Ishbilarmonlar o`yini
Jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni aks ettirib, o`quvchilar ma`lum bir vazifani, topshiriqni bajarish orqali bilim, ko`nikma va malakalar bilan qurollantirish bilan bir qatorda, kasbiy sifatlarni tarkib toptirish, ularni ongli ravishda kasbga yo`llash, ilmiy dunyoqarashini kengaytirishga mo`ljallangan didaktik o`yinlar ishbilarmonlar o`yini deyiladi. Ishbilarmonlar o`yini ham boshqa o`yinlar kabi, o`qituvchi va o`quvchilardan puxta tayyorgarlik ko`rishni talab etadi. SHu sababli o`qituvchi quyidagi vazifalarni bosqichma-bosqich amalga oshirishi zarur:
Qaysi mavzularni ishbilarmonlar o`yini tarzida o`tkazishni belgilash;
Didaktik o`yinning maqsadi, vazifalari, borishi, mantiqiy ketma-ketligi, o`quvchilar bajarishi lozim bo`lgan topshiriqlarni aniqlash va rejalashtirish.
Didaktik o`yin davomida o`quvchilar oldiga qo`yiladigan o`quv-bilish xarakteridagi muammoli vaziyatlar tizimini vujudga keltirish yo`llarini aniqlash va loyihalash;
O`quvchilarni didaktik o`yinning maqsadi va vazifalar bilan tanishtirish, didaktik o`yin talab etadigan vazifalarni taqsimlash va har bir o`quvchiga tegishli aniq yo`llanmalar, ko`rsatmalar berish.
Mazkur o`quv-bilish xarakteridagi muammoli vaziyatlarni hal etishda o`quvchilarning avvalgi mavzulardan o`zlashtirgan bilim ko`nikma va malakalarni tanish, odatiy va yangi kutilmagan vaziyatlarda qo`llash imkoniyatlarini aniqlash.
O`quvchilarning didaktik o`yinga tayyorgarlik faoliyatini kuzatish va nazorat qilish;
Ta`lim-tarbiya jarayonini hozirgi zamon talabiga mos holda tashkil etilgan darsda o`qituvchi har bir mavzu mazmuniga bog’liq holda o`quvchilarni kasbga yo`llashi va shu kasblarini egallashlari uchun qanday bilimlarga ega bo`lishi kerakligini qayd etishi lozim.
Umumiy o`rta ta`lim maktablarida o`qitiladigan barcha fanlarning asoslarini, jumladan biologiyani juda yaxshi o`zlashtirgan, bilimdon, zukko shaxslar bozor iqtisodiyoti sharoitida, jamiyatda o`z o`rnini topishi, ko`proq tadbirkorlik bilan shug’ullanishlariga imkon yaratilishi qayd etiladi. Agar ular fan asoslarini yaxshi bilmasalar, tadbirkorlik bilan shug’ullana olmasliklari, shug’ullansalar ham o`z birjasiga yoki korxona-kontserniga foyda keltira olmasliklari, oldi-sotdi jarayonlarida inqirozga duch kelishi va ish o`rinlarini yuqotishlari mumkin. Respublikamizda “Toshkent”, “Turkiston”, “Osiyo” va shu kabi tovar birjalari, ko`shma korxonalar, fermer xo`jaliklari bo`lib, ular jahonning juda ko`p mamlakatlari bilan tijorat ishlarini amalga oshirib, sanoat korxonalariga ko`prok xom-ashyo, qishloq xo`jaligi mahsulotlari, chorva mollari xarid kilib, ularni aholiga etkazib berish bilan shug’ullanayaptilar, shu sababli bunday birjalarda ishlaydigan ishbilarmonlar qishlok xo`jaligining nazariy asoslari bo`lgan biologiya fan asoslarini yaxshi bilishlari kerak.
Modomiki shunday ekan, biologiya darslarida bozor iqtisodidagi muammolari hal etishga yo`naltirish hozirgi vaqtda eng dolzarb muammo hisoblanadi.
Ushbu maqsadni ro`yobga chiqarishda zoologiya kursida “Sut emizuvchilar sinfiga mansub chorva mollari. Qoramolchilik, qo`ychilik, yilqichilik” mavzusini o`rganishni auktsion-dars shaklida o`tkazish yuqori samara beradi. Auktsion darsni o`tkazish uchun bir hafta avval o`qituvchi o`quvchilar bilan vazifani taqsimlab oladilar. O`qituvchi bu darsda “Toshkent” tovar birjasining vitse-prezidenti vazifasini, sinfdagi o`quvchilarning 50% shu birjaning kommersantlari, qolgan o`quvchilar respublikamizdagi boshqa birjalar, fermer xo`jaligi fermerlari, qo`shma korxona va birjalarning menejerlari vazifasini bajaradilar. Vazifalar belgilanib bo`lgach, o`qituvchi ularga xonaki hayvonlarning o`ziga xos xususiyatlari, hayvon zotlarini keltirib chiqarishda qo`llanadigan usullar, qoramollarning go`sht - sut, go`sht, sut beradigan otlarning chopqir, og’ir yuk tortuvchi, qo`ylarning sermahsul zotlari haqida ma`lumot to`plashni va auktsionda faol ishtirok etishni topshiradi.
Auktsion darsning muvaffaqiyatli chiqishi darsga sinfdagi barcha o`quvchilarning faol tayyorgarlik ko`rishi, chorva mollari har bir zotining rasmi, ko`rgazma nusxalari namoyish qilinishi bilan bog’liq. Auktsion-darsda tovar birjasining kommersantlari, bu zotlarni sotib oluvchi menedjer, fermerlar qatnashadilar. Unda faol ishtirok etgan o`quvchilar rag’batlantirilib, baholanadi.
O`qituvchi darsning tashkiliy qismidan so`ng o`quvchilarni bugungi darsning mavzusi, maqsadi va borishi bilan tanishtiradi.
SHundan keyin qoramollarning sut beruvchi qora ola, qizil dasht, Bushuev zotlari, sersut-go`shtdor Simmental’, Kostroma zotlari, go`shtdor Qozog’iston oqboshi, Santa-sentrida, Gereford, SHortgorn zotlari auktsionga qo`yilganligini ma`lum qiladi.
Auktsionda qoramol zotlarini tavsiflash va sotish boshlanadi: “Toshkent” tovar birjasining kommersanti Qo`ldosheva D:
Auktsionga qo`yilayotgan bu sigir Simmental zotiga mansub. Bu zot qoramollarining go`sht-sut beruvchi zoti bo`lib, SHvetsariyada etishtirilgan. Juda yirik zot, buzoqlar tug’ilganda 38-40 kg bo`lib, yaxshi boqilganda bir yoshli buzoqning tirik vazni 380-400 kg, sigirning tirik vazni 800-900 kg, buzoqlarniki 950-1200 kg.ga boradi. Sut miqdori 8770-10000 kg, yog’liligi 3,8-4,2% bo`ladi. Bu zot individlari iqlim sharoitiga tez moslashadi, yuqori mahsuldorligi bilan ajralib turadi. Dastlabki narxi 1,0 mln1.
“Osiyo” tovar birjasining menejeri Azimov S.-1 mln 100 ming.
“Zarbdor” fermer xo`jaligining fermeri Tursunov J.-1mln 200 ming.
“Osiyo” tovar birjasining menejeri Azimov S.-1 mln 300 ming.
Kommersant Yo`ldoshev R.- 1 mln 300 ming -bir, 1 mln 300 ming - ikki, 1 mln 300 ming -uch, Simmental zotiga mansub sigir “Osiyo” tovar birjasining menejeri Azimovga sotildi. Biz sizni tabriklaymiz.
Dars davomida Qoramollarning estoniya qora ola, Bushuev, qizil dasht zoti ham shu tariqa auktsionga qo`yiladi va sotiladi. SHundan so`ng, qo`y zotlarining auktsioni boshlanadi.
Kommersant Suyunov B. -Auktsionga qo`yilgan bu qo`y Qozog’iston mayin junli qo`y zotiga mansub. Bu zot go`sht va jun etishtirishga mo`ljallangan bo`lib, Qozog’iston chorvachilik ilmiy-tadqiqot institutida chiqarilgan. Bu zot mahalliy dag’al junli qo`ylari prekas zotli qo`chkorlari bilan chatishtirish va olingan duragaylarni rambul’e zoti bilan chatishtirish orqali chiqarilgan. SHundan so`ng, tanlash va saralash o`tkazilib, muhitning noqulay sharoitiga moslashgan, sifatli go`sht va jun beradigan shakllar saqlanib qolingan. Bu zot individlarining o`rtacha tirik vazni 100-140 kg, 14 kggacha jun beradi, 100 ta sovlikdan yiliga 132 tagacha qo`zi olish mumkin. Uning bahosi -100 ming so`m.
“Forish” naslchilik xo`jaligining zootexnigi Safarov T:- 125 ming. “Surxon” tovar birjasining menejeri – 150 ming.
Kommersant Suyunov B:-150 ming-bir,150 ming-ikki,150 ming-uch. Qozog’iston mayin junli qo`y zoti 150 ming so`mga sotildi.
Qo`ylarning merinos, qorako`l va hisor zotlari ham shu tariqa auktsionga qo`yiladi.
Kommersant Nazirova G.- Hurmatli janoblar, endi auktsionga qo`yilgan ot zotlari savdosini boshlaymiz. Bu ot Orlov ot zotiga mansub bo`lib, u Rossiyaning Voronej viloyatida selektsioner A.G.Orlov tomonidan arab zotini chopqir ot zotiga chatishtirish natijasida keltirib chiqarilgan. Bu ot yirik, uzun bo`yinli, chopqir va yuk tortuvchi zotdir. Ulardan qishloq xo`jaligida transport, yuk tashishda, omoch tortishda foydalanish mumkin. Bu otlar juda chopqir bo`lib, 1 km 600 m masofani 2 minut 2 sekund bosib o`tadi.
Dastlabki bahosi 1 mln 500 ming so`m.
“Turkiston” tovar birjasi kommersanti Ayupov I: 1mln 550 ming so`m.
“Zarbdor” fermer xo`jaligi fermeri eshdavlatov R: 1 mln 600 ming so`m.
Kommersant Nazirova G.SH:- 1 mln 600ming so`m- bir, 1 mln 600 ming so`m- ikki, 1 mln 600 ming so`m- uch. Orlov ot zoti “Zarbdor” fermer xo`jaligiga sotildi.
Vladimir ot zoti ham shu tariqa auktsionga qo`yiladi va sotiladi.
“Sut emizuvchilar sinfiga mansub chorva mollari. Qoramolchilik, qo`ychilik, yilqichilik” mavzusidagi didaktik o`yin texnologiyasining ishbilarmonlar o`yinidan foydalanilgan auktsion-darsning texnologik xaritasi
TEXNOLOGIK BOSQICHLAR
|
O`QITUVCHINING FAOLIYATI
|
O`QUVCHINING FAOLIYATI
|
I bosqich
Tashkiliy qism 5-minut
II bosqich
O`quvchilarning bilish faoliyati-ni tashkil etish.
5-minut
III bosqich
YAngi mavzuni o`rganish.
25-minut
IV bosqich
Erishilgan nati-jani tahlil qi-lish va yakun yasash. 10-minut
|
O`quvchilarni dars mavzusi, maqsadi, borishi bilan tanishtiradi.
O`quv topshiriqlarining didaktik maqsadi, bajari-ladigan o`quv topshiriqlari bilan tanishtiradi.
O`quvchilardan “ selektsioner olimlar” va “fermerlar” guruhlarini va ularning mustaqil ishini tashkil etadi.
Mavzuda berilgan qoramol, qo`y va ot zotlarining kim oshdi savdosi auktsion o`tkaziladi.
O`quvchilar faoliyatini tah-lil qiladi, o`quvchilarga mustaqil va ijodiy ish topshiriqlarini beradi.
|
Dars mavzusi, maqsadi, borishi va unda bajari-ladigan topshiriqlarni
anglaydi.
O`quv topshiriqlarining didaktik maqsadi, bajari-ladigan o`quv topshiriqla-ri yuzasidan ko`rsatmalar-ni anglaydi.
O`z o`quv faoliyatini tash-kil etadi.“ Selektsioner olimlar” va “fermerlar” guruhlari topshiriqlarini bajaradi.
Auktsionga qo`yilgan qora-mol, qo`y va ot zotlarining kim oshdi savdosi auk-tsionida faol ishtirok etadi.
O`z o`quv faoliyati va erish-gan natijasini tahlil qiladi va baholaydi. Mustaqil va ijodiy ish topshiriqlarini oladi.
|
Asosiy tushuncha va tayanch atamalar:
Didaktik o`yinli darslarning turlari, syujetli-rolli, taqdimot, ijodiy, ishbilarmonlar o`yini, konferentsiyalar, o`yin mashqlar va ularning texnologik xaritasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |