Ish haqini tashkil etishning asosiy shakllari


-rasm. Ish haqining asosiy funksiyalari



Download 0,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/13
Sana22.04.2023
Hajmi0,58 Mb.
#931045
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Ish haqi kurs ishi 2022

1-rasm. Ish haqining asosiy funksiyalari 
Yuqorida aytib o’tilgan funksiyalarni amalga oshirish uchun quyidagi eng muhim 
tamoyillarga rioya qilinishi zarur: 
1. Ishlab chiqarish va mehnat samaradorligi ortib borgan sari real ish haqining ortib 
borishi. Bu tamoyil ehtiyojlarning ortishi obyektiv iqtisodiy qonunning amal qilishi bi-
lan bog’liq bo’lib, mazkur qonunga muvofiq, ehtiyojlarning yanada to’laroq qondirili-
shi faqat o’z mehnati uchun ko’proq miqdorda moddiy ne’matlar va xizmatlarga ega 


bo’lish imkoniyatlari kengaygan sharoitdagina real bo’ladi. Biroq imkoniyat ishlab chi-
qarish faoliyati natijalari bilan, mehnat samaradorligi bilan bog’lanishi lozim.
2. Mehnat unumdorligi o’sishining o’rtacha ish haqining o’sish sur’atlaridan ilgari-
lovchi sur’atlarini ta’minlash. Bu tamoyilning mohiyati-ishlab chiqarishni rivojlantirish 
va uning samaradorligini oshirish asosida mehnat darajalarini maksimal (eng ko’p) da-
rajaga yetkazishdan iborat. Bu matoyilga rioya qilinishi jamg’arish jarayonining, keng-
aytirilgan ishlab chiqarishning uzluksizligini taqozo etadi, va korxonaning rivojlanishi, 
hamda ravnaq topishining zarur sharti hisoblanadi. Mazkur tamoyilning buzilishi tovar-
lar bilan ta’min etilmagan pulning to’lanishiga, uning qadrsizlanishiga, mamlakat avj 
olishiga olib keladi. 
3. Xodimning korxona faoliyati natijalariga qo’shgan mehnat hissasiga, mehnat 
mazmuni va sharoitlariga, korxona joylashgan mintaqaga, uning qaysi tarmoqqa man-
subligiga qarab, ish haqini tabaqalashtirish. Mazkur tamoyil xodimning o’z mehnat ma-
lakasidan, mahsulotning yuqori sifatli bo’lishini ta’minlashdan moddiy manfaatdorligini 
kuchaytirish zarurligiga asoslangan. 
4. Teng mehnatga teng ish haqi. Bozor sharoitida bu tamoyilni ishlovchining jinsi, 
yoshi milliy mansubligi va hokazolarga qarab, uning mehnatga haq to’lashda kamsi-
tishga yo’l qo’ymaslikdir, korxona yoki firma ichidagi taqsimotda adolat tamoyiliga 
rioya etilishi, deb tushunish kerak. U bir xildagi mehnati unga haq to’lash orqali bir xil 
baholashni nazarda tutadi. 
5. Mehnatga haq to’lashni davlat yo’li bila boshqarish (tartibga solish). (Mazkur 
tamoyil quyiroqda qarab chiqiladi). 
6. Mehnat bozorining ta’sirini hisobga olish. Mehnat bozori-bu shunday bir sohaki, 
u yerda pirovard natijada mehnatning har xil turlarida baho berish tarkib topadi. Har bir 
xodimning mehnatiga toplanadigan ish haqi uning mehnat bozoridagi mavqyei bilan 
mustahkam bog’liq bo’lib, mazkur bozordagi vaziyat, bundan tashqari, bandlik imkoni-
yatini ham belgilab beradi.
7. Mehnatga haq to’lash shakllari va tizimlarining oddiyligi, mantiqiyligi va qulay-
ligi mehnatga haq to’lash tizimlarining mohiyati haqida keng xabardor bo’lishni ta’min-
laydi. Xodimda ish haqi haqida tushunarli va batafsil axborot mavjud bo’lgandagina, u 


jon-dili bilan berilib mehat qiladi. Xodimlar qanday holatda ish haqining miqdori, ya’ni 
o’z moddiy farovonliklari darajasi oshishini aniq tasavvur qilishlari lozim.
Yaratilgan yalpi ichki mahsulotning uning ishlab chiqaruvchilari o’rtasida mehnat-
ning miqdori, sifati va unumdorligiga qarab taqsimlanadigan qismi ish haqi deb yuritila-
di. Ish haqi hozirgi davrda barcha mamlakatlar iqtisodiyotida muhim o’rin tutadi. Shu-
ning uchun ham iqtisodchi olimlar ish haqining mazmuniga katta e’tibor beradilar. Ish 
haqining mazmunini aniqlashda turli iqtisodchilar turli tomondan yondashib, unga har 
xil ta’rif beradilar. 
Masalan, D.Rikardo va T.Maltuslarning «Yashash uchun vosita minimumi» kon-
tsepsiyasida ish haqini yashash uchun zarur vositalarning fiziologik minimum bilan bir 
xil deb hisoblanadi. Lekin ish haqini yashash uchun zarur vositalarning fiziologik mini-
mumi bilan bir xil deb qarash to’g’ri emas. Bu minimum o’z ichiga ishchi kuchi shakl-
lanadigan iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy shart-sharoitlar tug’dirgan ehtiyojlarni ham 
oladi. Shu bilan birga ishchi kuchi narxining quyi chegarasini yashash uchun zarur vo-
sitalar miqdorining minimumi bilan aniqlash, ishga yollovchilar ish haqini mazkur quyi 
chegaradan pasaytirishga intilishiga olib kelishi mumkin. Iqtisodiy jihatdan rivojlangan 
mamlakatlarning xo’jalik amaliyotidagi ish haqining darajasini kuzatish shuni ko’rsata-
diki, ishchi kuchi bozorida real ish haqining o’rtacha darajasi yashash uchun zarur jis-
moniy vositalar minimumiga qaraganda ancha yuqori darajada o’rnatilgan. 
Qiymatning mehnat nazariyasi (ingliz klassik siyosiy iqtisod maktabi, marksistik 
yo’nalishidagi iqtisodchilar) ishchi kuchini alohida, o’ziga xos tovar deb hisoblaydi. 
Shu sababli bu nazariya ish haqiga tovar bo’lgan ishchi kuchi qiymatining o’zgargan 
shakli, ya’ni puldagi ifodasi sifatida qaraydi va uni ishchi kuchini takror ishlab chiqarish 
uchun zarur bo’lgan tirikchilik vositalari qiymati sifatida aniqlaydi. Mazkur g’oya taraf-
dorlari ishchi kuchi qiymatiga bir qator omillar, avvalo tabiiy shart-sharoitlar, aholining 
madaniy rivojlanishi, ularning malakasi va ishchi oilasini saqlash hamda ularning tabiiy 
takror ishlab chiqarish sharoitlari ta’sir qilishini ko’rsatadi. Shu bilan birga bu g’oyada 
hayotiy ehtiyojlar hamda ularning qondirilish usullari mamlakatning ilmiy-texnikaviy, 
ijtimoiyiqtisodiy va madaniy rivojlanishida erishilgan darajaga bog’liqligi ta’kidlanadi. 
Bu fikrlar hozirgi davrda ham ko’pgina ko’zga ko’ringan iqtisodchi olimlar tomo-


nidan ma’qullanib takrorlanmoqda. Masalan: A.F.Shishkin, E.F.Borisovlar o’zlarining 
«Iqtisodiyot nazariyasi» darsliklarida ish haqini ishchi kuchi tovar qiymatining puldagi 
ifodasi deb ta’riflamoqdalar
2

Bu mualliflar o’z fikrlarini asoslashda ko’pgina olimlar mehnat jarayoni bilan ish-
chi kuchining farqiga bormaganligini, shu sababli bozorda mehnat sotiladi deb fikr yuri-
tishini tanqid qilib, bozorda mehnat emas, balki ishchi kuchi tovar sifatida sotilishini, bu 
jarayon yuzaki qaralganda mehnatga haq to’lashga o’xshab ko’rinishini isbotlashga ha-
rakat qilganlar. 
Lekin ish haqiga «ishchi kuchi qiymatining puldagi ifodasi» sifatida qarash, aniq 
ishchi kuchi bozorida ish haqi darajasiga uning unumdorligi, mehnat intensivligi, talab 
va taklif kabi omillarning ta’sirini etarli hisobga olmaydi.
Hozirgi zamon iqtisodiyot nazariyasida ayrim mualliflar (jumladan, «Ekonomiks» 
darsliklarida, V.D.Kamaev rahbarligida nashr etilgan «Iqtisodiyot nazariyasi» darsligi 
va boshqalarda)
3
ish haqini mehnat narxi sifatida, ayrimlari esa

mehnat bozoridagi talab 
va taklifning muvozanat narxi sifatida talqin etadilar. Bunda ular asosan bozorda meh-
nat sotiladi degan bizningcha noto’g’ri tushunchaga asoslanishadi. Mehnat ishchi kuchi-
ning funkstiya qilishi, uning ma’lum maqsadga qaratilgan faoliyat jarayoni bo’lib, uning 
na qiymati, na narxi yo’qligi, bu jarayonni bozorga olib chiqib sotib bo’lmasligi fanda 
ham, real hayotda ham, iqtisodiy amaliyotda ham hammaga ayon bo’lgan va allaqachon 
isbotlangan masaladir. Shuning uchun buni isbotlashga harakat qilmasak ham bo’ladi.
Lekin bu g’oyaning negizida bir ijobiy tomon borki, uni albatta hisobga olish zarur. 
Bu ham bo’lsa ular mehnatni ishchining malakasi,intensivligi va natijasi bilan bog’lash-
ga harakat qilganlar. Ish haqining mazmuni to’g’risidagi turli nazariyalarni, (turli mam-
lakatlardagi va o’z mamlakatimizdagi amaliyotni) umumlashtirib, quyidagi xulosalarni 
chiqarish mumkin. 
Ish haqi to’g’risidagi nazariyalarda unga bir tomonlama yondashish xususiyati
mavjud bo’lib, uning murakkab va ko’p qirrali iqtisodiy jarayon ekanligi ozgina e’ti-
2
Борисов Е.Ф. Экономическая теория: учеб. – 2-е изд., перераб. и доп. - М.: ТК Велби, Изд-во Проспект, 2005.
– 544 с
3
Қаралсин: Макконнелл К.Р., Брю С.Л. Экономикс: Принципы, проблемы и политика. Т.2. – М.: Республика,
1992, 156-б.;
4
Қаралсин: Курс экономической теории. Учеб. пособ. под ред. Чепурина М.Н., Киселевой Е.А. Киров, изд-во
«АСА», 1995, 233-б.;


bordan chetda qolgan. Lekin bu nazariyalarning har birida ish haqining u yoki bu tomo-
niga to’g’ri baho berilgan bo’lib, ularda foydalanish mumkin bo’lgan ijobiy mazmun 
mavjuddir.
Ish haqining umumiy darajasi har doim har bir mamlakatda iqtisodiyotning erish-
gan darajasiga, ya’ni umumiy mehnat unumdorligi, milliy mahsulot hajmi, uning aholi 
jon boshiga to’g’ri keladigan miqdoriga bog’liq bo’ladi. Chunki shu mahsulotlarning bir 
qismi mehnatning miqdori va sifatiga qarab taqsimlanadi. Shuning uchun ham u turli 
mamlakatlarda turli miqdorlarda bo’ladi. 
Ish haqining miqdori ishchi kuchini takror ishlab chiqarishga, ishchining o’zini, oila 
a’zolarini boqishga etadigan darajada bo’lishi lozim. 
Ish haqining miqdori va darajasi ishchi kuchining malakasi, uning mehnati unum-
dorligi bilan bog’liq bo’ladi. 
Ish haqining darajasi har bir firma yoki korxonada ishlab chiqarishning erishgan da-
rajasi bilan, ya’ni ishlab chiqarilgan va sotilgan mahsulot hajmi va bir ishchiga to’g’ri 
kelgan miqdori bilan bog’liq bo’ladi. Shuning uchun ham u mehnat miqdori, malakasi 
bir xil bo’lsada, turli korxonalarda turlicha miqdorda bo’lishi mumkin. 
Ushbu xulosalardan keyin ish haqining mazmuniga ta’rif berib aytish mumkinki, 
ish haqi – ishchi va xizmatchilarning mehnatining miqdori, sifati va unumdorligiga 
qarab, milliy mahsulotdan oladigan ulushining puldagi ifodasidir. 
Ish haqi ishlab chiqarish jarayonida yaratilgan zaruriy mahsulot bilan chambarchas 
bog’liqdir. Chunki ish haqi uning asosiy qismini tashkil etadi. 
Ish haqining asosiy vazifasi ishchi va xizmatchilarning turmush va mehnat sharoiti-
ni yaxshilash, boshqacha qilib aytganda, mehnat me’yori bilan iste’mol me’yori o’rtasi-
dagi bog’liqlikni ta’minlashdan iboratdir. 
Albatta ishchi kuchini takror hosil qilishda ish haqidan tashqari foiz, renta, foyda, 
dividend, turli imtiyozlar va nafaqalarning ham roli bor. Ish haqining mazmunini to’la-
roq tushunish uchun nominal va real ish haqi tushunchalarini bilish zarurdir.
Ishchi uchun qanday shaklda va qancha miqdorda ish haqi olishi emas, balki unga 
qancha miqdorda tovarlar va xizmatlar sotib olishi mumkinligi muhim. Shu sababli no-
minal va real ish haqi farqlanadi. Nominal ish haqi bu ma’lum vaqt davomida olingan 


pul summasi yoki pul shaklidagi ish haqi. Real ish haqi – bu nominal ish haqiga sotib 
olish mumkin bo’lgan tovarlar va xizmatlar miqdori. Boshqacha aytganda real ish haqi 
– bu nominal ish haqining «xarid etish» qobiliyati. O’z-o’zidan aniqki, real ish haqi no-
minal ish haqiga va xarid qilinadigan tovarlar (va xizmatlar) narxiga bog’liq. Shunday 
ekan, real ish haqi boshqa sharoitlar bir xil bo’lganda, nominal ish haqiga to’g’ri muta-
nosibdir va iste’mol buyumlari va xizmatlar narxining darajasiga teskari mutanosibdir. 
Bu miqdorlar nisbatini formulada quyidagicha tasvirlash mumkin: 
𝑉
𝑝
=
𝑉
𝑛
𝑃
bu yerda: V

- real ish haqi ; V

- nominal ish haqi; P - iste’mol buyumlari va xiz-
matlarning narx darajasi.
Nominal ish haqi ishlab topilgan pul daromadi darajasini, real ish haqi esa xodim-
larning iste’moli va farovonlik darajasini tavsiflaydi. 

Download 0,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish