Yuridik shaxslarning asosiy pul tushumlari va moliyaviy harajatlari tegishli banklarda ochilgan hisob raqamlari orqali pul o’tkazish yo’li bilan amalga oshiriladi. SHuning uchun soliq inspektori bank hisob raqamlaridagi tekshirilayotgan xo’jalik sub’ektiga tegishli bank operatsiyalarini tekshiradi. Bunday tekshiruvni o’tkazish quyidagi tartibda amalga oshiriladi: bank tomonidan berilgan pullar (vыpiska) kassirning hisoboti bilan solishtiriladi; kassa hisobidan chiqarilgan naqd pulni tegishli bankka topshirilgani va bu summa bank vыpiskasida qayd etilganligi; bank vыpiskasini tekshirishda o’chirilgan, o’zgartirilgan va boshqa shubha uyg’otuvchi kamchiliklarga alohida e’tibor qaratiladi; agar bank vыpiskasiga o’zgartirish kiritilgan bo’lsa bunday xol albatta izox berilgan va bankning mas’ul xodimi tomonidan imzolangan va bank muhri bilan tasdiqlangan bo’lishi lozim; bank vыpiskasidagi ayrim shubhali ma’lumotlar bankda muqobil tekshiruv o’tkazilib aniqlanishi mumkin; bank vыpiskasidagi har bir ma’lumotlar unga ilova qilingan hujjatlar bilan asoslangan bo’lishi kerak. bank vыpiskasining ayrimlarini qastdan olib qo’yilishini oldini olish maqsadida ularning raqamlangan bo’lishi va bir vыpiskaning qoldig’i ikkinchisiga o’tkazilganligi tekshiriladi; tekshiruv oyma – oy ma’lumotlar bo’yicha o’tkaziladi; hisob raqamidagi jami pul aylanmasi va qoldiq buxgalteriya bosh kitobi va balnasidagi ko’rsatkichlar bilan solishtiriladi; hujjatlar bo’yicha aniqlangan tafovutlar debet va kredit aylanmasini bir xil summada o’zgatirilganini, pulni to’liq kirim qilinmaganini, ortiqcha hisobdan chiqarilgani, qoldiqni noto’g’ri hisoblangani kabi yo’l qo’yilgan kamchiliklarni aniqlash imkonini beradi. Birlamchi hujjatlar asosida teatr, magazin, kafe, restoran, avtotransport tashkilotlari va shu kabi pullik xizmat bajaruvchi korxonalarga o’tkazilgan mablag’larni maqsadga muvofiqligi, haqiqiy xizmat ko’rsatilganligi tekshirilib ko’riladi. Pul o’tkazish yo’li bilan amalga oshirilgan harajatlarni tekshirish Pul o’tkazish yo’li bilan amalga oshirilgan harajatlarning haqiqiyligini va maqsadga muvofiqligini aniqlash uchun to’liq yoki tanlov tartibida mablag’ o’tkazilgan korxona va tashkilotlarga chiqib muqobil tekshiruv o’tkazilishi mumkin. Sarflangan harajatlarni tasdiqlovchi hujjatlarni tekshirishda soliq inspektorining asosiy e’tibori korxonaning xisob raqamidagi mavjud pul mablag’larining harajat qilinishiga qaratilishi lozim. Hamma chiqim operatsiyalari ularning iqtisodiy mohiyati bo’yicha guruhlangan hisobdan chiqarish alomatlari bo’yicha tekshiruv o’tkazilsa uning natijasi tahlil qilishga qulay bo’ladi. Masalan chiqimlar quyidagi guruhlar bo’yicha jamlanishi mumkin: moddiy qiymatliklar sotib olish; sotilgan mahsulotni qaytarib berilishi natijasida buyurtmachiga pulni qaytarish; boshqa korxonalar tomonidan ko’rsatilgan xizmat yoki bajarilgan ish uchun to’langan pullar; to’langan jarimalar; korxona tomonidan boshqa xo’jalik sub’ektlariga keltirilgan zararni qoplash bo’yicha o’tkazilgan pullar; kreditor qarzlarni to’lash; har hil sabablar bilan korxona kassasiga tushgan naqd pullar va boshqalar. Korxona hisob raqamidan moddiy qiymatliklar sotib olish uchun sraflangan pullarni tekshirishda to’langan mablag’ bo’yicha korxonaga keltirilgan moddiy qiymatliklar to’liq hisobga olish balansiga kiritilganligi tekshiriladi. Buning uchun sraflangan mablag’ bilan haqiqiy kirim qilingan tegishli moddiy qiymatliklarning qiymati solishtirilib balansi chiqariladi. Bu tekshiruv natijasida quyidagi savollarga javob topilishi kerak: hisob raqamdan qancha pul o’tkazilgan; qancha moddiy qiymatlik balans schyotiga kirim qilingan; qancha moddiy qiymatlik keltirilmagan; olingan moddiy qiymatliklarning sifatsiz qismi qancha; korxonaga keltirilmagan tovarlar (mahsulotlar)ga to’langan pul qiymatliklari; avans tariqasida o’tkazilgan pullar. Dalolatnoma korxona (tashkilot) kassasida bo’lgan pul mablag’lari (naqd pullar, pochta markalari va h.k.) haqiqatda mavjudligini inventarlash natijalarini aks ettirish uchun qo’llaniladi. Komissiya pullar mavjudligini kassada bo’lgan barcha pullar, qimmatli qog’ozlar, limitlangan chek daftarchalari va hokazolarni to’liq qayta sanash yo’li bilan tekshiradi. Dalolatnoma ikki nusxada tuziladi va inventarlash komissiyasi hamda moddiy javobgar shaxs tomonidan imzolanadi. Dalolatnomaning bir nusxasi korxona (tashkilot) buxgalteriyasiga topshiriladi, ikkinchi nusxasi moddiy javobgar shaxsda qoladi. Inventarlashni boshlashdan oldin har bir moddiy javobgar shaxsdan yoki pul mablag’lari saqlanishi uchun javob beradigan shaxslar guruhidan tilxat olinadi. Тilxat shaklning sarlavha qismiga kiritilgan. Moddiy javobgar shaxslar almashganida dalolatnoma uch nusxada tuziladi (boyliklarni topshirgan moddiy javobgar shaxsga, boyliklarni qabul qilib olgan moddiy javobgar shaxsga, buxgalteriyaga berish uchun).