Bitiruv malakaviy ishining maqsadi: astronomiya fanini akademik litsey va kasb hunar kollejlari gumanitar yo’nalishlarida mutaxassislik fanlari bilan integratsiyalab o’qitish asosida zamonaviy oquv vositalardan foydalanish asosida o`qitish jarayoni samaradorligini nazariy asoslash va metodikasini ishlab chiqish.
Bitiruv malakaviy ishining vazifasi:belgilangan maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalarni bajarish kerak bo’ladi
-akademik litsey va kasb-hunar kollejlari astronomiya fanini o`qitish muammolarini tadqiq qilish;psixolo-pedagogik va ilmiy metodik adabiyotlarni analiz qilish asosida mutaxassislik fanlariga turli astronomik bilimlarni kiritish imkoniyatini aniqlash;
- metodik adabiyotlar va internet saxifalarini analiz qilish asosida astronomiya fanini o`rganish va o`quvchilar qiziqishini orttirishda zamonaviy o’quv vositalaridan foydalanish metodikasini ishlab chiqish;
- akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida astronomik bilimlarni mutaxassislik fanlari bilan integratsiyalashning samarador metodikasini tayyorlash va amaliyotda sinash.
Do'stlaringiz bilan baham: |