Kafolat xati. - Kafolat xati.
- Muayyan bir shart yoki va’dani tasdiqlash maqsadida tuziladi. Xatlarning bir turi qoidaga ko’ra bajarilgan ish uchun haq to’lashda, ishning bajarilish muddati haqida, turar joy bilan ta’minlashda, ishga qabul qilishda, bajariladigan ishning sifati haqida kafolat berish uchun tayyorlanadi va tashkilot yoki alohida shaxslarga jo’natiladi. Kafolat xatlari ham boshqa xat turlaridek, odatda, idoraning xos ish qog’oziga yoziladi.
- So’rov xat.
- Javob talab qiladigan bunday yozishmalarda ma’lumotlar, hujjatlar yoki boshqa zarur narsalar so’raladi.
- Birgina xatda turli masalalarga doir bir necha so’rovlar aks etmasligi kerak. Bayon qilinayotgan masalalar aniq va ravshan bo’lishi lozim. Faqat shu holdagina yo’llangan so’rovga tez va mukammal javob olish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |