55
Ko’pchilik fermerlar bu muammoni juda kech anglab yetadilar.
Olimlar ekinni
sug’orish normalarini tuproqning mexanik tarkibi, sizot suvlari joylashishi, hamda
ekin turiga qarab belgilash ekin hosildorlikkini keskin oshirishini aniqlashgan.
Suvni ko’p berish natijasida kelib chiqadigan salbiy natijalar nimalardan
iborat:
1.
Sizot suvlari sathi ko’tariladi, natijada tuproqning sho’rlanishiga olib
keladi;
2.
Ortiqcha suvlar daladan tashlamaga chiqib ketadi va o’zi bilan hosildor
qatlamidagi ozuqa elementlarni olib chiqib ketadi;
3.
Sug’oriladigan maydon
keragidan ortiqcha namlanib, dalaning yetilishi
kechikadi;
4.
Oqibatda o’simlik uchun kerak bo’lgan tuproqdagi suv-ozuqa-tuz-havo
almashinuvi buziladi.
Dalaga sug’orish uchun berilgan suv tuproqning
mexanik tarkibiga qarab
turli darajada tuproqqa singadi. Past unumdorli tuproq namlikning tez ortib
ketishiga moyil bo’ladi. Ko’pincha ekin maydonida og’ir vaznli texnikalarning
ko’p harakatlanishi va yerni noto’g’ri haydash
tuproq tuzilmasiga shikast
yetkazadi. yerni namligida haydash uning kuchli zichlashishiga olib keladi. yer
zichlanishi o’simlik ildizlari va suvning tuproqqa shimilishi uchun qiyinchilik
tug’diradi. Ushbu muammo O’rta Osiyo mamlakatlarida tez-tez uchrab turadi.
Tuproqda natriy tuzlarining oshib ketishi tuproqning unumdorligini pasaytiruvchi
sabablardan biri hisoblanadi.
Tuproq sho’rlanishi O’rta Osiyoning sug’oriladigan yerlarida keng tarqalgan
bo’lib, bu yer osti suvlari sathining yuqori joylashganligidir.
Tuproqda eruvchan
tuzlarning yig’ilib qolishi natijasida sho’rlanish yuz beradi. Chunki mintaqaning
yarim qurg’oqchil hududlarida yog’ingarchilikka nisbatan bug’lanishning
yuqoriligi tuzlarning tuproq sathida to’planishiga sabab bo’ladi. SHu tufayli tuzlar
o’simlik ildizi atrofida to’planadi va hosildorlikka jiddiy zarar yetkazadi.
56
Ushbu muammo sug’orishni to’g’ri tashkil qilish orqali bartaraf etilishi
mumkin. Oddiy egatlab sug’orish ekin maydonida yig’ilib
qolgan tuzlarni
o’simlikning ildiz zonasi (hosildor qatlami) orqali yuvib chiqib ketadi. Biroq sizot
suvlari sathi yuqori bo’lsa, to’plangan tuzlarni tuproqdan yuvib tashlashning iloji
bo’lmaydi. Muammoni oldini olishning yagona yo’li sizot suvlarini to’g’ri
boshqara bilishdir. Ya’ni dalaga ortiqcha suv berishdan qochish darkor. Chunki
berilayotgan suv sizot suvlari sathining ko’tarilishiga sabab bo’ladi.
Keragidan ortiqcha suv berish quyidagi salbiy oqibatlarga olib keladi:
1.
Qishloq xo’jalik ekinlarining hosildorligi kamayadi;
2.
Ekinning bo’yi o’sib ketadi, ozuqa elementlari yuvilib ketadi;
3.
Etishtirilgan hosilning sifati tushib ketadi;
4.
Tuproqni meliorativ holati yomonlashadi;
5.
Tuproq eroziyaga uchraydi;
6.
Tuproq sho’rlanishi yuzaga keladi.
Mavjud muammolarni oldini olish uchun quyidagilarni amalga oshirish talab
qilinadi:
1.
Suvdan foydalanish rejasini to’g’ri tuzish va
shu asosda suv taqsimotini
yo’lga qo’yish;
2.
Limitdan ortikcha suv olmaslik;
3.
Fermer va suvchilar psixologiyasini o’zgartirish;
4.
Suvchilarni suv bo’yicha trening(seminar)larga jalb qilish;
5.
Suvning hisob-kitob ishlarini yo’lga qo’yish;
6.
Fermerlarga suvni tejaydigan ilg’or texnologiyalarini o’rgatish;
7.
Tajriba almashishni yo’lga qo’yish;
8.
Suv yetkazib berish xizmatiga haq to’lashni joriy qilish;
9.
Sug’orish dalasini tekislashda dala nishobliligiga amal qilish (sug’orish
dalasini tekislash);
10.
Erni sug’orishga to’g’ri tayyorlash, tuproq holatini yaxshilash va o’q
ariqlarni talab darajasida kesish;
57
11.
Ekinlar agrotexnikasini talab darajasida amalga oshirish.
Do'stlaringiz bilan baham: