Ish haqini tashkil etishning asosiy shakllari


-rasm. Xodimni rag’batlantirishning bir necha turlari



Download 0,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/13
Sana22.04.2023
Hajmi0,58 Mb.
#931045
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Ish haqi kurs ishi 2022

3-rasm. Xodimni rag’batlantirishning bir necha turlari 
Rag’batlantiruvchi tizimlarning bir necha guruhlarini alohida ajratib ko’rsatish 
mumkin:
1.Mehnat asosiy haq to’lashni xodimning asosiy mehnat me’yoridan chetga chi-
qadigan ko’rsatkichlarni bajarish va oshirib ado etish darajasi bilan bog’liq qilib qo’ya-
digan tizimlar. Bularga joriy ish natijalari uchun beriladigan turli mukofotlar kiradi. 
2.Mehnatga asosiy haq to’lashni xodimning shaxsiy ishchanlik sifatlari, uning
kasb mahorati darajasi va alohida fazilatlari, ishga bo’lgan munosabati bilan bog’lay-
digan tizimlar. Bular, avvalo, quyidagilar uchun rag’batlantiruvvchi xususiyatga ega 
bo’lgan qo’shimcha va ustama haqlardir: kasb mahorati; kasblar (lavozim)ni birga qo’-
shib bajarganlik, xizmat ko’rsatish me’yorlari (zonalari)ning kengayganligi; avvalgi 
ko’p hajmli ishni (xizmatlarni) ozroq miqdordagi xodimlar kuchi bilan bajarganlik.
3.Xodim yoki xodimlar guruhining asosiy ish haqini muntazam xususiyatga ega 
bo’lmagan muayyan muvaffaqiyatlarga erishgan yoki muayyan, yetarli darajada uzoq 
taqvim davri (yarim yil, bir yil) mobaynida qandaydir umumiy jamoa natijalari bilan 
bog’lovchi tizimlar. Bunga bir marta beriladigan turli mukofotlar va to’lovlar taalluqli 
bo’lib, hozirgi vaqtda ham ayrim korxonalarda alohida muhim ishlab chiqarish ahami-
yatiga ega bo’lgan topshiriqlarni bajarganlik, ishlab chiqarish musobaqasida g’olib bo’-
lib chiqqanlik uchun, korxonaning yillik, yarim yillik, chorak yakunlari bo’yicha fao-
liyati va hokazolar to’lab borilmoqda. 
Biz yuqorida mehnatga haq to’lashning rag’batlantiruvchi tizimini tasniflashning 
ayrim boshqa belgilarini, xususan, rag’batlantirish tizimida hisobga olinadigan ko’rsat-


kichlar miqdori, shartlar va boshqa biron-bir tavsiflarni ajratib ko’rsatdik (ana shu nuq-
tai nazardan, rag’batlantirishning barcha tizimlarini oddiy va murakkab tizimlarga ajra-
tish mumkin); rag’batlantirish tizimi bilan ayrim xodimlarni yoki xodimlar jamoalarini 
qamrab olish va tegishli ravishda rag’batlantirishlar natijalari va miqdorlarini hisobga 
olish (ana shu nuqtai nazardan, rag’batlantirish tizimlari, alohida va jamoa-guruh tarzida 
bo’lishi mumkin); rag’batlantirish tizimida e’tiborga olinadigan mezonlarga nisbatan 
mukofotlashning ortib borish xususiyati (ana shu nuqtai nazardan, rag’batlantirish ti-
zimlari mutanosib ortib boruvchi va kamayib boruvchi tizimlarga bo’linishi mumkin).
Kafolatlangan va badal to’lovlari. 
Xodimlarning uzrli sabablar bilan o’z mehnat vazifasini amalda bajarmagan davr 
uchun qonunda ko’zga tutilganiga muvofiq ravishda haq to’lashi kafolatli to’lovlar, deb 
ataladi. Bunday to’lovlar quyidagi hollarda belgilanadi: 
-xodim davlat va jamoat vazifalarini bajarganligi uchun, qonun bo’yicha bu vazifalar 
ish vaqtida bajarilgan taqdirda. Deputatlik burchini bajarish, deputat sifatida kasaba 
uyushmasi va boshqa jamoat tashkilotlari quriltoylari, plenumlari, konferentsiyalari qat-
nashish, surishtiruv, dastlabki tergov, prokuratura organlariga, sudga chaqirilish, xalq 
maslahatchilari sifatida sud majlislarida ishtirok etish kabilar shular jumlasiga kiradi;
-ishlab chiqarishdan ajralmagan holda, malakasini oshirgan vaqti uchun; 
-tibbiy ko’rikdan, albatta, o’tishi lozim bo’lgan xodimning tibbiy tekshiruvdan o’tish 
davri uchun; 
-donorlik vazifasini bajargan hollarda; 
-ixtiro yoki ratsionalizatorlik taklifini ayni ish korxonaning o’zida joriy qilish ishida 
qatnashgan vaqti uchun; 
-yillik ta’tilda bo’lgan vaqti uchun, xodimga ta’tildan oldingi 12 oxirgi kalendar oylar 
hisobidan o’rtacha ish haqi to’lanadi; 
-sovuq paytlari ochiq havoda yoki usti yopilmagan binoda ishlovchi ishchi va xiz-
matchilarga isinish va dam olishga berilgan tanaffuslar vaqti uchun; 
-bir yarim yoshga to’lmagan bolasi bor ayollarga bolasini emizishga berilgan tanaf-
fus vaqti uchun; 


-shtat qisqartirilishi munosabati bilan ishdan bo’shatilgan xodimlarga ishga joylash-
magan vaqti uchun. 
Xodimning o’z mehnat vazifalarini bajarilishi yoki boshqa joydagi ishga ko’chib 
o’tishi, yohud, boshqa joydagi ishga ko’chirilishi va qabul qilinishi bilan bog’liq sarf-
harajatlarini qoplash maqsadida to’lanadigan haq badal to’lovlari, deb ataladi. Bunday 
to’lovlarga quyidagilar kiradi: 
-xizmat safariga yuborilganda beriladigan badal; 
Bunda safar muddati yo’lga ketgan vaqtni hisobga olmaganda 40 kundan ortiq
bo’lmasligi kerak. Xizmat safariga yuborilgan xodimga sutkalik pul, yo’l kira haqi va 
turar-joy ijarasi haqi to’lanadi. Sutkalik pul dam olish va bayram kunlarini ham qo’shib 
hisoblab, xizmat safarining har kuni uchun to’lanadi. Safarga jo’nagan va undan qayt-
gan kuni bir kungi hisoblanadi. 
-ishchi va xizmatchilarga tegishli asboblarning eskirishi uchun to’lanadigan badal;
Uning miqdorini ma’muriyat xodim, hamda kasaba uyushmasi qo’mitasi bilan keli-
shilgan holda belgilaydi. 

Download 0,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish