Qovun va tarvuzdan tayyorlangan sukatlar
Sukat V
2
, RR, vitaminlarini va karotin moddasini yaxshi saqlab qoladi. Tayyor
mahsulotni bir necha bor qaynatish va bir necha kun ochiqda turib qolish evaziga S
vitamini 10 foiz miqdorda saqlab qolinadi. Agar pishirish vakuum apparatlarida olib
borilsa, foydali elementlar yaxshi saqlanib qoladi. Tayyor mahsulot fanerli yoki karton
qutilarga pergamentli qog’oz to’shab joylashtiriladi.
Tarvuzning
po’chog’i qalin navlaridan (qo’ziboy, Xait qora, Guliston) yoki xom
tarvuzlardan sukatlar tayyorlashda foydalaniladi.
Sukat tayyorlash jarayoni xuddi
qovunnikiga o’xshashdir. Foydali elementlarni, mazasini, xushbo’yligini tig’izligini saqlab
qolishda, blanshirovka vaqtida 0,04 foiz sorbin kislotasi ishlatilsa yaxshi natija beradi (10-
rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |