Irrigatsiya va melioratsiya


Tik zovurlar tizimini xususiyati, tik zovurlardan foydalanish uchun



Download 10,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet177/197
Sana20.07.2022
Hajmi10,88 Mb.
#830393
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   197
Bog'liq
irrigatfsiya

25.3.Tik zovurlar tizimini xususiyati, tik zovurlardan foydalanish uchun 
qo’yiladigan texnik talablar 
Tik zovurlar meliorativ, profilaktik,sug’orish – zax qochirish maqsadlari uchun 
loyihalaniladi. 
Meliorativ tik zovurlar uchun 2 ta bosqich, ya’ni 2 xil ish rejim belgilanadi.
Birinchi davr – meliorativ davr, bunda tik zovur profilaktik ta’mirlash davridan 
boshqa davrlarda tunu-kun ishlaydi. (foydali ish koeffitsiyent=0.85) ikkinchi davr – 
muntazam foydalanish davri – bunda tik zovur loyihaviy rejimga solinadi. Tik 
quduqlarni foydali ish koeffitsiyenti ancha kichik bo’ladi. Birinchi davrda tik zovur 
yerlarni chuchuklashtirish va sizot suvlari sathini pasaytirishga xizmat qilib, 
ikkinchi davrda asosan sizot suvlar sathini ma’lum sathda saqlashga xizmat qiladi. 
Profilaktik tik zovurlar ish rejimi texnik loyihada belgilangan bo’lib ular sizot 
suvlarini sug’orish maydonidan olib chiqish yoki bu suvlardan foydalanish 
maqsadida loyihalanadi. Profilaktik tik zovurlarni vazifasi – sizot suvlar sathini 8-
10 m chuqurlikda ushlab turish ya’ni avtomorf rejimni saqlab turishdir. 
Bu xildagi tik zovurlar quyidagi ish rejimlarida ishlaydi: 
• kunu –tun ishlaydi (foydali ish koeffitsiyent=0.85); 


448 
• faqat havo harorati iliq bo’lganda ishlaydi; 
• sug’orish uchun ishlab uni ish rejimi sug’orish grafigiga moslangan bo’ladi. 
Sug’orish – zax qochirish tik zovurlar 3 rejimda ishlashi mumkin, birinchi 
ish rejimda tik zovur sug’orish grafigiga bog’liq holda ishlaydi, qolgan ikki xil 
rejim tik zovur boshqariladigan suv havzasi uchun ishlaganda ro’y beradi. 
Tik zovurlar meliorativ rejimda ishlaganda meliorativ maydonda qurilgan 
barcha tik zovurlarni hammasini birato’lasiga ishlashini taqozo etadi. Faqat 
shundagina sug’orish maydonini meliorativ holati yaxshilanishi mumkin. 
Tik zovurlardan foydalanishda quyidagi tartib va umumiy talablar 
qo’llaniladi. 
1.Tik zovurlardan foydalanishda unga biriktirilgan ishlab chiqarish vakillari 
tik zovurni belgilangan ish rejimida ishlatishni, loyihaviy foydali ish koeffitsiyentini 
qiymatiga erishishni ta’minlashlari kerak. 
2.Har bir tik zovurlarni yillik ish rejasida: 
• tik zovurlarni suv tortib chiqarish maydonlari; 
• tik zovurlarni ta’mirlash ishlarini uddatlari, profilaktik, joriy va asosli 
ta’mirlashi ko’rsatilishi kerak. 
3.Tik zovurlarni yillik ish rejasi rahbariyat tomonidan tasdiqlanib tik zovur 
ish rejimi uchun asos hisoblanadi. 
4.Tasdiqlangan yillik ish rejasi bo’yicha har bir bo’limni oylik ish rejalari 
to’zilib bo’lim boshliqlari tomonidan tasdiqlanadi. 
5.Ish rejalarini bajarish hisobot ko’rinishida amalga oshirilib, hisobotlarni 
taxlili asosida tik zovurlarni ish rejimiga o’zgartishlar kiritilishi mumkin. Bunda 
asosiy omillardan biri tik zovurlarni ish rejimiga bog’liq ravishda sug’orish 
maydonining meliorativ holati hisoblanadi. 
6.Tik zovurlardan foydalanish bo’limi tomonidan oylik va yillik ish rejimlari 
bajarilishi nazorati, hisobotlarni yig’ish, ularni taxlil etish, ayniqsa tik zovurlardan 
so’rilib chiqarilgan suv hajmi, buning uchun sarflangan elektr quvvati, ta’mirlash 
harajatlari taxlil etiladi. 


449 
7.Tik zovurlarni butun amortizatsiya davrida har yetti kunda 1 marotaba -
odatdagi nazorat, har oyda 1 marotaba – texnik nazorat, har 6 oyda 1 marotaba 
rejaviy profilaktik nazorat, ish rejasi asosida esa joriy va kapital ta’mirlash ishlari 
amalga oshiriladi. Tik zovur inshootlari va qurilmalari joriy kapital ta’mirlash 
ishlari mahsus mutaxassislashgan korxonalar tomonidan amalga oshiriladi. Qolgan 
ishlar tik zovurlardan foydalanish xizmat guruhi xodimlari tomonidan amalga 
oshiriladi. 
Odatdagi nazorat ishlarida quyidagilar muntazam kuzatilib boriladi: 
•tik zovur tizimidagi barcha inshootlarni butligi; 
•tik zovur qudug’i og’zini holati; 
•ampermetrlarni ko’rsatkichi (keladigan tok kuchi stantsiya tomonidan 
ishlatiladigan tok kuchidan oshmagan bo’lishi kerak); 
•manometr ko’rsatkichi (bosim nasos qurilmasi uchun belgilangan bosimdan ortib 
ketmasligi kerak); 
•nasos qurilmasini ishlash ovozini tozaligi; 
•quduq debeti; 
•quduqdagi dinamik suv sath qiymati. 
Quduq debetini o’lchashda suv bilan barcha surib chiqilayotgan mexanik 
zarrachalarning tarkibiga ham e’tibor berish kerak. 
Texnik nazorat ishlarida quyidagi ishlar nazarda tutiladi. 
•suvdan kimyoviy analiz uchun namuna olish; 
•suvdan uning tarkibida mexanik zarrachalar miqdorini aniqlash uchun namuna 
olish; 
•suv sarfini o’lchaydigan qurilma va jihozlarni tekshirish va lozim topilganda 
to’g’rilash; 
•elektr kabeldagi qarshilikni o’lchash (agar qarshilik 5 M Om dan kam bo’lsa 
nasos qurilmasi uni ta’mirlash uchun to’xtatiladi); 
•tizim qismlari ko’zdan kechirish, tozalash, murvatlarini qotirish (nasos 
elektrodvigatelini tok kuchi sarflashi ortganda, yoki nasosni ish unumi 20 %dan 
pasayganda nasos ishi to’xtatiladi). 


450 
Barcha texnik kuzatuv natijalari mahsus jurnallarga yozilib bu to’g’risida 
uchastka dispetcheriga xabar qilinadi. 
Nasos qurilmasida uni joriy va kpital ta’mirlash bilan bog’liq kamchiliklar 
aniqlanilganda dalolatnoma to’zilib uchastka dispetcheriga bu kamchilik mahsus 
hay’at tomonidan ko’rilishi uchun taqdim etiladi. 
Hay’at tarkibi rahbariyat tomonidan tayinlanadi. 
Rejaviy profilaktik nazorat quduqdan nasos qurilmasi sug’urib olinish 
jarayonida va reja bo’yicha nasos ishi to’xtatilish vaqtlarida amalga oshiriladi. 
Bunda quduqni chuqurligi, undagi tindirgichda loyqa cho’kish qalinligi, 
ekspluatatsion kalonka va filtrni butunligi, ularda o’simtalarni mavjudligi va turi( 
suratga olish orqali) nasos agregatini holati va texnik nazoratda bajariladigan ishlar 
amalga oshiriladi. 
Nazorat natijasida defekt (nuqson) dalolatnomasi to’zilib bunda tiklash – 
ta’mirlash ishlarini hajmi aniqlanadi. Dalolatnoma meliorativ tizim boshqarmasi 
bosh injeneri tomonidan tasdiqlanib tik zovurni pasportiga kiritiladi. 
Avariya natijasida ishdan chiqqan quduqni o’rganish uchun meliorativ tizim 
boshqarmasi boshlig’i buyrug’iga asosan hay’at to’ziladi. Avariya bo’lganligi 
to’g’risidagi xabar kelishi Bilan hay’at a’zolari 24 soat davomida avariya bo’lgan 
quduqni nazoratdan o’tkazishlari kerak. Hay’at o’z dalolatnomasida avariya 
sbablari, uni tiklash bo’yicha ish turi va hajmlari va bajarish muddatlarini 
ko’rsatadi. 
YUqoridagi ishlarni bajarishni tartibga solish maqsadida ekspluatatsion 
bo’linmalar tashkil etilishi maqsadga muvofiq. Bu bo’linmani shtat birligi boshliq 
(bosh dispetcher) dispetcher va tik quduqlarni nazorat qiluvchi ta’mirlovchi 
mutaxassislardan iborat bo’lib ular mahsus o’z joylariga ega bo’lishlari jumladan: 
dispetcherxona, jihoz va qurilmalarni ta’mirlash uchun laboratoriya xonasiga, zaxira 
buyum va jihozlarni saqlash xonasiga ega bo’lishlari kerak. 
Tik zovurlardan foydalanish oldindan tuzilgan va tasdiqlangan reja asosida 
amalga oshiriladi va ular mahsus shaklda bo’ladi. Rejada tik zovur quduqlarining 
normal texnik ishchi holatda bo’lishi uchun barcha ishlar nazarda tutiladi. Bunda 


451 
barcha ta’mirlash ishlari novegetatsiya davriga 1-2 oydan oshmaydigan davrda 
rejalashtiriladi. Vegetatsiya davri uchun faqat kichik profilaktik ta’mirlash ishlari 
rejalashtiriladi. 
Bizga ma’lumki tik zovur quduqlari asosan yer osti va yer usti qismlaridan 
iboratdir. 

Download 10,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   197




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish