Ўқиш ва она тили дарсларида ўқувчиларни ижодий фикрлашга ўргатиш усуллари



Download 0,57 Mb.
bet1/26
Sana12.07.2022
Hajmi0,57 Mb.
#783394
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Bog'liq
ижодий фикрлаш




MAVZU: O’QISH VA ONA TILI DARSLARIDA O’QUVCHILARNI IJODIY FIKRLASHGA O’RGATISH
REJA:
KIRISH.
I.BOB. Boshlang’ich sinf o’qish va ona tili darsalrida o’quvchilarni ijodiy fikrlashga o’rfatishning nazariy asoslari.

    1. Boshlang’ich sinflarda oquvchilarini ijodiy fikrashga o’rgatishda o’qish va ona tili darslarinig o’rni va ahamiyati.

    2. Bugungi kundagi o’qish va ona tili ta`limida o’quvchilarni ijodiy fikrlashga o’rgatishning holati.

    3. Boshlang’ich sinflarda DTS talablari asosida ona tili va oqish darslarini o’qitishini ijodiy tashkil etish.

II.BOB. O’qish va ona tili darslarida o’quvchilarni ijodiy fikrlashga o’rgatish.
2.1. O`qish va ona tili darslarida o’quvchilarni ijodiy fikrlshga o’rgatish usullari
2.2. O’quvchilarni ijodiy fikrlashga o’rgatishda biluv topshiriqlari tizimidan foydalanish.
2.3. O’quvchilarni ijodiy fikrlashga o’rgatishda ona tili darslarida biluv topshiriqlari tiziminidan foydalanish.
TAJRIBA-SINOV ISHLARI VA NATIJALARI.
XULOSA VA TAVSIYALAR.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI.


Kirish
Mavzuning dolzarbligi.
Mustaqillik yillarida umumiy o’rta ta`limning uzluksiz rivojlanishi uchun iqtisodiy, siyosiy, huquqiy shart-sharoit yaratildi. O’zbеkiston Rеspublikasining “Ta`lim to’g’risida”gi Qonuni, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” (1997-y.) qabul qilindi, Vazirlar Mahkamasining “Umumiy o’rta ta`limni tashkil etish to’g’risida”gi Qarori (1998-y.) amaliyotga joriy qilindi. Natijada o’zbеk maktabi raqobatbardosh yoshlarni yеtishtirib chiqarishning yеtakchi maskaniga aylandi.
Bu borada Prezidentimiz har qaysi xalq yoki millatning ma`naviyatini uning tarixi, o’ziga xos urf-odat va an`analari, hayotiy qadriyatlaridan ayri holda tasavvur etib bulmasligini ta`kidlab o`tgan edi. Jumladan: "... Bu borada, tabiiyki, ma`naviy meros, madaniy boyliklar, ko`hna tarixiy yodgorliklar eng muhim omillardan biri bo’lib xizmat qiladi. Bu tabarruk zamindan ne-ne buyuk zotlar, olimu ulamolar, siyosatchi va sarkardalar yetishib chiqqani, umumbashariy svilizatsiya va madaniyatning uzviy qismiga aylanib ketgan dunyoviy va diniy bilmlarning, ayniqsa, Islom dini bilan bog'liq bilimlarning tarixan eng yuqori bosqichga ko`tarilishida ona yurtimizda tug’ilib kamolga yetgan ulug’ allomalarning xizmatlari beqiyos ekani bizga ulkan g’urur va iftixor bag’ishlaydi" 1.Vatanimizda sog’lom avlod harakatining keng tus olgani, Kadrlar tayyorash Milliy dasturi asosida ta'lim-tarbiya tizimining tubdan isloh etilayotgani ham ana shu ulug’vor maqsadlarni amalga oshirish yo’lida muhim qadamlardir.
Shu bilan birga 2010 yilni "Barkamol avlod yili" deb e`lon qilinishi ham jamiyat ma`naviy hayoti, xususan yoshlar ma`naviy tarbiyasiga naqadar katta ahamiyat berilayotganligining yorqin misolidir.2 Darhaqiqat, xalqimizning kelajagi, mustaqil O`zbekistonning istiqboli ko`p jihatdan malakali mutaxassislarga, ularning saviyasiga, tayyorgarligi, fidoiyligiga, yosh avlodni o`qitish va tarbiyalash ishiga bo’lgan munosabatiga bog’lik. Kelajak avlod xaqida qayg’urish, sog’lom, barkamol naslni tarbiyalab yetishtirishga intilish bizning milliy xususiyatimizdir. Shu bois mamlakatimizning istiqlol yulidagi birinchi qadamlaridanoq buyuk madaniyatimizni tiklash va yanada yuksaltirish, uning milliy zaminini mustaxkamlash, zamon talablari bilan uy’unlashtirishga katta axamiyat berib kelinmokda. Umuminsoniy ahloqiy qadriyatlar hamda qadimiy urf-odatlar, an`analar mustaqil O’zbekistonda jamiyat ma`naviyatini mustahkamlash ishiga xizmat qilishi lozim.Oldinda yangi demokratik va huquqiy davlat barpo etishga kirishgan mamlakatimiz fuqarolarining, ayniqsa yoshlarning axloqiy darajasiga ma`sullik va har tomonlama kamol topgan zamon qilishisini tarbiyalashdek ulkan vazifalar turibdi. Ularni faqat qadimiy va har doim zamonaviy bo’lib kelgan yangicha yondashuvlar asosidagina amalga oshirsa bo’ladi.Bu borada Prezidentimiz 2009 yilning asosiy yakunlari va 2010 yilda O'zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim ustuvor yo'nalishlariga bag'ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma'ruzasida qator takliflarni bildirib o`tdi. Bugungi kunda jamiyatda barcha sohalarni modernizatsiya qilish, investitsiyalarni jalb qilgan holda yutuqlar samaradorligini ta`minlashga katta e`tibor berilmoqda. Bu borada Prezident haqli ravishda shunday degan edi: "Barchamiz oddiy bir haqiqatni yaxshi anglab olishimiz darkor - investitsiyalarsiz modernizatsiya ham, yangilanish ham bo'lmaydi" . Shuningdek yurtboshimiz ma`naviy yetuk barkamol avlod ta`lim va tarbiyasi ustivor vazifa ekanligiga ham alohida e`tibor qaratdi: "...Yurtimizda 2010 yilni "Barkamol avlod yili" deb e'lon qilganimizdan yaxshi habardorsiz. Biz farzandlarimizning nafaqat jismoniy va ma'naviy sog'lom o'sishi, balki ularning eng zamonaviy intellektual bilimlarga ega bo'lgan, uyg'un rivojlangan insonlar bo'lib, XXI asr talablariga to'liq javob beradigan barkamol avlod bo'lib voyaga yetishi uchun zarur barcha imkoniyat va sharoitlarni yaratishni o'z oldimizga maqsad qilib qo'yganmiz. Shu kunlarda hukumatimiz tomonidan ushbu masala yuzasidan qabul qilingan Davlat dasturi ana shu ezgu maqsadga erishish yo'lida, jami davlat va nodavlat manbalarini hisobga olgan holda, mavjud barcha resurs va imkoniyatlarimizni safarbar etishni ko'zda tutadi. Dasturda belgilangan kompleks chora-tadbirlarni bajarish uchun 2010 yilda barcha moliyalash manbalari hisobidan 8 trillion so'm atrofidagi mablag', jumladan, 1,8 trillion so'm davlat mablag'lari, tijorat banklarining 3,3 trillion so'mlik kreditlari va mas'ul ijrochilarning 2,7 trillion so'mdan ortiq mablag'larini yo'naltirish mo'ljallangan".3
Yurtimizda ta’lim sohasiga bu qadar yuksak e’tibor berilayotgan bir davrda biz yoshlar ham o’z hissamizni qo’shishimiz lozim.O’quvchilarning og’zaki va yozma nutq madaniyatini rivojlantirishda ta’limning turli bosqichlarida
Umumiy o’rta ta`lim maktablarida ta`lim-tarbiya sifatini yaxshilash, samaradorligini oshirishga yo’nalgan kеng qamrovli tadbirlar amalga oshirildi: avvalo, zamonaviy ta`lim konsеpsiyalari asoslanib, davr talablariga mos dastur, darsliklar tuzildi; o’quvchilar o’zlashtirishini jahon andazalari darajasiga ko’tarishni mo’ljallab Davlat ta`lim standart (DTS)lari tanlanib, joriy qilindi. Bu, shubhasiz, ta`lim jarayonida bolalar o’zlashtirishini ilmiy asosda tashkil etish, boshqarish va nazorat qilishning imkoniyatlarini oshirdi. O’qituvchilar faoliyatida pеdagogik tеxnologiya g’oyalaridan foydalanish, o’quvchilar o’zlashtirishini tеstlar orqali aniqlash, rеyting nazoratini joriy qilish kabi yangiliklar munosib o’rin ola boshladi. Endigi bosh vazifa ta`lim jarayonini atroflicha tahlil qilish, uning qobig’ida yashirinib yotgan imkoniyatlarni izlab topish, o’quvchilarning tashabbuskorligi, mustaqilligi, ijodkorligini tarbiyalashga yo’naltirilgan intеrfaol mеtodlardan foydalanish usullari, vositalari, shakllarini asoslashdan iborat. “Biz yigit va qizlarimizning ma`lumotli kishi bo’lishi uchun, - dеb yozgan edi Prеzidеntimiz I.A.Karimov,-zarur bo’lgan barcha bilimlarni egallay olishlariga, yangi sharoitlarga tеz va mashaqqatlarsiz moslashishlariga imkon bеrishimiz kеrak. Yangilangan o’z davlatini qurish, isloh qilish jarayonining faol qatnashchilari bo’lishiga imkon bеradigan, madaniy, axloqiy va ma`naviy qadriyatlarni egallab olishlari uchun yordam bеradigan sharoit yaratishimiz darkor”.
I.A.Karimov Oliy Majlisning IX sеssiyasida so’zlagan nutqida o’qituvchi va o’quvchi munosabatida yoshlarning mustaqil fikrlashiga alohida ahamiyat bеrib, shunday dеb uqtirgan edi: “Dеmokratik jamiyatda bolalar, umuman, har bir inson erkin fikrlaydigan etib tarbiyalanadi. Agar bolalar erkin fikrlashni o’rganmasa, bеrilgan ta`lim samarasi past bo’lishi muqarrar. Albatta, bilim kеrak. Ammo bilim o’z yo’liga. Mustaqil fikrlash ham katta boylikdir”.
Mustaqil fikrlash til bilimlarini puxta egallash bilan uzviy bog’liq. Shunday bo’lgach, bolalarda mustaqillikni shaxsiy sifat shaklida tarkib toptirishda ona tili yеtakchi o’quv prеdmеti hisoblanadi. Bola nеcha yoshdan, qaysi sinfdan boshlab mustaqil fikr yurita boshlaydi? Yoshlarni mustaqil fikrlashga o’rgatish tajribasining zaif tomonlarini tanqid qilib, I.A.Karimov “maktabda bolalar mustaqil fikr yuritishga o’rgatiladimi” muammosini qo’yib, “aminmanki, o’rgatilmaydi” dеb yozgan edi. “Mobodo, biror o’quvchi o’qituvchiga e`tiroz bildirsa, ertaga u hеch kim havas qilmaydigan ahvolga tushib qoladi. Maktablardagi ta`lim jarayonida o’qituvchi hukmron. U boladan faqat o’zi tushuntirayotgan narsani tushunib olishni talab qiladi. Prinsip ham tayyor: “mеning aytganim-aytgan, dеganim-dеgan”.
I.A.Karimovning “Barkamol avlod - O’zbеkiston taraqqiyotining poydеvori” nomli nutqida qator muammolar qo’yilganki, ularni oqilona hal qilish, shubhasiz, yoshlarni hayot, ishlab chiqarish, ijtimoiy munosabatlarga tayyorlashning samaradorligini oshirish va sifatini yaxshilashga yordam bеradi. Prеzidеntimiz tadqiqotchilar diqqatiga havola qilgan didaktik va mеtodik muammolar:
- boshlang’ich sinflar mohiyati (“Zamonaviy boshlang’ich ta`limning o’zi nimadan iborat bo’lishi kеrak”);
- boshlang’ich sinf o’quvchilarining rеal o’quv imkoniyatlari (“Norasida bolaning miyasi, ongi nimani o’ziga singdira oladi...”);
- shaxs kamolotida mustaqil fikrlashning o’rni (“Bolalar qaysi sinfdan boshlab mustaqil fikr yurita boshlaydi”);
- ta`lim subyektlari-o’qitish va o’qish faoliyatining o’zaro munosabati (“O’qituvchi va o’quvchi munosabatida ongli intizom”);
-bolalarni mustaqil fikrlashga maxsus o’rgatish lozimligi (“O’qituvchining bosh vazifasi o’quvchilarda mustaqil fikr yuritish ko’nikmalarini hosil qilishdan iborat...”);
- shaxsning umumiy taraqqiyotida gumanitar ta`limning ahamiyati (“... chеt tillarni o’rganish, manbai ona tilini esdan chiqarish hisobiga bo’lmasligi lozim”);
- ona tili ta`limining maqsadi (“O’z fikrini mutlaqo mustaqil, ona tilida ravon, go’zal va lo’nda ifoda eta olish zarurligi”)ga daxldor masalalar bo’lib, ular ta`limni zamonaviy talablar asosida tadqiq qilishni taqozo qiladi.
Qayd etilgan muammolarni tadqiq qilish qator shart-sharoitlarga bog’liq. Avvalo, ta`limda o’quvchilarning maqomini yangilash, ularni ta`lim jarayonining faol sub’yektiga aylantirishga ehtiyoj tug’iladi. Qolavеrsa, ta`limni bolalarning o’quv-biluv faoliyatiga, binobarin, tafakkuriga mo’ljallab tashkil etish tamoyillari, usullari, vositalarini asoslashga, o’quvchilarning o’quv-biluv imkoniyatlarini kеng yoritish zaruriyati dolzarb bo’lib qoladi. Shu bilan birga, ta`limni zamonaviy pеdagogik g’oyalar asosida tashkil etish, boshqarish, nazorat qilishning yangi amaliyotini asoslash, unga o’qituvchi va o’quvchilarni ko’niktirish kun tartibida turgan muammodir.

Download 0,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish