kichlar miqdori, shartlar va boshqa biron-bir tavsiflarni ajratib ko’rsatdik (ana shu nuq-
tai nazardan, rag’batlantirishning barcha tizimlarini oddiy va murakkab tizimlarga ajra-
tish mumkin); rag’batlantirish tizimi bilan ayrim xodimlarni yoki xodimlar jamoalarini
qamrab olish va tegishli ravishda rag’batlantirishlar natijalari
va miqdorlarini hisobga
olish (ana shu nuqtai nazardan, rag’batlantirish tizimlari, alohida va jamoa-guruh tarzida
bo’lishi mumkin); rag’batlantirish tizimida e’tiborga olinadigan mezonlarga nisbatan
mukofotlashning ortib borish xususiyati (ana shu nuqtai nazardan, rag’batlantirish ti-
zimlari mutanosib ortib boruvchi va kamayib boruvchi tizimlarga bo’linishi mumkin).
Kafolatlangan va badal to’lovlari.
Xodimlarning uzrli sabablar bilan o’z mehnat vazifasini
amalda bajarmagan davr
uchun qonunda ko’zga tutilganiga muvofiq ravishda haq to’lashi kafolatli to’lovlar, deb
ataladi. Bunday to’lovlar quyidagi hollarda belgilanadi:
-xodim davlat va jamoat vazifalarini bajarganligi uchun, qonun bo’yicha bu vazifalar
ish vaqtida bajarilgan taqdirda. Deputatlik burchini bajarish, deputat sifatida kasaba
uyushmasi va boshqa jamoat tashkilotlari quriltoylari, plenumlari, konferentsiyalari qat-
nashish, surishtiruv,
dastlabki tergov, prokuratura organlariga, sudga chaqirilish, xalq
maslahatchilari sifatida sud majlislarida ishtirok etish kabilar shular jumlasiga kiradi;
-ishlab chiqarishdan ajralmagan holda, malakasini oshirgan vaqti uchun;
-tibbiy ko’rikdan, albatta, o’tishi lozim bo’lgan xodimning tibbiy tekshiruvdan o’tish
davri uchun;
-donorlik vazifasini bajargan hollarda;
-ixtiro yoki ratsionalizatorlik taklifini ayni ish korxonaning o’zida joriy qilish ishida
qatnashgan vaqti uchun;
-yillik ta’tilda bo’lgan vaqti uchun, xodimga ta’tildan oldingi 12 oxirgi kalendar
oylar
hisobidan o’rtacha ish haqi to’lanadi;
-sovuq paytlari ochiq havoda yoki usti yopilmagan binoda ishlovchi ishchi va xiz-
matchilarga isinish va dam olishga berilgan tanaffuslar vaqti uchun;
-bir yarim yoshga to’lmagan bolasi bor ayollarga bolasini emizishga berilgan tanaf-
fus vaqti uchun;
-shtat qisqartirilishi munosabati bilan ishdan bo’shatilgan xodimlarga ishga joylash-
magan vaqti uchun.
Xodimning o’z mehnat vazifalarini bajarilishi yoki boshqa joydagi ishga ko’chib
o’tishi, yohud, boshqa joydagi ishga ko’chirilishi va qabul qilinishi bilan bog’liq sarf-
harajatlarini qoplash maqsadida to’lanadigan haq badal to’lovlari, deb ataladi. Bunday
to’lovlarga quyidagilar kiradi:
-xizmat safariga yuborilganda beriladigan badal;
Bunda safar muddati yo’lga ketgan vaqtni hisobga olmaganda 40
kundan ortiq
bo’lmasligi kerak. Xizmat safariga yuborilgan xodimga sutkalik pul, yo’l kira haqi va
turar-joy ijarasi haqi to’lanadi. Sutkalik pul dam olish va bayram kunlarini ham qo’shib
hisoblab, xizmat safarining har kuni uchun to’lanadi. Safarga jo’nagan va undan qayt-
gan kuni bir kungi hisoblanadi.
-ishchi va xizmatchilarga tegishli asboblarning eskirishi uchun to’lanadigan badal;
Uning miqdorini ma’muriyat xodim, hamda kasaba uyushmasi qo’mitasi bilan keli-
shilgan holda belgilaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: