Ish stolida yuqoridagilardan tashqari ish natijalarini qayd etish uchun laboratoriya jurnali bo’lishi mumkin


Tozaligiga ko‘ra  reagentlar 6 turga bo‘lingan



Download 81,44 Kb.
bet25/25
Sana01.01.2022
Hajmi81,44 Kb.
#304893
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
Bog'liq
analitiki

Tozaligiga ko‘ra  reagentlar 6 turga bo‘lingan             



Reagent

Belgisi

Ifloslikni foiz miqdori

  1.  

Texnik

“t”

1

  1.  

Tozalangan

“o”

0,1

  1.  

Toza

“ch”

0,01

  1.  

Tahlil uchun toza

“ch.d.a”

0,001

  1.  

Kimyoviy toza

“x.ch”

0,001

  1.  

Juda toza

“osobo chist”

10-4 – 10-5

 

3. Tahlil turlarining tasnifi

  1. I.                         Analitik kimyoda maqsadga ko‘ra moddalarni element, funksional, molekulyar va fazoviy xolatlari tahlil etiladi:

 Element tahlilda – moddaning tarkibida qanaqa elementlar va qanday nisbatlarda borligi aniqlanadi. 

Funksional tahlilda – turli funksional guruxlar amino–NH2,  nitrito–NO2-,  karbonil  С==O, karboksil СOOН, gidroksil OН va boshqa guruxlar borliga aniqlanadi.

Molekulyar tahlilda – murakkab modda (ashyo)ning molekulyar tarkibi aniqlanadi.

Fazoviy tahlilda – tahlil etilayotgan tizimni fazoviy tarkibi (qattiq, suyuq, gaz,  kristall, amorf) qismlari  ochiladi va aniqlanadi.

Farmatsevtik tahlilda dori vositalari sifat va miqdoriy  tarkibi; farmakopeya usullari ya’ni Davlat tomonidan tasdiqlangan Farmakopeya maqolalari – umumdavlat standartlar to‘plamida keltirilgan analitik reaksiyalar vasitasida, nazorat etiladi. Farmakopeya maqolasi ishlab chiqilmagan biror dori ishlab chiqorishga tavsiya etilmaydi.

 

II. Tahlil uchun olingan namuna massasi (eritma xajmi)ga ko‘ra    tahlilni quyidagi turlari mavjud





Tahlil usuli

Massa, g

Xajmi  ml

  1.  

Gramm  (makro-usul)

1 – 10

10 – 100

  1.  

Detsi-santi gramm  (yarim-mikro)

0,05 – 0,5

1 – 10

  1.  

Milli mikrogramm  (mikro usul)

10-3 – 10-6

10-1 – 10-4

  1.  

Mikro-nonogramm  tahlil (ultramikro usul)

10-6 – 10-9

10-4 – 10-6

 

 III. Analitik reaksiyani bajarish uslubiga ko‘ra:

 1.Quruq usul: – quruq tuzlarda bajariladi

a) Alangani bo‘yalish reaksiyasi:  Na+ –  cariq,   Sr2+ – qizil, K+ – binafsha ranglarga alangani bo‘yaydi.

b) Quruq tuzlarni tuyish (ezish)

    FeCl3 + 3NH4NCS → 3NH4Cl  + Fe(NCS)3  qizil

v) Tuzlarni cho‘g‘latib dur xosil qilish 

    3NaNH4HPO4 + 2Cr(OH)3  t˚ →  Na3PO· CrPO4 yashil yoqut

 

2.Xo‘l usulda tuzlarni suvdagi eritmalari o‘zaro ta’sir etiladi:

    BaCl2 + Na2CO3 →  2NaCl + BaCO↓ oq

    ↓BaCO3 + 2CH3COOH →  Ba(CH3COO)2 + H2CO3

    NaHCO3 + CH3COOH → CH3COONa + H2O + CO2

och xavorang  CuSO4 + 4NH4ON →  4H2O + [Cu(NH3)4] SO4 yorqin ko‘k

Tahlilni tomchi, mikrokristalloskopik va boshqa usullari ham mavjud.

     IV. Reaksiyalarni bajarish tartibiga ko‘ra:

  1) Tizimli tahlilda –  guruh reagenti ta’sirida murakkab aralashma ionlarning ayrim guruhlariga ajratib, so‘ngra ma’lum izchillik, tartibda ochiladi.

  2) Karsli tahlilda – izlanayotgan ion eritmaning ayrim bir ulushi (qismidan) maxsus yoki  selektiv reagent vositasida istalgan tartibda ochiladi.

4. Analitik reaksiyaning sezgirligi

Reagent analitik samara berishi uchun kifoya  etadigan ochiluvchi ionning minimal (eng kichik) konsentratsiyasi analitik reaksiyaning sezgirligi deyiladi.



Masalan:  1g  K+  ionni  13000ml (13l)  suvdagi eritmasi 2-3 tomchisiga 1 tomchi natriy geksanitrokobaltat  tomizilsa  sariq cho‘kma xosil bo‘ladi (1 : 13000)

2K+ + Na+ + [Co(NO2)6]3+ → K2Na[Co(NO2)6]↓ sariq

bundanda suyultirilgan eritmada analitik samara kuzatilmaydi.

K+ ionini uzum kislotasining nordan tuzi eritmasi bilan ochish K+ ionini konsentratsiyasi 13 barovar ko‘p  ya’ni 1000ml suvda 1g K+ mavjud bulganda ham, analitik samara, oq cho‘kma xosil bo‘ladi, undan kichak konsentratsiyada analitik samara kuzatilmaydi

K+ + HC4H4O6-  → KHC4H4O6↓    1 : 1000

Binobarin birinchi reaksiya ikkinchisiga nisbatan 13 marta sezgir.

Analitik reaksiyaning sezgirligi uzviy bog‘langan to‘rt o‘lchamlarda ifodalanadi.


  1. Ochish minimum  –  m (mkg)  chegaraviy  suyultirilgan eritmaning minimal hajmida ochilishi mumkin bo‘lgan modda (ion)ning mikrogrammlarda ifodalangan minimal massasi   (1mkg = 10-6 g).

  2. Minimal xajm  Vmin  –   chegaraviy suyultirilgan eritmaning analitik samara kuzatilishiga kifoya etadigan eng kichik hajmi.

  3. Chegaraviy  konsentratsiya, Clim  – ayni reaksiya bilan  ochilishi mumkin bo‘lgan ionning g/sm3 birlikda ifodalangan eng kichik konsentratsiyasi.

  4. Suyultirish chegarasi, W - tarkibida bir gramm ochiluvchi ion tutgan,    chegaraviy suyultirilgan, eritmaning maksimal hajmi, sm3/g birlikda ifodalanadi Clim = 1/W.

Analitik reaksiyaning to‘rtta o‘lchami o‘zaro quyidagicha bog‘langan:

                             m = Clim · Vmin · 106 = Vmin · 106/W



Masala:  Ammoniy NH4+ kationini spetsifik reaksiyasi tarkibida 2,5·10-3 mkg NH4+ bo‘lgan bir tomchi, ya’ni 0,05 ml, eritmada analitik samara beradi (ishqor  ta’sir etilsa ammiak ajraladi). Reaksiyani chegaraviy Clim konsentratsiyasini va suyultirish chegarasi W hisoblang.

Echish: Clim = m/Vmin · 106 = 2,5 · 10-3/0,05 · 106 = 5 · 10-8 g/sm

           W = 1/Clim = 1/5 · 10-8 g/sm3  = 1 : 2.000.000 ml

YOki W = 1g (NH4+) : 2000 litrda

 

5. Analitik reaksiyaning samarasiga ta’sir etuvchi omillar

Analitik reaksiya samarasiga xarorat, muhit, halaqit beruvchi ionni niqoblovchi moddalar ta’sir etadi.

Misol: 1) K+ + HC4H4O6- → KHC4H4O6 ↓ reaksiyasida, neytral muxitda,  probirka devorlarini ichki tomonidan shisha tayoqcha bilan ishqalab, sovutilgandagina tegishli samara, oq kristall  cho‘kma, hosil bo‘ladi.

2) K+ kationini natriy kobaltinitrit bilan ochishda, o‘xshash samara bergani sababli, xalaqit beruvchi NH4kationini niqoblash formalin ta’sirida xosil bo‘lgan kislotani soda bilan neytrallab bajariladi

4NH4Cl + 6CH2O → (CH2)6N4 + 4HCl + 6H2O

4HCl + 2Na2SO3 →  4NaCl + 2H2O + 2SO2

 

6. Kationlar tasnifi

Kation va anionlarning tahlili ularning tasnifiga ko‘ra bajariladi. Analitik kimyodan dastlabki darslikni yozgan prof. Menshutkin taklif etgan, mumtoz –  sulfidli,  klassifikatsiya kationlarni sulfid ioni bilan hosil qilgan  sulfidlari hossalarini farqiga asoslangan. Bu tasnifda gurux reagenti sifatida zaharli N2S eritmasi qo‘llanishi sababli hozirgi vaqtda sifat tahlil, kationlarni  kislota-asos xossalariga ko‘ra tuzilgan tasnif asosida bajariladi.

Kationlarning kislota-asos tasnifi


Gurux

Kationlar

Gurux reagenti

Gurux nomi

Cho‘kma xossalari

I

Na+  K+ NH4+

            Yo‘q





II

Ag+   Pb2+   Hg2

HCl

Xloridlar

Xloridlari suvda

erimaydi


III

Ca2+, Sr2+,  Ba2+, (Pb2+)

2n H2 SO4

Sulfatlar

Sulfatlari suvda erimaydi

IV

Al3+     Zn2+     Cr3+

2n NaOH+H2O2

Amfolitlar

Gidroksidlari suvda eri-maydi, lekin ishqorning mo‘l miqdorida eriydi

V

 


Mq2+  Mn2+    Fe2+ 

  Fe3+   Bi3+



NaOH yoki

NH4OH



Gidroksidlar

Gidroksidlari suvdava ishqorning mo‘l miqdorida ham erimaydi

VI

Co2+,  Ni2+,  Cu2+ 

    Cd2+,  Hg2+



Konsentrik

ammiak


Ammiakatlar

Gidroksidlari konsentrlangan ammiakda  eriydi

 

 

Nazorat savollari

1.         Analitik kimyo fani, uning maqsadi, vazifalari

2.         Analitik reaksiya, kasrli, tizimli, makro va mikro taxlil tushunchalarini izoxlang

3.         Ionlarning analitik tasnifining asosi

4.         Sifat taxlililning kislota-asos usulida guruh reagentlari sifatida qanday moddalar  qo‘llaniladi, I guruh kationlarini ayting.

5.         Maxsus, selektiv va guruh reagenti, reaksiyalarini ta’riflang.

6.         Analitik reaksiya sezgirligi nima bilan tavsiflanadi. Aniqlanish chegarasi, chegaraviy suyultirish, chegaraviy konsentratsiya nima?

7.         Ammoniy nitrat va ammoniy xlorid tuzlarining termik  parchalanishi reaksiya tenglamalarini yozing.

8.         Dorivor modda sifatida I guruh kationlarining qaysi tuzlari

9.         “Nazorat tajriba”si nima va u qanday bajariladi?

 

 



Mustaqil yechish uchun masala

  1.  Natriy kationini suvdagi eritmadan ruxuranil atsetat bilan mikrokristalloskopik reaksiya:

Na+ + Zn[(UO2)3(CH3COO)8]+ CH3COO-+ 9H2O →

NaZn[(UO2)3(CH3COO-)9]∙ 9H2O

vositasida Vmin = 0,05 ml hajm eritmadan ochish minimumi m = 0,125 mkg = 0,125 γ. Suyultirish chegarasini hisoblang. (Javobi: 4∙105 ml/g).

2. Kaliy Kkationini geksaxlorplatinat – ioni bilan sariq rangli kaliy geksaxlorplatinat cho‘kmasini xosil qilish

2K+[PtCl6]2-→ K2[PtCl6]↓

reaksiyasining suyultirish chegarasi 1·10ml/g.Agar chegaraviy suyultirilgan eritmaning minimal hajmi Vmin = 0,05 ml bo‘lsa shunday eritmadan kaliy kationini ochish chegarasi m ni hisoblang. (Javobi: 5 mkg =5 γ).



 
Download 81,44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish