Irrigatsiya va melioratsiya


 Tik zovurlardan foydalanish xizmatini tashkil etilishi



Download 10,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet176/197
Sana20.07.2022
Hajmi10,88 Mb.
#830393
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   197
Bog'liq
irrigatfsiya

 
25.2. Tik zovurlardan foydalanish xizmatini tashkil etilishi 
Tik zovurlardan foydalanish xizmatini yaxshi tashkil etilishi ularni ishonchli va 
uzoq vaqt ishlashini kafolatidir. Bu holat sug’orish maydonlaridagi meliorativ 
tadbirlarni samaradorligini oshiradi. Tik zovurlar tizimini xususiyati ulardan 
foydalanishda mahsus mutaxassisliklar (elektriklar, mexaniklar), avtokranlar, 
burg’ulash qurilmalari ilan jihozlangan mahsus ta’mirlash xizmat guruhi, 
elektromotor va nasoslarni ta’mirlaydigan zavodlar qurishni hamda tik zovurlar 
tizimi uchun zaxira qismlar saqlaydigan joylarni tashkil etishni taqozo etadi. 
Yirik ta’mirlash ishlari uchun shartnomalar tuzadi. Tik zovurlardan 
foydalanish xizmat guruhining asosiy vazifalari bo’lib: 
• loyihaga asosan qurilgan tik zovurlarni to’liq,bekamuko’st qabul qilib 
olish; 
• tik zovur tizimini ishchi holatda saqlab turish; 
• tik zovurlarni meliorativ ta’sirini oimiy nazorat qilib borish; 
• ko’zlangan meliorativ rejimga erishishda meliorativ maydonlardagi 
gidromeliorativ va agrotexnik tadbirlar bilan doimiy aloqada bo’lish; 


445 
• meliorativ maydonlarini unumdorligiga bog’liq ravishda tik zovurlar tizimi 
samaradoligini ta’minlovchi ish rejim bo’yicha hujjatlar va hisobotlarni to’zishlar 
hisoblanadi. 
Tik zovurlarni foydalanishga qabul qilib olish mahsus dalolatnoma bo’yicha tik 
zovur to’liq qurilib bo’lgandan so’ng amalga oshiriladi. Tik zovur qurilish ishlari 
bajarilishi bilan bu to’g’risida dalolatnomalar tuzilib boriladi. Jumladan: 
♦ quduqni burg’ulash tugallanganligi to’g’risida ; 
♦ quduqqa filtrli karkas va uning atrofiga shag’al tushirilganligi to’g’risida; 
♦ Q=f(s) va q=f(s) bog’liqlarini olish uchun qurilish va tajriba suv surib olish 
qiymatlari to’g’risida. 
Ulardan tashqari quyidagi ishlar bo’yicha mahsus dalolatnomalar to’ziladi: 
• loyiha bo’yicha qurilgan nazorat pezometrlari uchun; 
• nasos qurilmasini qurish va sinab ko’rilganligi uchun; 
• avtomatika, telemexanika va aloqa tizimlarini qurish va jihozlanganligi 
uchun; 
• so’rib chiqarilgan suvlarni uzatish va qabul qilish inshootlari qurilganligi 
uchun; 
Tik zovur qurilishi va jihozlanishi tugashi bilan u ishga tushiriladi va u 15 -20 % 
ortiqcha yuklama bilan sinaladi. 
Sinov shag’alli suzma (filtr) shakllanguncha davom ettiriladi. Buning uchun tik 
quduqda suv tortish to’xtatilib va qayta ishga tushiriladi. Suv bilan qumni tortilib 
chiqishida davomat 5-10 minutdan oshmaslgi va suvdagi qum miqdori 0.01 % dan 
kichik bo’lishi tik zovurni foydalanishga tayyorlitgini bildiradi. 
Tik zovur qudug’i joylashgan maydoncha atrof maydonidan 0.5 m balandlikda 
bo’lishi va panjaralar Bilan o’ralgan bo’lishi shart. Bu maydonchada mahsus 
idishda 23 m
3
qum shag’al to’kmasi zaxirasi bo’lishligi kerak. 
Tik zovurlardan foydalanishda ularni ish rejimi sug’orish massivini meliorativ 
va unga mos suv –tuz rejimiga moslangan holda olib boriladi. SHu bois tik 
zovurlardan foydalanishda ishni yaxshi tashkil etilishi meliorativ ishlarni ijobiy 
kafolati hisoblanadi. 


446 
Tik zovurlarni ishonchli va uzoq muddatli ishlashi asosan quyidagilarga 
bog’liq: 
• tik quduq konasos stantsiyasi truktsiyasi va qum – shag’al suzgilarni 
o’zaro to’g’ri bog’liqlikda tanlanganligiga; 
• tik zovur qo’yilgan talablar bo’yicha to’g’ri qurilganligi va to’kma suzgini 
shakllanishiga; 
• Q=f(s) va q=f(s) qiymatlarini loyihaviy qiymatlari to’g’riligiga; 
• tik zovur qudug’idagi nasos markasini to’g’ri tanlanganligiga. 
YUqoridagi keltirilgan talablarni to’g’ri bajarilmaganligi tik zovurlardan 
foydalanishda belgilangan meliorativ tadbirlar unumini keskin kamayishiga va 
yomon oqibatlarga sabab bo’ladi. 
Tik zovurlardan foydalanish amaliyotidagi tajribalarni ko’rsatishicha 
loyihalashtirilgan tik zovurlarni tezroq ishga tushirish va ularan dastlabki 
foydalanish davrida to’liq yuklama bilan ishlatish kerak. Tik zovurlardan 
foydalanishda ularni hech sababsiz,rejasiz ishlamasligi sug’oriladigan maydonlarda 
sizot suvlarining ko’tarilishdagi loyihaviy ish rejimini bo’zilishiga, tik zovurlarni 
gidromorf rejimida ishlashiga sabab bo’ladi. Natijada sug’orish maydonlarida 
qishloq ho’jalik ekinlarining hosildorligi keskin pasayishi kuzatiladi. 
Tik zovurlarni ishini to’xtab qolish sabablariga: 
• elektr quvvatining yo’qligi; 
• nasosni yoki tizimni ta’mirlash; 
• xo’jaliklarni iltimosi; 
• tik zovurlardan foydalanish xarajatlarini to’lay olmasliklari misol bo’ladi. 
Oxirgi yillarda tik zovurlarni ish koeffitsiyenti 0.2 ni tashkil etilganligini asosiy 
sababi nasosni yoki tizimni ta’mirlash hisoblanmoqda, chunki tik zovur ish rejimni 
bo’zilishi (uni to’xtashi, turli yuklamada ishlashi va h.o.) uni qum bosishga olib 
keladi. Bu holat esa: 
• tik quduqda qum cho’kishiga va ularni muntazam ravishda erlift bilan 
tozalash (chunki tik quduqni ko’rsatkichlari keskin yomon tomonga o’zgaradi) ga; 


447 
• nasoslarni yeyilishiga va ishdan chiqishiga, uni to’xtashiga,nasosni ish 
soatlarini 2-3 marotaba kamaytirishga; 
• suv bilan qumni surib chiqarilishi ba’zida quduq maydonchasini 
cho’kishiga olib keladi. 
Yuqoridagilarni hisobga olgan holda tik zovurlardan foydalanish xizmat guruhi 
tik zovurlarni ishlashini, ish rejimini o’zgartirmasligini, ularni to’xtashini faqat 
profilaktika uchun va sug’orish mavsumi tugaganda amalga oshirishlari kerak. Tik 
zovurlarni ishga tushirishdan oldin ularni chuqurligini tekshirish, ularni pasport 
ko’rsatkichlari qiymatlarini, nasoslarining quvvatlari mos kelishini tekshirish kerak.
Yillik profilaktik ta’mirlash va tik zovurni yer usti maydonchasini estetik va 
texnik tomondan soz ushlab turish ham texnik xizmat guruhini asosiy vazifalaridan 
biri hisoblanadi. 

Download 10,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   197




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish