•Ish mavzu va fikrni tanlashdan boshlanadi



Download 70,5 Kb.
bet5/7
Sana19.09.2021
Hajmi70,5 Kb.
#178566
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
22.03.2021

Birinchi  variant – toza quyuq loyga glitserin qo‘shib bir turli 
massa hosil qilguncha aralashtiriladi. Glitserin tayyorlanayotgan 
massa qo‘lga yopishmaydigan holatga kelguncha qo‘shiladi.
Ikkinchi  variant - quritilgan toza loy mayda qilib tuyuladi va 
unga vazelin qo‘shib, qo‘lga yopishmaydigan quyuq massa hosil 
bo‘lguncha aralashtiriladi. Plastilinga kerakli rangdagi quruq bo‘yoq 
massasi qo‘shib va puxta aralashtirib bo‘yash mumkin.
Uchinchi variant - 1 qism tuproqqa1/5 qism ilitilgan mum hamda 
plastilin qo‘lga yopishmaydigan darajaga yetguncha glitserin qo‘shib 
aralashtiriladi. Plastilin va loydan narsalar yasashni u yaxshilab qo‘lda 
ezilgandan keyin boshlash kerak.
Plastilin va loydan tashqari narsalar yasashda mumdan foy-
dalaniladi. Mumning tabiiy va su’niy turlari mavjud. Mum ancha 
qimmat turadi va undan mayda narsalar yasaladi. Mum bilan ishlash 
qulay, u quri maydi, suv bilan namlanishni talab qilmaydi, darz 
ketmaydi va undan yasa ladigan narsalar uzoq saqlanadi.
Mehnat darslari uchun do‘konlarda ochdan to to‘q rangacha bo‘lgan 
rangli mum tayoqchalari sotiladi. 

107
Loy bilan ishlaganda asosan oddiy asboblar, pichoq, oddiy kons-


truktsiyadagi yog‘och va metall uchli steklardan foydalaniladi. Plas-
tilin va mum bilan ishlaganda metall steklardan foydalaniladi. Ular ni 
qizitish hamda yo‘g‘on mis, alyumin yoki temir simdan tay yorlash 
mumkin. Sirkul, o‘lchov, chizg‘ich va burchaklar kabi o‘lchov asbob-
lari modellarni chizish va o‘lchash ishlarida kerak bo‘ladi.
Tayyor narsalardagi changlarni yo‘qotish, loy narsalarni supu rib 
tashlash, narsani solish va unga narsalar surtish jarayonida har xil 
mo‘yqalamlar bo‘lishi maqsadga muvofiqdir.
Haykaltaroshlik haqida qisqacha ma’lumot. Haykaltaroshlik – 
tasviriy san’at turlaridan biridir. San’atning bu turining xususiyati 
tasvirning hajmi – formasidir. Plastik tasvirlar orasida aylana haykal-
taroshlik yolg‘iz tur emas. Undan tashqari, barelyef va gorelyef ham 
mavjud, relyef aylana haykaltaroshlikdan farq qilib, yassi sathda aks 
etadi. Bu haykaltaroshlik  turlaridan idish-tovoq sathini, binolarning 
old tomoni, interyeri va shu kabilarni bezashda foydalaniladi.
Loy va plastilin bilan ishlashda kerak bo‘ladigan usullar:
1. Yumaloqlik – bu parcha loydan shar yasash, unga olcha, olma 
kabilar shaklini berishdir.
2. Bir bo‘lak loydan kaftda aylana harakatlar bilan shar yasaladi.
3. Shar yasash, so‘ngra uzunasiga harakatlar bilan uni tuxum, ustun 
kabilarga aylantirish.
4. Yassilash – sharchadan yassi non yasaladi, qo‘lning holati doimo 
o‘zgarib turadi.
5. Yumoloq shaklga keltirilgan shar  bo‘lagining bir qismi cho‘zi ladi.
6. Surish (yamash) orqali buyumning ayrim qismlarini o‘zaro 
biriktirish.
Loy va plastilin bilan ishlash mashg‘ulotlarini tashkil etish va ish 
joyini bekam-u ko‘st jihozlanganligi muhim ahamiyatga egadir. 
Shuni qayd etish lozimki, O‘zbekistonning issiq iqlim sharoitida 
narsalar yasash bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlarni loydan bajargan 
ma’qul, chunki plastilindan yasalgan narsalar issiqda o‘z shaklini tez 
yo‘qotadi.
Ishni oddiy predmetlar: sabzavot-mevalarni yasashdan bosh lash 
kerak. Bunda tayyor namuna yoki rasm bo‘yicha ishlashni taklif etish 

108
mumkin. O‘quvchilar narsalarni yasash usullarini egallab olganlaridan 


so‘ng o‘yinchoqlar, badiiy bezakli dekorativ idishlarni yasashga 
o‘tishl ari  mumkin.
Savollar
1. Plastilin qanday massa?
2. Plastilin qanday xususiyatlarga ega?
3. Plastilin qo‘lda qanday tayyorlanadi?
4. Loy qanday turlarga ega?
5. Loyning xususiyatlari qanday?

Download 70,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish