Mavzu 7: Хo’jalik sub’ektlari faoliyatini hujjatli tekshirilishi natijasida tayyorlanadigan tekshiruv materiallarini rasmiylashtirish tartiblari. Reja: 1. Hujjatli tekshirish (taftish) dalolatnamasini rasmiylashtirishda qo’yiladigan talablar 2. Hujjatli tekshirish (taftish) dalolatnomasini rasmiylashtirish tartibi 3. Hujjatli tekshirish (taftish) dalolatnomasining tavsif qismini tuzishda qo’yiladigan talablar 4. Hujjatli tekshirish (taftish) dalolatnomasini imzolash va taqdim qilish 1. Hujjatli tekshirish (taftish) dalolatnamasini rasmiylashtirishda qo’yiladigan talablar. Тasdiqlangan dastur asosida, o’tkazilgan hujjatli tekshirish (taftish) natijalari bo’yicha tuzilgan tekshirish dalolatnomasi soliq organlarining vakolatli mansabdor xodimlari tomonidan, mazkur tartib asosida, uch nusxada tuziladi va uchinchi nusxasi tekshirilgan xo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbariga beriladi. Hujjatli tekshirish (taftish) dalolatnomasining har bir nusxasi tekshiruvchi va tekshirilayotgan sub’ektning mas’ul xodimlari, ya’ni rahbari va bosh hisobchisi tomonidan imzolanadi. Dalolatnoma qog’ozda, o’zbek yoki rus tilida tuzilib, varaqlari ketma-ketlikda raqamlanadi. Hujjatli tekshirish (taftish) dalolatnomasida yozuvlarni o’chirish, tuzatish hollariga yo’l qo’yilmaydi, agarda shu hollar ro’y bersa bu o’zgartirishlar imzo qo’yuvchilar tomonidan izohlanib, imzolari bilan tasdiqlanishi zarur. Dalolatnomada qisqartirishlar yoki umumiy qabul qilingan abbreviaturalar ishlatilishi, dastlab qisqartiriladigan so’z birikmasi to’liq yozilib, bir vaqtning o’zida keyinchalik qisqartiriladigan so’z birikmasi namunasi qavs ichida keltirilgan tartibda ifodalanadi. Hujjatli tekshirish (taftish) dalolatnomasida, tekshirish jarayonida hujjatlar asosida tasdiqlangan soliq va boshqa qonunbuzarliklar faktlari yoki qonunbuzarlik mavjud bo’lmagan hollar ifodalanishi lozim. 2. Hujjatli tekshirish (taftish) dalolatnomasini rasmiylashtirish tartibi Hujjatli tekshirish (taftish) dalolatnomasi: kirish, asosiy va yakuniy qismlardan iborat bo’ladi. Hujjatli tekshirish (taftish) dalolatnomasining kirish qismida o’tkazilayotgan tekshirish va tekshirilayotgan sub’ekt (soliq to’lovchi) haqida umumiy ma’lumotlar, ya’ni : - nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashining reja-jadvali va ruxsatnomasi; - soliq organi rahbari (rahbar o’rinbosari) tomonidan hujjatli tekshirishni o’tkazish to’g’risidagi buyruqning raqami, sanasi; - tekshirilayotgan tadbirkorlik sub’ektining ta’sis hujjatlariga ko’ra to’liq va qisqacha nomi; - soliq to’lovchining identifikatsion raqami (SТIR) va OKONХ kodi; - tekshirish o’tkazilgan joyning nomi (tekshirish o’tkazilgan hudud, aholi maskani); - tekshiruv dalolatnomasi rasmiylashtirilgan sana tekshiruv o’tkazgan shaxslarning dalolatnomaga imzo qo’ygan sanasi. Hujjatli tekshirishga (taftishga) soliq xizmatining boshqa organlari mutaxasislari jalb etilgan taqdirda, tekshirish dalolatnomasida ularning ham familiyasi, ismi, mansabi va ular xizmat qilayotgan soliq organlari nomi ko’rsatilib o’tiladi. Тadbirkorlik sub’ektining tekshiruv o’tkazilayotgan faoliyat davri, tekshirish boshlangan va tugallanish sanasi. Bunda, tekshirishning boshlanish sanasi bo’lib, tekshirilayotgan sub’ekt rahbariga (vazifasini vaqtinchalik bajaruvchi shaxsga), hujjatli tekshirishni o’tkazish to’g’risida soliq organi boshlig’ining (o’rinbosarlari) buyrug’ini taqdim qilingandagi sanasi, tekshirishni tugatilish sanasi esa - tekshiruvni amalga oshirgan tekshiruvchilarning dalolatnomaga imzo qo’ygan sanasi hisoblanadi. Ammo, tekshirishga taqdim etilishi lozim bo’lgan hujjatlar bo’lmagan yoki ularni tekshiruvga taqdim etilmagan holatlarda, tekshirishni boshlanish sanasi bo’lib, tekshiruvga hujjatlar taqdim etilgan sana hisoblanadi. - tekshirilayotgan davrda, tekshirilayotgan sub’ekt mansabdor shaxslarining (rahbari, bosh hisobchisi yoki ularning vazifasini bajaruvchilar) familiyasi, ismi, sharifi; Agarda tekshirilayotgan davr maboynida yuqorida qayd etilgan shaxslar tarkibida o’zgarish yuz bergan bo’lsa, mazkur shaxslarning, qaysi vaqtdan boshlab (buyruq, farmoyish, ta’sischilar yig’ilish qarori yoki ishga tayinlash va bo’shatish to’g’risidagi boshqa hujjatlar) tegishli mansabga, ishga tayinlangani yoki bo’shatilgani ko’rsatib o’tiladi; - tekshirilayotgan sub’ekt joylashgan manzili (xususiy tadbirkorning yashash manzili), shuningdek, ular tomonidan xo’jalik faoliyati amalga oshirilayotgan manzil (davlat ro’yxatidan o’tgan manzil bilan solishtirish); - maxsus ruxsatnoma (litsenziya) asosida amalga oshirilayotgan faoliyat to’g’risidagi malumotlar (sanasi, raqami, bergan tashkilotning nomi, ruxsatnoma amal qilishining boshlanish va tugash sanasi); - sub’ektning haqiqatda amalga oshirayotgan moliya-xo’jalik faoliyati turi, shu jumladan qonun bilan taqiqlangan faoliyat turi yoki maxsus ruxsatnoma olmasdan faoliyat ko’rsatayotganligi to’g’risidagi malumot; - tekshirish o’tkazish uslubi, uning birlamchi hujjatlarni (to’liq yoki tanlash yo’li bilan) tekshirilishi tartibi; - soliq bo’yicha qarama-qarshi tekshiruv o’tkazilganligi, tekshirish bilan bog’liq bo’lgan hujjatlar va buyumlarni olib qo’yilganligi, ekspertiza, soliq to’lovchining mulklari sanoqdan o’tkazilganligi, korxona hududi va binolari ko’zdan kechirilganligi va tekshiruv davrida amalga oshirilgan boshqa tadbirlar to’g’risida malumot; - bank muassasalaridagi hisob raqami (shu jumladan Respublikadan tashqarisida mavjud bo’lganlari) va boshqa malumotlar to’g’risida; - ilgari o’tkazilgan tekshirishlar (Moliya vazirligi, soliq idoralari, huquqni muxofaza qilish idoralari va auditorlik tashkilotlari tomonidan), ular natijalari bo’yicha qabul qilingan choralar (soliq idorasiga qayta topshirilgan hisobotlar, keltirilgan zararning qoplanishi, ko’zg’atilgan jinoyat ishlari) haqida qisqacha malumot; - tashkil etilgan sho’’ba korxonalari, vakolatxonalar, filiallar va boshqa tarkibiy tuzilmalari haqida ma’lumot; - ta’sischilar va ta’sis hujjatlariga asosan nizom fondining miqdori va tekshiruv kuniga qadar nizom fondining haqiqatda shakllantirilganligi haqida ma’lumot (pul mablag’lari hisobida - so’m yoki valyuta, asosiy vositalar, intellektual mulk, nomoddiy aktivlar va h.k.); - aksionerlik jamiyatlarida aksiyalarning chiqarilishi va ularning joylashtirilishi (foiz hisobida, pul mablag’lari va miqdor ko’rinishida) hamda aksionerlar va xususiylashtirish haqida boshqa zarur bo’lgan ma’lumotlar. Hujjatli tekshiruv (taftish) natijasi bo’yicha tuzilgan dalolatnomaning tavsif qismida, tekshirish natijasida aniqlangan hujjatli tasdiqlangan soliq va boshqa qonunbuzarlik faktlari yoki qonunbuzarliklarni aniqlanmaganligi holatlari, shuningdek tekshirish natijalari bo’yicha qaror qabul qilishga ta’sir etadigan holatlar tizimli ifodalaniladi. Тekshiruv davomida soliq qonunchiligiga taalluqli bo’lmagan lekin nazorati soliq idoralariga yuklatilgan qonunbuzarliklar aniqlanganda bunday faktlar ham hujjatli tekshiruvlar natijasi bo’yicha tuziladigan dalolatnomada aks ettirilishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |