Reaksiyani bajarish
Probirkaga 1-2 tomchi ammoniy tuzi eritmasidan olib, 2 tomchi Nessler reaktividan tomizing (bu reaksiyani buyum oynachasida ham bajarish mumkin) qizil-qo’ng’ir Cho’kma hosil bo’ladi. Agar ammoniy ioni kam bo’lsa, eritma sariq yoki qo’ng’ir rangga bo’yaladi.
Nazorat eritmasi
I guruh aralashmasining tahlili
Nazorat eritmasi probirka yoki shisha idishda berilishi mumkin. Eritma yaxshilab aralashtirilib, 2 qismga bo’linadi: birinchi qismdan tahlil bajariladi, ikkinchisi nazorat uchun olib qo’yiladi. 1 jadval asosida tahlil ammoniy ionlarini xususiy reaksiyalari bilan aniqlashdan boshlanadi. Ion 2-3 reagentlar bilan ijobiy natija bergan holdagina aniqlangan hisoblanadi. Ikkilanish bo’lganda «nazorat tajriba»si o’tkaziladi, ya’ni aniqlanuvchi ion bilan anologik reaksiya o’tkazilib, natijalar solishtiriladi. Tahlil jarayonida quyidagi shaklda tahlilnoma rasmiylashtiriladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |