Endoplazmatik to‘r - juda ko'p kanallardan iborat bo'lib, sirti silliq va
g'adir-budur bo’ladi. Silliq qismida yog‘, uglevodlar, g'adir-budur qismida esa oqsil sintezlanadi. Endoplazmatik to 'r hujayrada sintezlangan (hosil qilingan) oziq moddalarni boshqa joylarga o'tkazish, tashish, ortiqchalarini zahira holda saqlash, tashqi ta'sirni hujayra ichkarisiga o‘tkazish kabi vazifalarni bajaradi, u irsiy axborotni saqlashda ham ma'lum o‘rinni egallaydi.
Ribosomalar - eng mayda organoidlar bo'lib, ularning tarkibi asosan RNKdan iborat. Ribosomalar oqsil sintezining o‘ziga xos fabrikasidir, ular irsiyatda ham muhim rolni bajaradi.
Lizosomalar - asosan hayvon hujayrasida bo'ladigan, lipoproteid po‘sti bilan o‘ralgan mayda donachalardir. Ularning tarkibida organik moddalarni parchalovchi fermentlar bo‘lib, hujayradagi oqsil, yog‘, murakkab qandlarni
parchalashda ishtirok etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |