Bog'liq Ish haqidan ushlab qolinadigan ajratmalar va to
5. Qisqa muddatli tekshirishlar o’tkazish va natijalarini rasmiylashtirish qoidasi
Хo’jalik yurituvchi sub’ektda qisqa muddatli tekshiruv nazorat xarididan (buyurtmadan) boshlanadi. Nazorat xaridi (buyurtmani) soliq organlariga va tekshirilayotgan xo’jalik sub’ektiga aloqador bo’lmagan shaxs tomonidan amalga oshiriladi. Хarid yoki buyurtma bo’yicha o’zaro hisob-kitob operatsiyasi to’liq amalga oshirilgandan so’ng, xaridor (buyurtmachi) tovarlarni olganidan keyin, qisqa muddatli tekshirish boshlanganligi haqida sub’ektga e’lon qilinadi. Bunda xaridor (buyurtmachi) xarid qilgan tovarlar savdo yoki tarqatilayotgan joyidan olib ketilmagan bo’lish lozim. Тekshirish e’lon qilingandan so’ng, Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashi yoki uning hududiy kommissiyasining tekshirish o’tkazish uchun berilgan ruxsatnomasi, soliq organining buyrug’i, tekshirish dasturi va tekshiruvchilarning shaxsiy guvoxnomalari xo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbariga ko’rsatilib, tanishtirilganligi haqida udan yozma tilxat olinadi. Agarda xo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbarini topish imkoniyati bo’lmasa, ob’ektdagi mas’ul xodimga tekshirish o’tkazishga asos bo’lgan hujjatlar nushalari tilxat asosida topshiriladi. Тekshirish o’tkazishga ruxsat etilgan hujjatlar bilan tanishilgandan so’ng xo’jalik yurituvchi sub’ektdagi «Тekshirishlarni ro’yxatga olish kitobi»ga tegishli ma’lumotlar qayd etiladi. Agarda xo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbari yoki mas’ul xodimi tomonidan «Тekshirishlarni ro’yxatga olish kitobi» tekshiruvchilarga taqdim etilmasa tekshirish dalolatnomasida bu holat qayd etiladi. Тekshirish jarayonida nazorat xaridi (buyurtmasi) to’liq amalga oshirilganligi, unda NKMni ishlatilishi, kvitansiya, chipta va unga tenglashtirilgan boshqa cheklar berilishi to’g’risida tekshiruvchilar tomonidan «O’zaro hisob-kitob dalolatnomasi» rasmiylashtiriladi. Хo’jalik yurituvchi sub’ektda NKMdan to’liq foydalanilishini tekshirishdan oldin mas’ul shaxsdan (kassir, sotuvchi, ofitsant va boshqalar) kassasidagi naqd pul mablag’laridan hech kimga qarz berilmaganligi va qarzi yo’qligi to’g’risida tilxat olinadi va kassadagi naqd pul tushumi tekshiruvchining kuzatuvi ostida sanoqdan o’tkazilib, natijasi bo’yicha dalolatnoma tuziladi. Хaridor yoki buyurtmachi bilan o’zaro hisob-kitob qilishda nazorat-kassa mashinalarini qo’llanilishi, qat’iy hisobga olingan kvitansiya, chipta va ularga tenglashtirilgan boshqa cheklar berilganligi, kassadagi naqd pul tushumlarini NKM xotirasiga kirim qilinishi ko’yidagi tartibda amalga oshiriladi: - kassadagi naqd pul miqdori sanoqdan o’tkaziladi; - NKMdan «Х» va «Z» hisobotlari olinadi; - bank muassasasiga kunma-kun topshirilgan naqd pul tushumi miqdori to’g’risidagi o’sib boruvchi ma’lumot qayd etiladi (NKM ko’rsatkichlarini qayd etib boruvchi maxsus yuritiladigan kassa kitobi yoki xizmat ko’rsatuvchi tijorat banki ma’lumoti); - tekshiruv vaqtidagi ma’lumotlar o’zaro solishtirilib, taqqoslanadi va taqqoslash natijalari bo’yicha dalolatnoma tuziladi. Хo’jalik yurituvchi sub’ekt tomonidan qo’llanilayotgan nazorat-kassa mashinasining turi O’zbekiston Respublikasi hududida ishlatilishiga ruxsat etilgan NKMlar reestriga kiritilganligi tekshiriladi. Zarurat bo’lganda NKMning texnik talablarga muvofiqligi to’g’risida mutaxassislardan xulosalar olinadi. Fiskal xotiraga xizmat ko’rsatish dasturi buzilgan holda yoki texnik talablarga muvofiq bo’lmagan nazorat-kassa mashinalaridan foydalanish alomatlari mavjud bo’lgan taqdirda, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 23 maydagi 230-sonli «Nazorat-kassa mashinalaridan foydalanishda javobgarlikni oshirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi Qarorini amalda qo’llash tartibi talablariga binoan NKM olib qo’yilib, texnik ekspertizadan o’tkaziladi. O’zbekiston Respublikasi hududida foydalanishga ruxsat etilgan Nazorat-kassa mashinalarining davlat reestri O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan tartibda shakllantiriladi. Quyidagi jadvalda hozirgi kunda O’zbekiston Respublikasi hududida foydalanishga ruxsat etilgan nazorat-kassa mashinalarining Davlat reestri keltirib o’tilgan. (1-jadval) Fiskal xotirali nazorat-kassa mashinasi texnik jihatdan vaqtincha nosoz bo’lgan yoki elektr energiyasi bo’lmagan taqdirda naqd pul bilan hisob-kitob qilishni xaridorlarga kvitansiyalar, chiptalar, talonlar yoki chekka tenglashtirilgan, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tasdiqlanadigan shakldagi qat’iy hisobdagi boshqa hujjatlarni berish orqali amalga oshirishga yo’l qo’yiladi. (2-jadval) Fiskal xotirali nazorat-kassa mashinalarini qo’llashda quyidagilar majburiy hisoblanadi: 1) fiskal xotirali nazorat-kassa mashinasini faoliyat amalga oshirilayotgan joydagi davlat soliq xizmati organlarida fiskal xotirali nazorat-kassa mashinasining ro’yxatdan o’tkazish kartochkasi berilgan holda ro’yxatdan o’tkazish; 2) fiskal xotirali nazorat-kassa mashinalariga texnik xizmat ko’rsatishni yo’lga qo’yish; 3) fiskal xotirali nazorat-kassa mashinalarining chekini iste’molchiga berish; 4) davlat soliq xizmati organlari mansabdor shaxslarining fiskal xotirali nazorat-kassa mashinasini tekshirishiga ruxsat etish.