Irrigatsiya va melioratsiya


Suv o’lchash, uni amalga oshirish usullari



Download 10,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet149/197
Sana20.07.2022
Hajmi10,88 Mb.
#830393
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   197
Bog'liq
irrigatfsiya

20.2.Suv o’lchash, uni amalga oshirish usullari. 
Sug’orish tizimlarida suvni hisobga olish ishlarini gidrometrik xizmat guruxi 
amalga oshiradi va uning tarkibiga tizimni texnik holatiga karab gidrometrlar, 
kuzatuvchilar va boshqaruvchilar kirishi mumkin. Agarda tizimda suv o’lchash va 
suvni boshqarish avtomatlashtirilsa gidrometrik xizmat guruxini tarkibi keskin 
uzgaradi. 
Bu xizmat guruxining asosiy vazifasi gidropostlarda tizimdagi suv sarf 
qiymatini o’lchash, gidropostlar holatini nazorat qilish, ma’lumotlar to’plash va 


356 
ularni qayta ishlash, hisobotlar to’zish, inshoot va kanallarda urnatilgan postlarda 
tarirovka ishlarini bajarish hisoblanadi. 
Barcha gidrometrik kuzatuv ishlari va ulchov natijalari mahsus shakldagi 
hujjatlarda kayd etib boriladi. Bu hujjatlar turkumiga dala jurnali, muvozanat 
jadvali, sug’orish tarmoqlarini foydali ish koeffitsiyent kaydnomasi, suv manbasini 
kuzatish bo’yicha jadval va x.k. kiradi. 
Sug’orish tizimida quyidagi gidrometrik postlar urnatiladi: 
. tayanch gidrometrik postlar: bunday gidrometrik postlar suv manbaidagi suvni 
hisobga olish maqsadida tizimga suv olish nuktasidan yukorida, manbada boshqa 
davlat gidrometrik post yuk bo’lgan holatlarda urnatiladi; 
bosh gidrometrik post: bu post tizimga manbadan olinadigan suvni hisobga olish 
maqsadida tizimni kulok boshida (suv inshootida yoki kanalni bosh qismida) 
urnatiladi; 
- doimiy ishlovchi gidrometrik postlar: bu postlar tizimdagi xar bir suv 
tugunida, hamda suvdan foydalanuvchi xo’jaliklarni kulok boshlarida, taqsimlangan 
suvni hisobga olish uchun urnatiladi. 
Tashlama gidrometrik postlar: ular tizimga olingan ammo foydalanilmay 
tashlab yuborilgan suvni hisobga olish maqsadida tizimni tashlama qismlarida 
urnatiladi. 
Muvozanat gidrometrik postlar: bu postlar muvozanat maydonlarini 
chegaralarida sug’orish, tashlama va zax kochirish tarmoqlarida urnatilgan bo’lib, 
asosan suv muvozanatini aniqlashda va sug’orish tizimlaridan haqikiy isrof suv 
miqdorini aniqlashda kullaniladi. 
Mahsus gidrometrik postlar: bu postlar ilmiy tekshirish va qidiruv tadqiqot 
ishlarini amalga oshirish uchun xizmat qiladi.
Suv manbasiga urnatilgan post suv satxini ko’rsatuvchi reykalar bilan 
jixozlangan gidrometrik stvor ko’rinishida bo’lib ushbu tayanch gidrometrik post 
bilan bosh gidrometrik post urtasida ularda bir vaktda ulchov ishlarini bajarish 
orqali bog’liqlik urnatiladi. 


357 
Muvozanat gidrometrik postlar suv satxini, ko’rsatuvchi reyka va mahsus 
kuprik bilan jixozlanadi. Bu yerda suv satx qiymatini bilgan holda tarirovka 
grafigidan suv sarf qiymati aniqlanadi. Mabodo suv o’lchash inshootlari mavjud 
bulsa gidrometrik stvorga xojat kolmaydi. 
Bosh va muvozanat gidrometrik postlarda kuzatuv ishlari yozda kuniga 3 
maxal- soat 7,13 va 19, kishda 2 maxal soat 7 va 13 da amalga oshiriladi. 
Doimiy ishlovchi gidrometrik postlar aksariyat hollarda boshqaruvchi suv 
ulchagich (regulyator vodomer) lar ko’rinishida bo’lib ular avtomatik ravishda 
suvni taqsimlaydi. Bu suv tugunini yukori va pastki b’eflari suv satxini ko’rsatuvchi 
reykalar bilan jixozlangan buladi. Bunda suv sarf qiymati bosim va inshootni suv 
chiqarish yuzasini ochilish qiymatiga ko’ra aniqlanadi. 
Suvdan foydalanuvchiga beriladigan suv miqdorini unga boradigan kanalni 
uzgarmas kundalang kesim yuzasidan foydalangan holda aniqlash mumkin. Bunda 
suvning chuqurligi reykalar yordamida aniqlanadi. Tabiiyki bunday kundalang 
kesim oldindan tarirovka qilingan buladi. Suv miqdori qiymatini aniqrok belgilash 
uchun mahsus suv o’lchash kurulmalari urnatiladi. 
Gidromeliorativ tizimlarda quyidagi suvni hisobga olish usullari 
kullaniladi: o’zanli, gidravlik, aralash va belgi usullari. 
Uzanli usul: suv okim uzanini kundalang kesim unsirlari va okim 
tezligiga asosan suv sarfi va hajmini aniqlashga asoslangandir. Agarda kuyilgan 
talablar tulik bajarilsa, ya’ni uzgarmas uzan va kerakli jixozlar mavjud bulsa, bu 
usul oddiydir Ammo uzan yuvilsa, yoki uni loyka bossa uzgaruvchan satx ta’sirida 
bulsa aniqlik 10 %gacha fark qiladi. Bunda asosiy uslub nazorat gidrostvorda
Q=f(H)
, bog’liqlikdan foydalanishdir. 
Bu usulda uzanni to’g’ri chizikli qismi (uning uzunligining kamida uzan suv satxi 
enidan 5 marotaba uzun bo’lishi shart) tanlanadi. Suv sarf ulchovi mahsus kuprik 
yordamida amalga oshiriladi. Kuzatuv ishlariqanalda suv satxi mukumlashganda 
boshlanadi. Suvni chuqurligi santimetrli bulakchalar bilan belgilangan reyka 
yordamida aniqlanadi. Reyka inshoot devoriga, yoki mahsus kozikka biriktiriladi. 


358 
Uzan quyidagi tartibda tarirovka qilinadi. Belgilangan kundalang kesimda 
suv tezligini o’lchash tik kesimlarini urni belgilanadi. Agarda uzan eni 5 m dan kam 
bulsa 3-4 tik kesim, uzan eni 6-20 m bulsa 5-6 tik kesim, uzan eni 20 m dan katta 
bulsa 7-8 tik kesim belgilanadi. Kanalda suv chuqurlik qiymatiga karab suv tezligini 
o’lchash 1-3 nuktada belgilanadi 3 nuktalida suv tezligi suv satxidan 0,2N: 0,6N: 
0,8 chuqurlikda, 2 nuktalikda 0,2N va 0,8N chuqurlikda, 1 nuktalikda 0,6N 
chuqurlikda ulchanadi. Urtacha tezlik: 
3 nuktali ulchovda Vur=(V + 2V +V ) / 4:, 
2 nuktali ulchovda Vur= (V + V ) /2, 
1 nuktali ulchovda Vur= V ko’rinishda aniqlanadi. 
Tik kesimlarni joylashgan urniga karab ular elementlar yuzalariga (uch 
burchak, turt burchak, trapetsiya) ajratilib xar bir yuza bo’yicha suv sarf qiymati 
aniqlanadi. Ularni yigindisi kundalang kesim yuzani suv sarfini beradi. 
Suvni uzandagi bir tekis xarakati uchun xar kanday kundalang kesimdag suv 
sarfi Q=V m/s formula orqali aniqlanilishi sizga ma’lum. 
Kanal uzanini turli satx qiymatlari uchun suv sarf qiymatlari aniqlanilgach 
tarirovka grafigi to’ziladi. 
Mavsum davomida bu grafoydali ish koeffitsiyent bir ikki marotaba suv 
o’lchash orqali nazorat qilinishi maqsadga muvofiq hisoblanadi. 
Gidravlik usulda suvni cheklangan kundalang kesim yuzasidan, yoki inshoot 
ostonasidan okib chiqishdagi gidravlik qonuniyatlariga asoslangan holda 
inshootning uzgarmas va aniq qiymatlari (ostona uzunligi, suv chiqish yuzasining 
ulchamlari) hamda uzgaruvchan ko’rsatkichlar (ta’sir kiluvchi bosim, b’eflardagi 
satxlar farki va x.o.) yordamida kanalning suv sarfi, yoki suv hajmi aniqlanadi. 
Bu ish suv o’lchash inshootlari, qurilmalari yoki tarirovk qilingan gidrotexnik 
inshootlar yordamida bajariladi. 
Bizga 
ma’lumki, barcha gidrotexnik inshootlar boshqarilmaydigan 
(sharshara, tezokar va x.o. ya’ni xarakatdagi suv tuskichi yuk va boshqariladigan 
(suv tusish inshootlari, suv chiqarish inshootlari va x.o.) ya’ni suv satxi va sarfini 
boshqaruvchi xarakatdagi tuskich (shit) bilan jixozlangan inshootlarga farklanadi. 


359 
Boshqarilmaydigan inshootlarni tarirovka (darajalash) qilish ancha oson, 
chunki bu holda bu inshootlar ustidan utadigan suv sarfi ostona ustidagi suv bosimi 
qiymatiga bog’liqdir: 
Q= v
2
/
3
2

Bu yerda: - suv sarfi koeffitsiyenti 
v- ostona eni, m: 
N-ostona ustidagi bosim: 
-qiymati aniq bo’lganda ushbu formula Q=qH
3/2
ko’rinishda ifodalanadi, bunda Q= v
g
2

bu yerda: Q –ushbu inshoot uchun doimiy ko’rsatkich hisoblanadi. 
Tarirovka qilishda uzanli usul kullaniladi. Boshqariladigan inshootlarni 
tarirovka qilish ancha murakkab, chunki bunda suv sarfini qiymati ikki va undan 
ortik uzgaruvchiga bog’liq buladi. Masalan: erkin suv okib utishda suv sarf qiymati
Q= uav
,
2

Download 10,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   197




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish