Irsiyat nima? Asosiy genetic tushunchalar. Irsiylanish va uning turlari


-rasm. Itlarda yung rangining irsiylanishi (epistaz). A - qora, a - jigarrang



Download 192,19 Kb.
bet4/4
Sana03.06.2022
Hajmi192,19 Kb.
#633003
1   2   3   4
Bog'liq
Asosiy genetic tushunchalar

11-rasm. Itlarda yung rangining irsiylanishi (epistaz). A - qora, a - jigarrang, I - rang hosil qiluvchi gen to'xtatuvchi, i - rang hosil qiluvchi gen faoliyati­ni to'xtatmaydigan gen.


Polimeriya. Allel bo'lmagan genlarning polimer tipi kom­plementar va epistazdan tubdan farq qiladi.
Agar komplemen­tar irsiylanishda belgi asosiy, to'ldiruvcbi gen allellari ta'sirida paydo bo'lsa, epistazda belgiga bir allel gen bevosita, ikkinchi allel bo'lmagan gen bilvosita ta'sir qilsa, polimeriyada bir-biri-ga allel bo'lmagan genlar bir yo'nalishda belgiga ta'sir ko'rsatib uni rivojlantiradilar. Polimeriyaga misol qilib bug'doyda don rangini irsiylanishini ko'rsatish joiz. Bug'doyning qizil va oq donli navlari chatishtirilsa, Fi avlodda donning qizil rangi dom­inantlik qiladi. Birinchi avlod duragay o'simliklar o'zaro



12-rasm. Bug'doy doni rangining irsiylanishi (kumulyativ polimeriya). chatishtirilgan taqdirda, ulardan hosil bo'lgan ikkinchi avlod duragaylarda 15/16 qizil, 1/16 oq donli bo'ladi (12-rasm).
Polimer irsiylanish kumulyativ va nokumulyativ polime-riyaga ajratiladi. Kumulyativ polimeriya miqdor belgilarni, nokumulyativ polimeriya esa sifat belgHarining irsiylanishini namoyon etadi. Yuqoridagi qizil va oq bug'doy chatishtirishdan olingan natijalar kumulyativ polimeriyaga misoldir. Kumulyativ polimeriya irsiylanishda duragaylarning birinchi va ikkinchi avlodida belgilarning rivojlanish darajasi dominant genlar soni-ga bog'liq bo'ladi. Shunga ko'ra duragay genotipda to'rtta do­minant gen bo'lgan taqdirda qizil, 3 ta dominant gen bo'lsa och qizil, 2 ta dominant gen bo'lsa pushti, 1 ta bo'lsa och pushti rangli donlar rivojlanadi. Genotipda dominant genlar bo'lmasa don oq rangli bo'ladi.
Nokumulyativ polimeriyada dominant belgining rivojlanishi dominant genlar soniga bog'liq bo'lmaydi. Natijada genotipi 4,3,2,1 dominant genlardan iborat bo'lgan individlar fenotip jihatdan o'zaro o'xshash bo'ladi.
Pleyotropiya. Genlarning ko'p tomonlama ta'siri — pleyot-ropiyada bir gen bir vaqtning ozida bir qancha belgilarning rivoj-lanishiga ta'sir ko'rsatadi. Misol tariqasida mutatsiya tufayli ayrim tovuqlarda patning jingalak ko'rinishda bo'lishini olamiz.



1 3-rasm.
Odatda bunday tovuqlarda patlari zich joylashmaydi va tana harorati past bo'ladi. Natijada yurak urishi tezlashadi, hajmi or-tadi, ozuqaga talab ko'payadi, tuxum qo'yishi kamayadi. Shun-day qilib patni jingalak bo'lishiga ta'sir etuvchi gen ayni vaqtda tovuqning boshqa belgi xossalariga ham ta'sir ko'rsatadi. Sichqonlarda yungning sariq rangini ifoda qiluvchi gen ayni vaqtda gomozigota holatda letal xususiyatga ega ekanligi ham pleyotropiyga misol bo'ladi (13-rasm).
Modifikator genlarning ta'siri. Belgilarning rivojlanishiga allel bo'lmagan genlar ta'siri o'rganilganda e'tibor asosiy gen-larga qaratilgan edi. Lekin organizm genotipida modifikator gen­lar ham uchraydi. Ular belgiga bevosita ta'sir ko'rsatmay, balki

14-rasm. Modifikator genlar ta'sirida qoramollarda qora va oq yungning har xil miqdorda irsiylanishi.


belgiga ta'sir etuvchi gen faoliyatini kuchaytiradi yoki susaytira-di. Misolga qora mollar terisining ola-bula bo'lishini olsak, bu belgi bitta asosiy retsessiv gen va ikkita modifikator genlar ta'siri-da rivojlanadi. Uning bittasi oq rangning hosil bo'lishini kuchaytiradi, ikkinchisi esa susaytiradi. Natijada birinchi holat­da terida oq rangli, ikkinchi holatda qora rangli dog'lar ко'proq bo'ladi (14-rasm).
Download 192,19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish