishiga yordam beradi. Buni to’ri anglagan talabalarning 55,9 foizi sherigining biron bir mashulotni yaxshi ko’rishiga nisbatan ijobiy munosabatni bildirib, u mashul paytda men ham sevimli ishim bilan mashul bo’laman, degan fikrni bildirishgan. 38,2 foiz talabalar esa “bu uning shaxsiy ishi” javobini belgilashgan.
Ko’pchilik yoshlarimiz, ayniqsa muvaffaqiyatli hollarda tarbiya topgan yoshlar, oila qurish arafasida bo’lar ekanlar, aksariyat hollarda o’zlarining bo’lajak oilaviy hayotlari uchun o’z ota-onasi oilasini ideal qilib oladilar. SHunday yoshlarimizning 76,5 foizi ota-onasining nikohdagi hayotini ahlo darajada baholashdi. Lekin 20,6 foiz talabalarimiz ota-onasining nikohdagi hayotini “ohrtacha” deb baholashdi.
SHeriginning tanlagan kasbiga nisbatan munosabatini aniqlashda talabalarning 82,3 foizi har bir odam o’z kasbida o’sishi kerak deb hisoblaydi. 14,7 foiz talabalar “amal poghonasida ohsishi men uchun ahamiyatli emas” deb hisoblasa, 2,9 foiz talabalar esa sherigining professional mo’ljallari bilan qiziqmasligini bildirdi.
Agar sherigingiz kiyinish bo’yicha sizdan farq qilsa nima qilasiz? degan savolga respondentlarning 50 foizi yon beraman, chunki bu unga yoqadi, 41,2 foizi mening didimga yoqishini kutaman, 8,8 foizi kompromisslik qilaman, yoqmasa ham yoqdi deyman kabi fikrlarni bildirishdi.
«Sinov nikoh»iga munosabat bildirishda talaba qizlarning 73,5 foizi o’z noroziliklarini bildirishdi, 17,6 foizi munosabat bildirishga qiynaldi, 8,8 foizi esa bir-birini bilish uchun yaxshi imkoniyat deb hisobladi. Bu jarayon talabalarga nikohgacha bir-birlarini tanish va bilish bilan bolab tushuntirilganda boshqacha munosabat vujudga keldi, yahni ular o’z turmush o’rtoining shaxsiy psixologik xususiyatlari haqida bilimga ega bo’lishlik albatta, oilaviy hayotdagi turli vaziyatlarda qo’l kelishi mumkin degan fikrga kelishdi.
Erkak yoki ayolning nikohdan avval o’zgalar bilan aloqada bo’lishligini respondentlarning 88,2 foizi qoraladi faqat 8,8 foizigina o’z munosabatini aniq namoyon qila olmadi.
Sizga xiyonat qilishsa kechirasizmi? savoliga talabalarning aksariyati hech qachon javobini (73,5%i) tanlashdi. Bu vaziyatga boliq javobini esa 26,5 foiz talabalar tanlashdi.
Esini taniganidan boshlab ertaklar ruhida, badiiy filmlar, romanlar, afsona, rivoyatlar ruhida tarbiyalangan yoshlarimizda hamma vaqt ham oilaviy hayot haqida to’ri tasavvurlar shakllanaverishi mumkin emas. Ommaviy axborot vositalari orqali, teleko’rsatuvlar, radioeshittirishlar orqali yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash borasida berilayotgan materiallarda, oilaviy hayotni bir yoqlama faqat ijobiy tomondan talqin qilish hollari ko’p kuzatiladi. Bu kabi holatlar yoshlarda oilaviy hayot haqidagi tasavvurlarini noto’ri shakllanishiga sabab bo’lishi mumkin.
Talaba yoshlarda oilaviy munosabatlar bo’yicha bilimlarni muvofiqlashtirish maqsadida ular bilan trening o’yinlarini tashkil etdik. Bular «Xushomad qilish» va «Intervyu» o’yinlari bo’lib, trening mashulotlaridan maqsad talabalarni oilaviy munosabatlar jarayonida emotsional to’siqlarni bartaraf etishga, o’zgalar bilan samimiy munosabatda bo’lishga o’rgatish, oilaviy munosabatlar jarayonida muloqot malaka va ko’nikmalarini hamda muomala madaniyatini shakllantirishdan iborat. «Xushomad qilish» treningi davomida talabalar o’z xohishlari bilan qaynona, kelin, kuyov, qaynisingil kabi rollarga bo’lindilar. So’ng navbat bilan bir-birlariga samimiy tarzda, chiroyli so’zlar bilan xushomad qildilar. Boshlovchi va qolgan guruh ahzolari ularning o’zini tutishi, suhbatdosh bilan muomalasi, mimikasi, xatti-harakatlarini kuzatib turishdi. O’yin so’nggida kuzatuvchilar tomonidan ishtirokchilarning rollarni qanday bajarganliklari tahlil qilindi va kerakli maslahatlar berildi. Rollar o’yin davomida almashilinib turildi.
«Intervyu» o’yinida boshlovchi talabaga jurnalist sifatida turli oila ahzolaridan qaynona, qaynota, kuyov, kelin, ovsin, qaynoa, qaynisingil va hokazolardan intervyu olinishi kerakligini aytdi va o’zi bir talabani shu rolga tavsiya etdi. Suhbat mavzusi kechki ovqatni tayyorlash, ro’zorga kerakli narsalarni harid qilish, mehmonga borish, tuilgan kunni nishonlash kabi holatlar bilan boliq tarzda tanlandi. O’yin tahlilida bajarilgan rollarga nisbatan kuzatuvchilarning fikrlari bildirildi. YUqoridagi kabi o’yinlar talaba yoshlar ongida oilaviy munosabatlar bo’yicha hayotiy bilimlarni shakllanishiga yordam beradi.
Oiladagi katta yoshli oqil kishilar yoshlarga hayotda ko’prik bo’lmoi, ularning bosib o’tgan ko’p qirrali hayot yo’li mustaqil, etuk bir shaxs sifatida qabul qilib, oilaviy hayotning past-balandlari haqida to’la-to’kis maolumotlar berishi maqsadga muvofiqdir. Toki yoshlarimizning oilaviy hayotlari poydevoriga qo’yayotgan ilk ishtlari to’ri va mustahkam bo’lsin.
2.2. Oilaviy hayotni baxtli qilish va psixologik iqlimini mo’htadil saqlash qoidalari.
hayo, ibo, iffat, farosat, nazokat, samimiylik, kamtarlik, oqilalik, uddaburonlik chinakam maonaviyatli ayollarimizga xos fazilatlar hisoblanadi. SHu bilan birga oilaning psixologik iqlimini mo’tadil saqlab turuvchi, oilaviy hayotni yanada baxtli qilishning qoidalari ham mavjudki, bularga quyidagilar kiradi.
1. Oiladagi o’zaro ishonch. Er va xotinning sadoqati, bir-birining qadriga etishi, qaysarlik va o’zbilarmonlikka berilmasligi, har qanday razillik va pastkashlikdan, insofsizliklardan uzoq bo’lishlari muhimdir. Er-xotin o’rtasidagi muhabbat qanchalik sof, samimiy, chin sevgi bo’lsa, ular bir-birlarini doim eozozlaydilar, avaylaydilar, ko’ngilni qoldirmaydilar. Muhabbat shunday kuchli, shirin tuyuki ayol zoti erkak bilan turmush qurganda, butun qalbini unga inoom etadi. Er oilaning sultoni bo’lib qoladi. Vafodor xotinga mard erkak juft bo’lsa, o’zini dunyoda baxtli hisoblaydi. Biroq baozi erlar borki, ana shunday baxtni sezmaydi, shu baxtni asrab-avaylash o’rniga oyoq ostida toptaydi, o’z baxtini ham xotin baxtini ham qaro qiladi. Er bilan xotin o’rtasida o’zaro hurmat va chinakam sevgi bo’lishi lozim. Er shunday bo’lishi kerakki, uni xotini hamisha hurmat qilsin, u vijdonli bo’lsin, xotiniga nima vaoda bersa uni albatta bajarsin. SHu maonoda oilada er o’zining qadr-qimmatini, oilada boshliq ekanini, bolalarning otasi ekanini unutmasligi kerak.
Inson o’zi pok bo’lsa, odamlarga pok nazar bilan qaraydi, zotan egri ko’zgu to’rini ham egri ko’rsatadi. Insondagi eng sof tuyu hayo, iffat hisoblanadi. Er va xotin o’rtasida hayo, iffat, poklik bo’lsa, muhabbat degan buyuk tuyu doim eozozlansa - totuv turmush, shirin hayot bir umr davom etadi. Er yaxshi bo’lsa, xotin kuladi, oila yashnaydi, farzandlar yayraydi. U eng avvalo o’z jufti halolini bolalarining onasi sifatida avaylashi kerak. “YAxshi xotin - sof oltin” degan hikmat bor. Aql - idrokli ayol mehr-muhabbatni qadrlaydi, uni pok saqlaydi, avaylaydi. Sadoqatlilar, muhabbatlilar bo’lar - bo’lmasga rashk qilmaydilar. Behudaga rashk qilish umrning egovi. Odatda tushunchasi tor, madaniyatsiz, xudbin va sershubha odamlar o’zlarini qiynab, behuda rashk o’tida azob chekadilar, arzimas xatti-harakat, chiroyli mulozamat va odob doirasida qilingan nafis xushomad ham ularning diliga ulula solib, bo’lmaur shubhalarni tudiradi.
Lekin rashkning ham o’z o’rni, vaqti sababi bo’lishi kerak. Bekordan-bekorga rashk qilish umrni qiyadi, oilani buzadi. Dili pok odam har qanday sharoitda ham o’zini tiyadi. Ayol kishida chehra go’zal yoki xunuk bo’lishidan qatoiy nazar, birinchi navbatda uning qalbi go’zal, fikri tiniq, niyati ezgu bo’lishi kerak. Oilaviy baxtni saqlab qolish uchun tirnoq ostidan kir qidirmang, shubha qilmang. Ana shunda oiladagi o’zaro ishonch saqlanib qoladi.
2. Diqqat-eotiborli bo’lish. Oilada er va xotinning bir-biriga ozgina bo’lsa ham eotiborli bo’lishi oila baxtini mustahkamlashda katta ahamiyatga ega. Xotinning er hurmatini joyiga qo’yishi, uni qadrlashi, uning bor-yo’iga, ahvol ruhiyatiga qarashi muhimdir. Eng oddiy, baozan mayda-chuyda sanalgan odatlar: ishga yaxshi borib keling, yaxshi borib keldingizmi kabi so’zlar, kutib olish, narsani darrov qo’ldan olish kabi odatlarga eotibor bilan qarash lozim. SHu bilan birga ayol o’ziga ham befarq bo’lmasligi, yurishi, turishi, kiyinishi eriga maoqul bo’lib, uning havasini keltiradigan bo’lishi kerakligini unutmasligi kerak. Ayollarning bitta muhim xususiyati shuki, ular nima uchundir tuilgan kunlarni yaxshi eslab qolishadi. hurmatli yigitlarimiz ham bunga befarq bo’lmasalar, kichkina sova bilan ayoliga eotibor qilishi er-xotin munosabatidagi insoniylikni bildiradi.
Er-xotin o’zaro munosabatlarida eotiborli bo’lishsa, uzaro hurmat va ishonchni ardoqlashsa, bir-birini tushunishi va ko’nglini topish uchun intilishsa, sevimli kishi uchun yon berishdan orlanmasa o’rtalaridagi mehr-oqibat uzoq muddatga etadi.
3. Muloyimlik oilada eng muhim fazilat. YAxshi so’z jonga oziq, dilga quvvat beradi. Oilada er ham xotin ham totuv bo’lib, bir-birlariga shirin so’zli, xushmuomala bo’lishsa, umrlariga umr qo’shiladi. Katta kuch bilan erishmagan narsaga muloyimlik bilan erishsa bo’ladi. Oilada er-xotin munosabatining mo’tadilligini yoqimli xushmuomala, shirinso’zlik, ko’ngilni keng qilish, gapni yaxshi tomonga burish bilangina asrab qolish mumkin.
Maolum bo’lishicha bizga eng qo’pol, achchiq so’zlarni gapiradiganlar o’z oila - aozolarimiz hisoblanar ekan. Agar ayollar o’z erlariga begona erkaklarga, erlar o’z xotinlariga begona xotinlarga ko’rsatgan muloyimliklarini ko’rsatishganda edi, hamma oilalar baxtli bo’lar edi.
4. Tanqid qilmang. Ayol muhabbatini qozonish har bir qalbning o’ziga boliq. Ayrim holda, to’ydan keyin kelin-kuyov o’rtasidagi mehr-muhabbat susayganday bo’lib qoladi. Bu turmush ikir-chikirlaridan, ayrim qiyinchiliklarning kelib chiqishidan, shuningdek yosh kelinning ro’zor tuta bilmasligi, maonaviyatini to’ldirib bormasligidan kelib chiqadi. Odatda kishi o’zida yo’q narsalarni boshqalardan qidiradi, topsa uni qadrlaydi. SHu jihatdan qaraganda sevgan kishingizdagi bor nuqsonlarni kechira bilish, ularni odob bilan yo’qotishga harakat qilgan maoqul. Tanqid qilmasdan iltifotli va mehribonlik bilan oilaviy hayot baxtini saqlash har bir yigit va qiz uchun odat bo’lishi zarur.
5. Minnatdorchilik bildirish. Oilaviy munosabatlarda katta o’rin tutadigan tomonlardan yana biri er-xotinning bir-biriga sidqidildan minnatdorchilik bildirishidir. Er kishi oilasidan hech narsani ayamaydi. Qanoatli ayol erning topganini rejali sarflab ro’zor yuritadi, erning topish-tutishiga qanoat qiladi, joy-joyiga qo’yadi saranjom-sarishta tutadi. Bir dehqon ayol erkaklar ishdan charchab kelishsa oldilariga bir bo pichan qo’yibdi. Ular achchiqlanishsa, ayol “men sizlar buni xashak ekanligini payqamaysiz debman, men sizlarga 20 yildan beri ovqat pishiraman biror marta hech bo’lmasa xashak emayotganliklaringni aytmagansizlar” debdi. Demak, hurmatli erkaklar ayolingiz tayyorlagan taomga o’z minnatdorchiligingizni bildirsangiz uning ko’nglini qanchalar ko’targan bo’lasiz.
Erkaklar eotibor bermaydigan bir fakt shuki, ayollar uchun eng muhim narsa kiyim hisoblanadi. Qarib ko’zdan qolgan ayol yoshligidagi rasmida qanday qo’ylakda ekanligi bilan qiziqishi mumkin. Agar erkak va ayol ko’chada boshqa erak va ayolni uchratishsa, ayol erkakdan ko’ra ko’proq boshqa ayolning qanday kiyinganligiga eotibor beradi. Erkaklar besh yil oldin kiygan ko’ylaklarini umuman esdan chiqarishlari mumkin, ammo ayollar uchun bu muhim hisoblanadi. SHuning uchun er-xotiniga o’tgan yilgi ko’ylagida qanday go’zal ko’rinishini aytsa, u bu ko’ylagini oxirgi modadagi kiyimga almashtirmasligi mumkin. Agar xotiniga uning qanday yaxshi beka ekanligini aytsa, u ro’zor uchun yanada jon kuydira boshlashi mumkin.
Demak oilaviy baxtingizni saqlab qolish uchun bir-biringizga sidqidildan minnatdorchilik bildiring.
Oilaviy munosabatlarda insonning kayfiyati ham muhim rolp o’ynaydi. Kayfiyatni mo’otadil tutish oila tinchligining garovidir.
Kayfiyat insonning butun psixik holatiga tus berib turadigan barqaror hissiyot sanaladi. Odatda odamlar o’z kayfiyatlarini yaxshi, yomon, o’rtacha, bir navi deb baholab o’rganib qolishgan. Baozan kimdandir kayfiyatim buzildi yoki ko’tarildi degan so’zlarni eshitamiz. Umuman insonning kayfiyati nimaga boliq, nima uni ko’tarishi-yu, yoki nima uni buzishi mumkin. Bir vaqtlar mashhur faylasuf Mark Avreli “hayot, biz u haqda nima o’ylashimizdan iborat” degan ekan. haqiqatdan ham biz baxt haqida o’ylasak o’zimizni baxtiyor his qilamiz. Agar bizni noxush fikrlar qamrab olsa, biz amga botamiz. Fikrimizda qo’rquv paydo bo’lsa, biz hadiksirab, har bir narsadan cho’chib tushamiz. Soligimiz haqida qancha ko’p qayursak, kasallikka chalinishimiz shunchalik osonlashadi. Aytilgan so’zlarning maonosini buyuk fransuz mutafakkiri Montenpening quyidagi shioridan ham topish mumkin: «Odam bo’lib o’tayotgan hodisalardan emas, ana shu hodisalarni qanday baholashidan aziyat chekadi».
Odatda atrofimizdagi holat bizning ichki tuzilishimizga boliq bo’ladi, o’zbekchada buning maonosi “Kengga keng dunyo, torga tor dunyo” deb ataladi. Demak, kayfiyatimizning sababchisi bizning o’zimiz. Agar biz o’zimiz hohlasak hech kim bizni hafa ham qilolmaydi, haqorat ham qilolmaydi, kayfiyatimizni ham buza olmaydi.
Biz yo’l qo’yadigan bitta xato shundaki, biz atrofdagilardan juda katta narsani kutamiz va umid qilamiz. Kutganimiz amalga oshmaganligidan kayfiyatimiz buziladi. Mana bu qoidani har kim o’ziga yozib, eslab qolishi kerak: “Birovga yaxshilik qilayotib minnatdorchilik haqida o’ylamang”, chunki hayotda kamdan kam odam minnatdor bo’lishi mumkin.
Psixologiyada butun kun davomida insonga o’z kayfiyatini barqaror ijobiy holatda saqlashga o’rgatadigan ko’plab qoidalar ishlab chiqilgan “har nima bo’lganda ham kunni ijobiy kayfiyat bilan boshlang”.har kuni ertalab o’zingizga 3 ta savol bering:
1. SHu kundan ko’proq quvonch, shodlik olishim uchun nima qilishim kerak.
2. Bugungi kun meni maqsadlarimga qanchalik yaqinlashtiradi.
3. Soliimni saqlash uchun qanday mashq, taranglikni yo’qotish usullarini qo’llashim kerak.
Mana bu qoida ham har birimizga maolum bir foyda keltirish mumkin “Men bir marta hayotga kelaman, shunday ekan qandaydir odam zotiga nisbatan mehribonlik ko’rsatishim, yaxshilik qilishim kerak. “Men yaxshilik qilish imkoniyatini qo’ldan chiqarmasligim kerak, chunki hayotga bir marta kelaman”.
Odam o’z kayfiyatini o’zi xohlagandek boshqarish imkoniyatiga ega. Buning uchun u ayrim bir qoidalarga amal qilishni o’rganib olsa bas.
har kuni har bir odam albatta shu kuni kayfiyati yaxshi bo’lishini maqsad qilib qo’yishi kerak.
YOdingizda tuting sizni o’rab turgan hayot sizga bo’ysunmaydi, siz unga moslashishga harakat qilishingiz lozim.
O’z organizmingiz, aqliy va maonaviy taraqqiyotingiz haqida qayuring, yaoni kamroq kasallik haqida o’ylab, ko’proq jismoniy mashqlar bajaring.
O’qing va yaxshi fazilatlarni o’zlashtiring. Agar biz o’zimiz hohlamasak hech kim bizning kayfiyatimizni ham buza olmaydi, hafa ham qila olmaydi. har birimizning kayfiyatimiz faqat o’zimizgagina boliq.
Juda ko’pchilik psixologlar kayfiyatni ko’tarish uchun jilmayishni maslahat berishadi. CHunki jilmayganda yuz mushaklari qisqaradi, taosir qiladigan markazlarni qo’zaydi va kayfiyatni ko’taradi.
Demak kayfiyatni ko’tarish uchun ko’proq jilmaying. Ertalab turib oynaga qarab shirin jilmaying. YUzning oynada yoqimli ko’rinishi oynaning joylashgan o’rniga boliq.
YAna Benson usuli mavjud bo’lib, bu nafasga diqqatni jamlash orqali keskinlik va taranglikni bartaraf qilishga yordam beradi. Bu usul quyidagicha, kresloga yoki stulga ko’zni yumib yaxshilab joylashib o’tirib olib, barcha mushaklarni bo’shashtiring, chuqur nafas oling va chiqaring. har nafas chiqarganda o’zingiz tanlagan bitta so’zni qaytaring. Masalan: nafas olish, nafas chiqarish, bir. Nafas olish, nafas chiqarish, ikki. Bir necha mashqdan keyin o’zingizda engil mudroq holatini his qilasiz. Uxlab qolmaslik uchun yotish tavsiya qilinmaydi va bu mashqni ovqatdan eng kami 2 soatdan so’ng bajarish mumkin. Siz hatto avtobusda ham bu mashqni bajara olasiz. Buning uchun sizdan faqat 10-15 minut talab qilinadi xolos.
Agar siz amga botgan bo’lsangiz, chin yurakdan quvnoq holatda kulishga harakat qiling, qaddingizni oz tuting, keyin biron-bir quvnoq ashuladan 3-4 qatorini xirgoyi qiling, qo’shiq aytishni bilmasangiz xushtak chaling, xushtak chalishni ham bilmasangiz, quvnoq narsa haqida pichirlang. Darhol kayfiyatingiz ko’tariladi. CHunki baxtli odam niqobini kiyib olib, jismonan asabiy holatda qolish mumkin emas. Bu tabiat qonuni. inson o’zining maonaviy qudratini safarbar qilibgina qaddini tiklashi, alabaga erishishi, muvaffaqiyat cho’qqisini egallashi mumkin. O’sishdan va ruhiy yuksalishidan voz kechgan odam esa ojiz, nochor va baxtsizligicha qoladi.
Demak, insonning kayfiyati faqat o’ziga boliq, hayotdan faqat xursandchilik qidirgan, uning yaxshi tomonlarini ko’rishga intilgan odam qidirganini topadi.
SHaxslararo munosabatlar jarayonida samarali psixologik usullarni mashhur Deyl Karnegi quyidagicha tasvirlagan:
1.”Munosabatlar oynasi”,
2.”Oltinga teng so’zlar” - xushomad, kompliment,
3.”Sabr - toqatli tinglovchi”.
halqimizda “qiyofa, yuz - qalb oynasi”, - degan naql bor. Bundan yuz qarash - munosabatlar oynasi degan xulosani ham chiqarish mumkin. Agar insonga sinchiklab qaralsa, uning yuz qarashida ichki dunyosini ko’rish mumkin. SHuning uchun oilaviy munosabatlar jarayonida insonning yuz qiyofasi doimo muloyim bo’lishi, bir-birlariga samimiy, jilmayib murojaat qilishlari lozim.
Ayol muhabbatini qozonish har bir qalbning o’ziga boliq. Qalb qancha toza, pokiza va oliyjanob bo’lsa, u shuncha ulu muhabbatni qozonadi. Er rafiqasining dilini ovlab samimiy bo’lsa, hurmat eotiborini qozonib yashasa - bunday erkakning uyda rohati, ko’chada faroati bo’laveradi.
Muloqatda buyruq oxangining ustunligi, do’q-po’pisa oxangida, keskin muomalada bo’lish, eotirozlar bildirish oilada o’zaro raqobat munosabatlarini yuzaga keltiradi.
Befarqlik, eotiborsizlik, qo’pollik, bemehrlik, behurmatlik kabilar oiladagi samimiy muloqatga putur etkazadi.
Agar aksariyat hollarda iltimoslardan, maslahatlardan, o’zaro kelishuvli savol-javoblardan, o’z niyat-istaklarini, xatti-harakatlarini xotirjamlik bilan bayon qilish usullaridan foydalanilsa, agar oilada o’zaro yordam, o’zaro tushunish, bir-birlariga yon berish odat bo’lsa, unda bunday oilalarda do’stona munosabatlar o’rnatiladi.
Oilaviy munosabatlarda oltinga teng so’zlarning ishlatilishi yaoni kompliment - xushomad qilish usulining qo’llanishi ziddiyatli holatlarning oldini olishda yordam beradi. Kompliment - bu insonning ijobiy sifatlarini biroz kuchaytirib aytiladigan so’zlardir. Inson o’ziga qaratilgan komplimentni eshitganda unda ijobiy hissiyot uyonadi. CHunki insonga o’zining ijobiy sifatlarini kuchaytiribroq anglatilsa, bu holat uni shu sifatlarini yanada mustahkamlashga undaydi. Erining aqlliligini taokidlab, uni qo’lidan hamma ish kelishini aytilsa, xotinidan har qanday yordamini ayamaydigan bo’ladi. Komplimentning taosir mexanizmi asosida ishontirish psixologik mexanizmi yotadi. Demak, aytilgan kompliment ishonarli tarzda bayon qilinishi lozim. SHu bilan birga kompliment insonnning faqat ijobiy sifatlarini aks ettirishi, biroz bo’rttiribroq ko’rsatilishi, bemaoni iboralar ishlatilmasligi, hech qanday hazil mazahsiz bo’lishi kerak. Aks holda kompliment salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Oilaviy munosabatlar jarayonida bir-birini tinglay olish, eotiborli bo’lish muhimdir. CHunki er-xotin bir-birlarining muammolarini diqqat bilan tinglasa ularda o’zaro ijobiy hissiyotlar uyonadi.
Bob yuzasidan xulosa.
Oiladagi solom muhit-solom mafkurani shakllantirish manbaidir. Jamiyatda har bir oilaning mustahkamligi, farovonligi, o’zaro hurmat va ahillikni tahminlash-milliy mafkurada ko’zda tutilgan maqsadlarni amalga oshirishda, oilaning El-yurt tayanchi bo’lishdek muqaddas vazifasini ado etishini tahminlaydi. SHu mahnoda endigina hayotga qadam qo’yib kelayotgan yoshlarning ongiga shunday fikrni singdirish kerakki, ular o’rtaga qo’yilgan maqsadlarga erishish o’zlariga boliq ekanligini, yahni bu narsa ularning sobitqadam ayrat-shijoatiga, to’la-to’kis fidokorligiga va cheksiz mehnatsevarligiga boliq ekanligini anglab etishlari kerak.
Oilada oila ahzolarining bir-biriga hamdard bo’lishi, muammolarni o’zinikiday qabul qilishi o’zaro ishonchni mustahkamlaydi. Ko’pchilik oiladagi kelishmovchiliklar arzimagan narsadan boshlanadi. Bir-birini tushunmaslik natijasida oraga sovuqchilik tushadi, mehr-oqibat ko’tariladi. Bu oila ahzolarida muomala madaniyati etishmaganidan darak beradi. Insonlar bir-birlaridan farq qilishadi, lekin oila ahzolari bir-birlarining xarakterini o’zgartirishga emas, bir-birlariga moslashishiga harakat qilishsa nizolardan yiroqroq bo’lishadi.
Qadrli, sevimli kishilarning bir-birlariga yon berishi, hurmatda bo’lishi, bosiqlik, shirinso’zlik, mulozamat, ko’ngilni keng qilish, gapni yaxshi tomonga burish, xasrat, gina-kudratdan yiroq bo’lish bilangina baxtni asrab qolish mumkin.
Xulosa.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov oilaning jamiyat barqarorligidagi o’rni haqida: «Agar oila solom va mustahkam bo’lsa, mahallada tinchlik va hamjihatlikka erishiladi. Binobarin, mahalla-yurt mustahkam bo’lsagina, davlatda osoyishtalik va barqarorlik hukm suradi », -deb tahkidlashlari bejiz emas. Davlatimizning oila siyosati oilaning muammosi- jamiyatning muammosi ekanligi, oila mustahkamligi- jamiyat barqarorligining kafolatlaridan ekanligini isbotlaydi. SHu bois ham biror xalq, millat yoki jamiyat yo’qki, u o’zining rivojlanish tarixida va taraqqiyot istiqbolini belgilashda oila va uning atrofidagi muammolarni, qadriyatlarni inobatga olmagan bo’lsa. har qanday istiqbol oilaning manfaatlaridan ayro tasavvur qilinmaydi. Zero har bir inson uchun oila- bu umrning boshlanishi, muqaddimasidir. Qolaversa, har bir inson o’z baxti va saodatini eng avvalo oilasi Bilan bolaydi, yahni o’z uyi, oilasida baxtli bo’lgan insongina o’zini to’laqonli baxtiyor xis etadi.
Jamiyat taraqqiyotining hozirgi holati oila oldiga o’ziga xos yangi ijtimoiy vazifalarni qo’ymoqda. Fan-texnika taraqqiyoti, ishlab chiqarish munosabatlari, odamlarning o’zaro muloqat, munosabatlar doirasi inson ruhiyatida hissiy emotsional o’zgarishlarni vujudga keltirmoqda va bular oilaviy hayot xarakteriga ham o’z tahsirini o’tkazmoqda.
YOshlarning oilaviy hayot to’risidagi tasavvurlarini shakllantirishda ularning oilaviy hayotga biologik, ijtimoiy, psixologik, iqtisodiy, huquqiy, maonaviy, axloqiy jihatdan etukliklari, shaxslararo munosabatlar psixologiyasining o’ziga xos xususiyatlarini o’rganganliklari, emotsional hissiy munosabatlarning xususiyatlarini bilishlari muhim ahamyatga ega. CHunki oilaning mustahkamligi ko’p jihatdan oila qurayotgan yoshlarning oilaviy hayotga qay darajada tayyorligiga boliq. SHuning uchun oilaviy hayot zaminida yuzaga keladigan nohush hodisalarning oldini olish, oilalar buzilishining oldini olish va noto’liq oilalar miqdorini kamaytirish, ularda har tomonlama solom psixologik iqlimni yuzaga keltirish borasida amalga oshiriladigan ishlarning samaradorligi shu oilalarni yuzaga keltirayotgan yoshlarning shaxsiga, individual psixologik xususiyatlariga, ularning oilaviy hayotlarini maqsadga muvofiq ravishda tashkil etishga qay darajada tayyor ekanliklariga boliqdir.
Bugungi kunda bu masala yanada dolzarblikni taqozo etmoqda va davlat siyosati darajasigacha ko’tarildi. CHunki mustaqil davlatimizning taraqqiyoti kelajagimiz egalari bo’lgan yoshlarga, ularning dunyoqarashiga, oilaviy muhitning solomligiga, mustahkamligiga uzviy boliqdir.
YOshlik bu ajoyib bir davrdir. Uni ehtiyot qilish, yigit-qizlarning umrini befoyda, samarasiz o’tkazishlariga yo’l qo’ymaslik, ularni hayotda o’z o’rnini topishlariga yordam berish muhimdir.
Ota-onalar va
yoshlarga tavsiyalar.
1.Oilada solom turmush tarzini tarib etishda ota-onalik mashuliyatining ustivorligini tahminlash.
2.Oilada milliy urf-odatlar, milliy qadriyatlar, anhanalar va udumlarning oila barqarorligiga xizmat qiluvchi jihatlarini ilor, insoniyat taraqqiyotiga aloqador anhanalar bilan uyunlashtirish.
3. Oilada solom muhit va barqarorlikni tahminlash asosida ham mahnan ham jismonan solom, barkamol insonni tarbiyalash.
4. Ayol va erkak bir-birini qadrlashi, bir-biriga vafodor, oir tabiatli, o’zini tuta bilishi va doim aql-farosat bilan ish tutishi.
5. Ayol ham erkak ham ozodalik, saranjom-sarishtalik, uy-ro’zor ishlarida epchillikni eng yaxshi fazilat deb hisoblashi.
6. Qari bor uyning zari bor degan naql hikmatiga amal etib, oilada yoshi kattalarni, qariyalarni hurmatlash va eozozlash.
7. Ota-ona bilan farzandlar o’rtasida sharm-hayo va shirin muomalaning bo’lishi.
8. Oila ahzolarining har biri o’z burchini anglashi, ro’zor tashvishini baravar o’ylashi.
«Xushomad qilish» o’yini
Maqsad: oilaviy munosabatlar jarayonida emotsional to’siqlarni bartaraf etishga, o’zgalar bilan samimiy munosabatda bo’lishga o’rgatish.
O’yinning borishi: talabalar o’z xohishlari bilan rollarga bo’linadilar: qaynona, kelin, kuyov, qaynisingil va hokazo. So’ng navbat bilan bir-birlariga samimiy tarzda, chiroyli so’zlar bilan xushomad qila boshlaydilar. Boshlovchi va qolgan guruh ahzolari ularning o’zini tutishi, suhbatdosh bilan muomalasi, mimikasi, xatti-harakatlarini kuzatib turishadi. O’yin so’nggida kuzatuvchilar tomonidan ishtirokchilarning rollarni qanday bajarganliklari tahlil qilinadi va kerakli maslahatlar beriladi. Rollar almashilinib o’yin davom ettiriladi.
«INTERVYU» O’YINI
Maqsad: oilaviy munosabatlar jarayonida muloqot malaka va ko’nikmalarini hamda muomala madaniyatini shakllantirish.
O’yinning borishi: boshlovchi talabaga jurnalist sifatida turli oila ahzolaridan qaynona, qaynota, kuyov, kelin, ovsin, qaynoa, qaynisingil va hokazolardan intervyu olinishi kerakligini aytadi va o’zi bir talabani shu rolga tavsiya etadi. Suhbat mavzusi kechki ovqatni tayyorlash, ro’zorga kerakli narsalarni harid qilish, mehmonga borish, tuilgan kunni nishonlash kabi holatlar bilan boliq tarzda tanlanishi mumkin. O’yin tahlilida bajarilgan rollarga nisbatan kuzatuvchilarning fikrlari bildiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |