Soliq davri Soliq davri u tugaganidan keyin soliq solinadigan baza aniqlanadigan hamda soliq yoki boshqa majburiy to’lov summasi hisoblab chiqariladigan davrdir
Bog'liq Ish haqidan ushlab qolinadigan ajratmalar va to
Soliq davri Soliq davri u tugaganidan keyin soliq solinadigan baza aniqlanadigan hamda soliq yoki boshqa majburiy to’lov summasi hisoblab chiqariladigan davrdir.
Soliq davri bir necha hisobot davriga bo’linishi mumkin bo’lib, ularning yakunlari bo’yicha hisob-kitoblarni taqdim etish hamda soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarning to’lanishi lozim bo’lgan summalarini to’lash majburiyati yuzaga keladi. Joriy to’lovlarni to’lash bo’yicha majburiyat yuzaga kelgan davr hisobot davri bo’lmaydi. Soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar bo’yicha imtiyozlar Soliq kodeksida, boshqa qonunlarda va O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlarida nazarda tutilgan, boshqa soliq to’lovchilarga nisbatan ayrim toifadagi soliq to’lovchilarga beriladigan afzalliklar, shu jumladan soliq va (yoki) boshqa majburiy to’lov to’lamaslik yoxud ularni kamroq miqdorda to’lash imkoniyati soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar bo’yicha imtiyozlar deb e’tirof etiladi. Mol-mulk solig’i, yer solig’i, yagona yer solig’i hamda obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig’i bo’yicha imtiyozlarni berish O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan amalga oshirilishi mumkin. Soliq to’lovchi soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar bo’yicha imtiyozlardan tegishli huquqiy asoslar vujudga kelgan paytdan e’tiboran ular amal qiladigan butun davr mobaynida foydalanishga haqli. Soliq to’g’risidagi qonun hujjatlariga muvofiq soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar bo’yicha imtiyozlar bo’shagan mablag’larni muayyan maqsadlarga yo’naltirish sharti bilan berilishi mumkin. Bunday mablag’lardan belgilanmagan maqsadda foydalanilgan taqdirda, belgilanmagan maqsadda foydalanilgan summa o’rnatilgan tartibda penya hisoblangan holda byudjetga undirib olinadi. O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki, uning Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Тoshkent shahridagi bosh boshqarmalari, shuningdek O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining muassasalari Soliq kodeksida nazarda tutilgan soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni to’lashdan ozod qilinadi, yagona ijtimoiy to’lov bundan mustasno.
3. Soliq to’lovchilarning huquqlari va majburiyatlari
Soliq to’lovchilar Soliq Kodeksiga muvofiq zimmasiga soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni to’lash majburiyati yuklatilgan jismoniy shaxslar, yuridik shaxslar va ularning alohida bo’linmalaridir. Soliq agentlari Soliq kodeksiga muvofiq zimmasiga soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni hisoblab chiqarish, soliq to’lovchidan ushlab qolish hamda byudjetga va davlat maqsadli jamg’armalariga o’tkazish majburiyati yuklatilgan shaxslardir. (SK. 13- modda) Soliq solish maksadida yuridik shaxs deb quyidagilar e’tirof etiladi: O’zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq tashkil etilgan, o’z mulkida, xo’jalik yuritishida yoki operativ boshqaruvida alohida mol-mulkka ega bo’lgan hamda o’z majburiyatlari yuzasidan ushbu mol-mulk bilan javob beradigan, mustaqil balansiga yoki smetasiga ega bo’lgan, o’z nomidan mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlarga ega bo’la oladigan hamda ularni amalga oshira oladigan, majburiyatlarni bajara oladigan, sudda da’vogar va javobgar bo’la oladigan tashkilot;
chet davlatning qonun hujjatlariga muvofiq tashkil etilgan hamda O’zbekiston Respublikasida fuqarolik huquq layoqatiga ega bo’lgan xorijiy va (yoki) xalqaro tashkilot. O’zbekiston Respublikasi fuqarolari, chet davlatlar fuqarolari, shuningdek fuqaroligi bo’lmagan shaxslar jismoniy shaxslar deb e’tirof etiladi. (SK.16-modda) Notijorat tashkilotlari deganda foyda olishni faoliyatining asosiy maqsadi qilib olmagan va olingan daromadlarni o’z qatnashchilari (a’zolari) o’rtasida taqsimlamaydigan yuridik shaxslar tushuniladi. Notijorat tashkilotlariga byudjet tashkilotlari, shu jumladan davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, shu jumladan O’zbekiston Respublikasida davlat ro’yxatidan o’tgan xalqaro nodavlat notijorat tashkilotlari, shuningdek fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari kiradi.
YAkka tartibdagi tadbirkor tadbirkorlik faoliyatini yuridik shaxs tashkil etmagan holda, mustaqil ravishda, xodimlarni yollash huquqisiz, o’ziga mulk huquqi asosida tegishli bo’lgan mol-mulk negizida, shuningdek mol-mulkka egalik qilish va (yoki) undan foydalanishga yo’l qo’yadigan o’zga ashyoviy huquq asosida amalga oshiruvchi jismoniy shaxsdir. O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga asosan soliq to’lovchilar quyidagi huquqlarga ega: davlat soliq xizmati organlari va boshqa vakolatli organlardan amaldagi soliqlar, boshqa majburiy to’lovlar, soliq to’g’risidagi qonun hujjatlaridagi o’zgarishlar haqida axborot olish; o’z soliq majburiyatlarini bajarish yuzasidan davlat soliq xizmati organlari hamda boshqa vakolatli organlardagi mavjud ma’lumotlarni olish; soliq munosabatlari masalalari yuzasidan o’z manfaatlarini shaxsan yoki o’z vakili orqali ifoda etish; Soliq kodeksida, boshqa qonunlar va O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlarida belgilab qo’yilgan asoslar mavjud bo’lgan taqdirda hamda tartibda soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar bo’yicha imtiyozlardan foydalanish; soliqlar, boshqa majburiy to’lovlar, penya va jarimalarning ortiqcha to’langan yoki undirilgan summalarini hisobga olish yoki qaytarib olish; Soliq kodeksida hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan shartlarda va tartibda soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni to’lashni kechiktirish va (yoki) bo’lib-bo’lib to’lash;
soliq solish ob’ektini hisobga olishda, soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni hisoblab chiqarish hamda to’lashda o’zlari yo’l qo’ygan xatolarni mustaqil ravishda tuzatish; soliq tekshiruvlari materiallari bilan tanishish va tekshiruv dalolatnomalarini olish; soliq tekshiruvlarini amalga oshirayotgan davlat soliq xizmati organlariga soliq to’g’risidagi qonun hujjatlarini bajarishga doir masalalar yuzasidan tushuntirishlar berish; davlat soliq xizmati organlarining, boshqa vakolatli organlar va ular mansabdor shaxslarining Soliq kodeksiga va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq bo’lmagan hujjatlari hamda talablarini bajarmaslik; davlat soliq xizmati organlarining va boshqa vakolatli organlarning qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan belgilangan tartibda shikoyat qilish;
davlat soliq xizmati organlarining va boshqa vakolatli organlarning qonunga xilof qarorlari yoki ular mansabdor shaxslarining qonunga xilof harakatlari tufayli yetkazilgan zararning o’rni qoplanishini belgilangan tartibda talab qilish. Soliq to’lovchilar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo’lishi mumkin. Soliq to’lovchining soliq munosabatlarida shaxsan ishtirok etishi uni vakilga ega bo’lish huquqidan mahrum etmaydi, xuddi shuningdek vakilning ishtirok etishi soliq to’lovchini bunday munosabatlarda shaxsan ishtirok etish huquqidan mahrum etmaydi. Soliq to’lovchi vakillarining mazkur soliq to’lovchining soliq munosabatlaridagi ishtiroki munosabati bilan sodir etilgan harakati (harakatsizligi) soliq to’lovchining harakati (harakatsizligi) deb e’tirof etiladi. (SK. 31-modda) O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga muvofiq soliq to’lovchilarga kuyidagi majburiyatlar yuklatilgan: o’z soliq majburiyatlarini o’z vaqtida va to’liq hajmda bajarishi; qonun hujjatlariga muvofiq buxgalteriya hisobini yuritishi, moliyaviy va soliq hisobotini tuzishi; davlat soliq xizmati organlariga va boshqa vakolatli organlarga imtiyozlar olish huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etishi; soliq tekshiruvlari o’tkazilayotgan vaqtda davlat soliq xizmati organlariga soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni hisoblab chiqarish, to’lash bilan bog’liq hujjatlar hamda ma’lumotlarni taqdim etishi; davlat soliq xizmati organlarining va boshqa vakolatli organlarning hamda ular mansabdor shaxslarining qonuniy talablarini bajarishi, shuningdek mazkur organlarning, ular mansabdor shaxslarining qonuniy faoliyatiga to’sqinlik qilmasligi shart. O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga muvofiq soliq agentlariga ham majburiyatlar yuklatilgan bo’lib, bu majburiyatlar soliq to’lovchilar majburiyatlaridan hamda kuyidagi majburiyatlardan iborat : soliq to’lovchilarga to’lanadigan mablag’lardan soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni to’g’ri va o’z vaqtida hisoblab chiqarishi, ushlab qolishi hamda byudjetga va davlat maqsadli jamg’armalariga o’tkazishi; soliq to’lovchilarga to’langan daromadlarning, ushlab qolingan hamda byudjetga va davlat maqsadli jamg’armalariga o’tkazilgan soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarning hisobini yuritishi, shu jumladan har bir soliq to’lovchi bo’yicha alohida-alohida hisob yuritishi shart. Qonun hujjatlariga muvofiq soliq to’lovchilar zimmasida boshqa majburiyatlar ham bo’lishi mumkin. (SK. 32-modda)