Ish faoliyati natijalari



Download 21,33 Kb.
Sana08.04.2017
Hajmi21,33 Kb.
#6284
ISH FAOLIYATI NATIJALARI

O‘zbekoziqovqatxolding” xolding kompaniyasi faoliyatining 2015 yildagi asosiy ko‘rsatkichlar va 2016 yil vazifalari:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 12 dekabrdagi 2458-sonli qaroriga asosan 2016 yilning I choragida 43 ta loyihalar bo‘yicha ishlar amalga oshirilishi rejalashtirilgan bo‘lib, amalda kapital qo‘yilma o‘zlashtirish prognlzi 112,6 foizga bajarildi va buning natijasida 8,3 mln.doll. o‘zlashtirildi.

Hududiy investitsiya dasturlari doirasida mahalliy hokimliklar bilan birgalikda 2016 yil 1 choragida rejadagi 191 ta o‘rniga 237ta loyiha amalga oshirilib, 1745 ta yangi ish o‘rinlari tashkil etildi. Boshqacharoq qilib aytganda, 97 ta yangi korxona barpo etildi va 140 ta korxona zamonaviy uskunalar bilan qayta jihozlandi.

Meva-sabzovot mahsulotlarini va uzumni qayta ishlash korxonalarining eski uskunalarini yangi, zamonaviylariga almashtirish yo‘li bilan modernizatsiyalashga katta ahamiyat berilmoqda. Keyingi 10 yil ichida Samarqand, Toshkent, Qashqadaryo, Andijon, Namangan va Xorazm viloyatlaridagi meva-sabzovot va uzumni qayta ishlash korxonalarida Shvetsariyaning "BUHLER", Italiyaning "FBR ELPO" Germaniyaning "FLOTBERG", Gollandiyaning "GEERLOFS" kompaniyalarining energiya tejamli liniyalari o‘rnatildi.

"Agromir Samarqand", "Master Global Plus", "Gold Dried Fruits" va "Green World" qo‘shma korxonalarida Shvetsiyaning "TETRA PAK" va Germaniyaning "Hans Binder Maschinenbau" kompaniyalarining asseptik qadoqlash va quritish liniyalarini xorijiy hamkorlar yordamida o‘rnatilishi natijasida yuqori sifatli, xalqaro standartlar talablariga javob beruvchi tabiiy meva-sabzovot sharbatlari, nektarlarni va quritilgan meva-sabzovot mahsulotlari ishlab chiqarish hamda ichki va tashqi bozorlarga sotish imkoniyatiga erishildi.

Davlat investitsiya dasturlari doirasida o‘tgan 3 yil davomida soha korxonalari tomonidan 124 ta loyiha amalga oshirildi va ushbu maqsad uchun 200,0 million dollardan ortiq miqdorida investitsiya yo‘naltirildi. 2015 yilda o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi 2013 yilga nisbatan 1,5 barobarga ko‘paydi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘naltirilgan xorijiy investitsiyalar miqdori 5,5 million dollarni tashkil etdi.

Hozirgi kunda dasturlarga qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash loyihalarini kiritishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Agarda 2012 yilda bu yo‘nalishda atigi 88 ta loyiha ijrosi ta’minlangan bo‘lsa, 2015 yilda ularning soni 1180 tani tashkil etdi. Bu borada amalga oshirilgan ishlar natijasida 2012 yilga nisbatan sutni sanoat usulida qayta ishlash ulushi 7,5 foizga, go‘shtni qayta ishlashda 7,1 foizga, meva-sabzovot mahsulotlarida 11,0 foizga oshdi.

So‘nggi uch yil davomida 400 tadan ortiq yangi nomdagi mahsulotlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Bu, o‘z navbatida, oziq-ovqat mahsulotlarining importdan kirib kelish hajmini qisqartirish imkonini berdi.

Oziq-ovqat tarmog‘ining respublika sanoatidagi ulushi 2010 yilda 12 foizga to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, bugunda bu ko‘rsatkich 18,21 foizni tashkil etmoqda. Sohaning tez sur’atlar bilan ravnaq topishi natijasida aholining ehtiyoji uchun sarflanayotgan oziq-ovqat mahsulotlarining qariyb 90 foizi respublikamizda ishlab chiqarilmoqda. Bu dunyo miqyosidagi eng yuqori ko‘rsatkichlardan biri hisoblanadi.



Davlat ivestitsiya dasturi ijrosi to‘g‘risida

2016 yilda xolding kompaniyasi bo‘yicha korxonalarning o‘z mablag‘lari, bank kreditlari va xorijiy sarmoyalarni jalb qilish hisobiga 53,01 million dollar miqdorida investitsiya o‘zlashtirish belgilangan. Shu jumladan, umumiy qiymati 11,52 million dollar bo‘lgan 11 ta loyiha to‘liq ishga tushirilishi lozim.

Joriy yilning yanvar-mart oylarida ishlab chivarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlash uchun istiqboldagi 7,38 million dollar o‘rniga 8.3 million dollar miqdorida sarmoya yo‘naltirildi va bu boradagi istiqbol ko‘rsatkichi 112,6 foizga bajarildi.

Hududiy investitsiya dasturi ijrosi to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar xokimliklari bilan birgalikda 2016 yilda 445,5 milliard so‘mlik mablag‘ hisobiga 1042 ta investitsiya loyihalari ijrosi ta’minlanishi va 11849 ta yangi ish o‘rinlari tashkil etilishi ko‘zda tutilgan. Jumladan, sutni qayta ishlash bo‘yicha 150 ta, go‘shtni qayta ishlash bo‘yicha 97 ta, meva-sabzavotni qayta ishlash bo‘yicha 160 ta va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha 635 ta loyiha amalga oshiriladi.

Chorak davomida 30,96 milliard so‘m mablag‘ o‘zlashtirilib, 191 ta loyiha amalga oshirilishi va 1339 ta yangi ish o‘rni yaratilishi belgilangan. Amalda 237 ta loyiha amalga oshiriladi va shu maqsad uchun 43,04 milliard so‘mlik mablag‘ yo‘naltirildi (124,1 foiz) va 1745 ta yangi ish o‘rinlari tashkil etildi.(130,1 foiz).

Ishlab chiqarishni mahalliylashtirish chuqurlashtirish, tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasini kengaytirish

2016 yilda "O‘zbekoziqovqatxolding" xolding kompaniyasi bo‘yicha raqobatbardosh, import o‘rnini bosuvchi mahsulot ishlab chiqarishni mahalliylashtirish bo‘yicha 14 ta loyiha amalga oshiriladi. Xususan, "Mir skazok" MChJda mevali nachinkali va nachinkasiz karamel, nachinkali va pomadali shokoladli konfetlar, plitkali shokolad va shokoladli zefir, "Fatih Lazzat maya" XKda preslangan nonvoyxona xamirturushi, "Marmaks" QK MChJda baliq konservasi ishlab chiqarish o‘zlashtirildi.

Joriy yilning I choragida mahalliylashtirish tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarish istiqbol ko‘rsatkichi 134,7 foizga bajarildi.

Investitsiya loyihalarining bajarilish holati:

Yangi ishlab chiqarishlarni tashkil etish, mavjudlarini modernizatsiyalash va quvvatlarni oshirish maqsadida joriy yilda davlat investitsiya dasturi doirasida 43 ta loyiha bo‘yicha 53,01 million dollar mablag‘ o‘zlashtirilishi rejalashtirilgan. 2016 yilning 3 oyida 8,3 million dollar miqdorida investitsiya o‘zlashtirildi va belgilangan prognoz ko‘rsatkichi 112,6 foizga bajarildi.



Mahalliylashtirilgan mahsulot ishlab chiqarish holati:

2016 yilda mahalliylashtirish dasturiga ko‘ra, 14 ta loyiha bo‘yicha 8,5 milliard so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilishi belgilangan. O‘tgan davrda 11,4 milliard so‘mlik mahsulot ishlab chiqariladi va prognoz ko‘rsatkichi 134,7 foizga bajarildi.

"O‘zbekoziqovqatxolding" xolding kompaniyasi bo‘yicha 2016 yilning I choragiga belgilangan iqtisodiy islohotlarning bajarilishi to‘g‘risida canoat mahsulotlari ishlab chiqarish istiqbol ko‘rsatkichlarining bajarilishi tahlili:

Joriy yilning I choragiga belgilangan istiqbol ko‘rsatkichlari ijrosining tahlili natijalariga ko‘ra:

Kompaniya tarkibidagi korxonalar tomonidan 926,7 milliard so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarildi va o‘sish so‘r’ati o‘tgan yilning shu davriga nisbatan istiqboldagi 115,7 foiz o‘rniga 115,0 foizni tashkil etdi. Shuningdek, 114,9 foiz o‘sish sur’ati bilan 923,6 milliard so‘mlik xalq istemol tovarlari ishlab chiqarilgan.

- Shakar ishlab chiqarish 138,5 ming tn (o‘sish sur’ati 118,6%);

- Qandolat mahsulotlari ishlab chiqarish 3666 tn (o‘sish sur’ati 152,4%);

- Piva ishlab chiqarish 33069 ming.litr (o‘sish sur’ati 125,9%);

- Go‘sht va go‘sht mahsulotlari ishlab chiqarish 195 tn (o‘sish sur’ati 107,6%);

- Kolbasa mahsuloti ishlab chiqarish 2872 tn (o‘sish sur’ati 109,8%);

- Sut va sut mahsulotlari ishlab chiqarish 14704 tn (o‘sish sur’ati 110,8%);



- Saryog‘ ishlab chiqarish 213 tn (o‘sish sur’ati 143,0%);

- Sir va brinza ishlab chiqarish (o‘sish sur’ati).
Download 21,33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish