•Ish mavzu va fikrni tanlashdan boshlanadi



Download 70,5 Kb.
bet2/7
Sana19.09.2021
Hajmi70,5 Kb.
#178566
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
22.03.2021

Tabiiy  material – bolalar ijodiyotini rivojlantirish uchun aso siy 
tayanch hisoblanadi. O‘quvchilarga  o‘yinchoq va buyumlar yasash-
da ulardan qanday foydalanishni o‘rgatish zarur. Shu maq sadda tabiiy 
materiallar burchagi tashkil etiladi. Tabiiy materiallar bur chagini sinf-
xonada, uyda tashkil etish mumkin. 
Tabiiy materiallardan buyum va o‘yinchoqlarni tayyorlash – qizi-
qar li, oddiy bo‘lmagan va juda yoqimli mehnatdir.
Tabiiy materiallarni to‘plash, saqlash va ularga ishlov berish tabiat-
shu noslik darslarida egallangan bilimlarni qo‘llash hamda ularni mus-
tah kamlash imkonini beradi.
O‘quvchilar tabiatdagi ekskursiyalar vaqtida turli xil tabiiy mate-
riallar, masalan: yong‘oqlar, barglar, shoxchalarni, ko‘l, hovuz qirg‘oq-
laridan – chiroyli toshchalar, chig‘anoqlarni olib kelishadi. O‘quvchilar 
tabiiy to‘plash jarayonida turli materiallarni teradilar, ushlab ko‘ra-
dilar, shaklini, rangini, har birining xususiyatini o‘rganadilar. Bu 
esa materiallarning nomini eslab qolishga yordam beradi. Masalan, 
bola lar yong‘oqning yumaloqligini, jigarrang ekanligini, ustki qismi 
g‘a dir-budur ekan ligini bilib oladilar, cho‘chqa yong‘og‘ini esa oval 
shakl da, yaltiroq sariq-jigarrang bo‘lishini bilib oladilar.
Tabiat bilan bo‘lgan muloqot  bolalarning tasavvurini kengay tiradi, 
diqqat bilan kuzatish qobiliyatini shakllantiradi, tabiiy mate riallardan 
buyumlar yaratishda idrok va tasavvurning bir butunligini saqlaydi. 
Buyumlarni yasashda o‘quvchilar avval qiynalsalar, keyinchalik, 
uzluksiz mehnat natijasida bolaning o‘ziga ishonch, aniqlik, qoniqish va 
xohish kabi sifatlarga ega bo‘ladi va barmoqlari  epchil harakat qila di. 
Tabiiy materiallar bilan ishlash bolaning aqliy rivojlanishiga, ta-
fak kuri  va  fikrlash  qobiliyatining  rivojlanishiga  katta  ta’sir  qiladi. 

103
Tabi iy materialdan buyum tayyorlash jarayonini kuzata di gan bo‘lsak, 


boshida bolalar namunani ko‘rib chiqadilar, uning tarkibini, tayyorlash 
usulini tahlil qiladilar; bu jarayonni o‘zlash 
tirgandan so‘ng ish 
murakkablashadi. O‘quvchiga tayyorlanadigan o‘yinchoqning rasmi 
yoki foto surati ko‘rsatiladi va ular topshiriq yoki o‘zining o‘ylagan 
fikri asosida buyumni yasaydilar.
O‘yinchoqlarni tabiiy materiallardan tayyorlashning qiziqar liligi 
bolalarning diqqatini rivojlantiradi, uning mustahkamligini oshiradi. 
Erkin diqqat shakllanadi. Masalan, kuchukchani tayyo rlashda bolalar-
ga avval uning oyoqchalarini mahkamlash joylarini diqqat bilan ko‘rib 
chiqib (ular simmetrik holda turishi, past ham, baland ham bo‘lmasligi, 
haqiqiyga o‘xshashi kerak) teshiklarini belgilash, boshi va boshqa 
detallarini mahkamlash joylarini ko‘rib chiqish tavsiya etiladi.
Tabiiy materialdan qilingan buyumlar ko‘pincha bolalarning qi-
zi quvchanligini qoniqtiradi. Bu mehnatda har doim yangilik, ijo diy 
izlanish, yanada yuqori natijalarga erishish imkoniyati bor. O‘yinchoq-
larni tayyorlashda bolalarni qulay emotsional yo‘nal tirish, mehnatda 
muloqat quvonchi, chiroyli o‘yinchoq yasash jara yonida rohatlanish 
hissi umumiy rivojlanishi uchun juda muhimdir. Tabiiy materiallardan 
o‘yinchoqlar yasash meh nati bola shaxsining rivojlanishiga yordam 
beradi. 
O‘yinchoqni yasash oson ish emas. Uni yasashda noaniqlikka duch 
kelganda, o‘quvchilarga mustaqil ravishda uni bajarish yo‘llari o‘r ga-
tiladi. Ba’zan biron-bir ishni yasash uchun kerakli o‘lchamda eman 
daraxtining g‘uddalarini tanlash, o‘yinchoq qismlarini o‘lchash yo‘l-
larini amalga oshirish va h.k.
Kattalar yordami bilan bola omadsizlik sababini, ularni yengish 
yo‘l larini o‘rganadi. Shu asnoda unda maqsadga intilish, qat i’yatlik, 
bosh langan ishni oxiriga yetkazish kabi sifatlar shakl lanadi.
Ushbu mehnat turida o‘z faoliyatini baholash va nazorat qilish sifa-
tini shakllantirishning real imkoniyatlari bor.
Tabiiy materialdan o‘yinchoq yasash mehnati individual va jamoa-
viy bo‘lishi mumkin. Kattalar kabi bolalarga ham jamoaviy mehnat 
ulkan quvonch olib keladi. Bu yerda shunisi muhimki, bolalar jamoa-
viy mehnatning natijasini, foydasini tushunishlari kerak.

104


Download 70,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish