XVIII. XO’JALIKLAR UCHUN SUVDAN FOYDALANISH REJASINI
TUZISH ZARURIYATI
18.1. Dexqon, fermer xo’jaliklari va suv iste’molchilari uyushmalari
Er resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish o’z navbatida suv
resurslaridan foydalanish holatiga bevosita bog’liqdir. CHunki mamlakatimiz
qishloq xo’jaligida yetishtirilayotgan mahsulotning 90 foizidan ortig’i
sug’oriladigan yerlar hissasiga to’g’ri keladi. Xozirgi vaqtda suv iste’molchilari
317
uyushmalari tuman suv xo’jaligi organlaridan keyingi iste’molchilarni suv bilan
ta’minlovchi yagona xo’jalik yurituvchi sub’ekt bo’lib qolmoqda.
Suv iste’molchilari uyushmalarilar qishloq xo’jaligi korxonalari hududida
o’zaro suv xo’jaligi munosabatlarini tartibga solib borishni ta’minlash uchun tashkil
qilingan. Ular tuman suv xo’jaligi idoralari bilan kelishgan holda ichki sug’orish
tizimi bo’yicha suvdan foydalanuvchilar ta’sis yig’ilishi qaroriga ko’ra tashkil
etiladi. Uyushma a’zosi bo’lmaganlarning suvdan foydalanishi bo’yicha xuquqiy
tuman qishloq va suv xo’jaligi bo’limlari tomonidan himoya qilinadi. Suv
iste’molchilari uyushmalari balanasos stantsiyasi iga hududda joylashgan
sug’orish ariqlari va zovur tarmoqlari kiritilgan bo’lib, ularni tozalash, ta’mirlash,
yangilarini qurish hamda doimo ishga yaroqli holda saqlash, iste’molchilarni suv
bilan ta’minlash vazifalarini bajaradi va shuning evaziga ta’sischi fermer
xo’jaliklari tomonidan moliyaviy mablag’lar bilan ta’minlanadi.
Suv iste’molchilari uyushmalari rahbariyati fermerlarni o’z ish rejalari bilan
doimo tanishtirib boradi. Bu esa suv iste’molchilari uyushmalarini kelgusidagi ish
faoliyati uchun zarur bo’lgan moliyaviy mablag’lar hajmini aniqlab olishga asos
bo’ladi. Fermer xo’jaliklari suv iste’molchilari uyushmalari bilan shartnoma
tuzayotgan yillik badal to’lovi ana shu yillik ish rejasiga asosan belgilanadi.
Suv iste’molchilari uyushmalari ta’sischilar tomonidan moliyalashtirilishi
sababli ularning oldida ko’plab muammolar paydo bo’lmoqda. Bu muammolardan
biri a’zolik badallarining vaqtida to’lanmayotganliklaridir. Buning natijasida suv
iste’molchilari uyushmalarilar moliyaviy qiyinchilikka uchrab, bajarilishi
rejalashtirilgan ishlarning kechikishiga yoki umuman bajarilmasdan qolish holatlari
yuz bermoqda. Bundan faqat suv iste’molchilari uyushmalari emas, balki ta’sischi
fermerlarning o’zlari katta zarar ko’rishmoqda. Ko’pgina joylarda istemol’chilarni
suv ta’minotidan qoniqmasligi badal to’lovlarini o’z vaqtida to’lanmasligiga sabab
bo’lmoqda. Xozirgi vaqtda suv iste’molchilari uyushmalarilar sarflaydigan barcha
xarajatlarini hisoblab bir gektar yerga to’g’ri keladigan badal miqdorini
belgilashadi. Unga asosan barcha iste’molchilar suv ta’minotini qanday bo’lishidan
qat’iy nazar bir hil badal to’lashadi. Yuqori unumdorlikka ega bo’lgan yer
318
maydonlariga to’lov miqdorida tafovut bo’lganligi singari suv ta’minotidagi
farqlarga ham e’tibor bergan holda suv ta’minoti uchun to’lovni belgilash zarur.
Buning uchun birinchi navbatda qilinadigan vazifalarga hududdagi yer
maydonlarini suv bilan ta’minlash imkoniyatini guruhlarga bo’lib chiqish kerak,
ya’ni suv ta’minoti yaxshi, o’rtacha, o’rtachadan past va yomon bo’lgan guruhlarga
bo’lib suvga to’lanadigan badalni ham shu ko’rsatkichlarga asoslanib bilgilash
kerak. SHunda suvdan foydalanuvchilar o’rtasida adolat o’rnatiladi. Suv ta’minoti
guruhlarga bo’linganda badal to’lovi hamma uchun bir hilda bo’lmaydi.
Suv ta’minoti yaxshi bo’lgan yer egalari boshqa yerlarga nisbatan yuqori
daromad olish imkoniyatlariga ega ekanligi sababli ularning to’laydigan badal
miqdorini ham boshqalarga nisbatan ko’proq qilib belgilash kerak, bunda yerning
unumdorligini, ekiladigan ekin turlari hamda bir gektar yerdan olinishi mumkin
bo’lgan daromad ko’rsatkichlari asos qilib olinadi.
Suv iste’molchilari uyushmalarining oldida turgan yana bir katta muammo –
bu barcha iste’molchilarni vegetatsiya davrida suv bilan bir xilda ta’minlanishning
iloji bo’lmayotganligidir. suv iste’molchilari uyushmalariga shu xududda
rejalashtirilgan ekin turlari va hajmiga qarab limit beriladi. shunga asosan
iste’molchilarga suv grafoydali ish koeffitsiyent asosida taqsimlanadi, ammo suv
iste’molchilari uyushmalari xodimlari soni kam bo’lganligi uchun suvdan
foydalanish holatini nazorat qilish imkoniyatiga ega emaslar, bu nazoratni yo’lga
qo’yish uchun barcha iste’molchilarni suv o’lchagichlar bilan ta’minlash kerak. suv
o’lchagich qo’ymagan iste’molchilarga katta jarima solish orqali bu muammoni hal
etish mumkin. iste’molchilarga har bir ortiqcha ishlatgan suv miqdoriga qarab bir
necha o’n barobar to’lovni belgilab bu summani undirib olish yo’lga qo’yilsa suv
ta’minoti yaxshilanishi bir qatorda bu resurslarni ancha tejash imkoniyati tug’iladi.
Ko’pgina joylarda dehqon xo’jaliklari va aholi suv iste’molchilari
uyushmalari bilan shartnoma tuzmaydi, ammo ayrim joylarda iste’mol qilinayotgan
suvning 30-40 foizi ularning hissasiga to’g’ri keladi. Bunday xo’jaliklarni suvga
bo’lgan alabini aniqlash mexanizmining yo’qligi tufayli ular uchun limit olmaydi,
natijada
suv
tanqisligi
yuzaga
keladi.
Shartnomasiz
suv
olayotgan
319
iste’molchilarning ko’payishi hamda suvchilarning e’tiborsizligi dalalarni suv bilan
ta’minlashga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Bu muammoni hal etish uchun joylardagi
mahalla raislari yordamida dehqon xo’jaliklari va aholini sug’orish suviga bo’lgan
talabi o’rganilib ular uchun qo’shimcha limit olishni yo’lga qo’yish zarur.
Qishloq xo’jaligi korxonalari yetkazib bnrilgan har bir kub metr suv uchun
to’lov harajatlarini to’g’ridan-to’g’ri yetishtirilayotgan mahsulot tannarxiga, ekinga
yil davomida sarflangan suv sarfi kubometriga mutanosib ravishda olib borilishi
maqsadga muofiqdir.
Umuman, suv iste’molchilari uyushmalari va suv iste’molchilari o’rtasidagi
suv yetkazib berish bo’yicha o’zaro munosabatlar va to’lov mexanizmini
takomillashtirish suvdan samarali foydalanishning asosiy omili hisoblanadi.
Respublikamizda tabiiy va moddiy resurslardan oqilona foydalanish
yuzasidan qator chora-tadbirlar ishlab chiqilmoqda. Xususan, “Qishloq taraqqiyoti
va farovonligi yili” Davlat dasturiga ko’ra “Fermer xo’jaliklari to’g’risida”,
“Dehqon xo’jaligi to’g’risida”, “Suv va suvdan foydalanish to’g’risida”gi
qonunlarga fermer xo’jaliklariga berilgan yer maydonlari hajmini muqobillashtirish,
yerlarning meliorativ holatini yaxshilash va yer – suv resurslaridan foydalanish
bo’yicha javobgarlikni oshirishni ko’zda tutuvchi o’zgartirishlar kiritish chora-
tadbirlari belgilangan.
Unda sarflanadigan mablag’lar va ularning moliyaviy manbalari ko’rsatib
o’tilgan. Xususan, Davlat dasturiga ko’ra, sug’oriladigan yerlarning meliorativ
holatini yaxshilash bo’yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshiriladi. Suvdan
foydalanuvchilar uyushmasi, Fermer xo’jaliklari uyushmalarining moddiy-texnika
bazasini mustahkamlash, jumladan ularga 130 ta ekskavator, 30 ta bul’dozer va
melioratsiya mashinalari yetkazib berish. 12234 km magstral, tumanlararo va
xo’jaliklararo kollektorlarni va 2828 km yopiq, gorizontal va vertikal drenajlar
qurish, qayta tiklash va ta’mirlash; 3006 ta tik drenaj va sug’orish quduqlarini
tiklash, ta’mirlash va qayta qurish; irrigatsiya inshootlarini (kanallar, suv omborlari,
gidrotexnik inshootlar) ta’mirlash; 68 ta meliorativ nasos stantsiyasi 458 ta
kuzatish tarmog’i, 4472 ta gidrotexnik qurilma, 5250 ta gidropost, 2710 ta nasos
320
agregatlarini ta’mirlash va qayta tiklash; 4639 km kanal, 305 mln.kub metr suv
omborlarini qurish va qayta ta’mirlash 2009-2020 yillarga mo’ljallangan tomchilab
sug’orish dasturini ishlab chiqish va amaliyotga joriy qilish uchun jami 213,4 mlrd
so’m (142,5 mln.dollar) sarflanishi rejalashtirilgan. Joriy yilda Respublika bo’yicha
3710 ga maydonga tomchilanib sug’orish texnologiyasi qo’llaniladi.
Bu tadbirlarning amalga oshirilishi pirovardida qator muammolarning
bartaraf etishga xususan suv iste’molchilari uyushmalarini rivojlantirishning
huquqiy va iqtisodiy mexanizmini takomillashtirishga xizmat qiladi. SHunda
suvdan foydalanish samaradorligi yanada oshadi. Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi
ko’plab resurslardan foydalanish jarayoni bilan bevosita bog’liq. Bunda yer va suv
resurslari muhim ahamiyatga ega. Respublikamizda yer munosabatlarini isloh qilish
borasida yaxshi natijalarga erishildi. Jumladan, O’zbekiston Respublikasining yer
kodeksi va “Er kadastri to’g’risida”gi qonuni doirasida yerdan samarali foydalanish
madaniyatini shakllantirishni yo’lga qo’yish imkoniyati yaratildi.
Agrar tarmoqda bozor munosabatlarini rivojlantirish, eng avvalo mahsulot
yetishtiruvchi dehqonning moddiy manfaati va faoliyati yuritishning iqtisodiy
erkinlikning ta’minlash orqali resurslardan foydalanish samaradorligini oshirish
yo’nalishdagi maqsad emas, balki vosita hisoblanadi. Ushbu vositaga extiyoj
zamirida esa respublikamiz axolisini ichki imkoniyatlar hisobiga sifatli va nisbatan
arzon oziq-ovqat mahsulotlari bilan yetarli darajada ta’mirlash, qishloq xo’jaligida
ishlayotganlarning daromadini oshirish hisobiga munosib turmush sharoiti yaratish
kabi ijtimoiy-iqtisodiy masalalar yotadi.
Respublikamizda qishloq xo’jaligiga yaroqli yerlar keskin chegaralangan va
axoli soni tez sur’atlarda ko’paymoqda. Axoli sonining ko’payishi qishloq xo’jaligi
maxsulotlariga bo’lgan ta’labining ortishiga sabab bo’ladi, boshqa tamondan esa
qishloq xo’jaligiga yaroqli yerlarning aholiga uy-joy qurish uchun ajratilishi, sanoat
va ijtimoiy soha ob’ektlarini barpo etish uchun band qilinishi, yer resurslarining
nisbiy kamayishiga olib kelmoqda. Xususan, statistik raqamlarga e’tibor beradigan
bo’lsa, respublikamizda 1990 yil 1 yanvar xolatiga jami 33167,8 ming gektar
qishloq xo’jaligiga mo’ljallangan yerlar mavjud bo’lgan bo’lsa, 2008 yilning 1
321
yanvar xolatiga esa uning miqdori 22259,2 ming gektarga tushib qolgan yoki 32,9
foiz kamaygan.
Sug’oriladigan ekin yerlari eng qimmatli va muxofazaga muxtoj bo’lgan qism
hisoblanadi. Agarda uning miqdori 1990 yilda 3407,3 ming gektarni tashkil etgan
bo’lsa, 2008 yilga kelib bu ko’rsatkich 3310,7 ming gektardan iborat bo’lgan yoki
96,6 ming gektarga kamaygan.
Bu qishloq xo’jaligiga yaroqli yerlardan unumli foydalanishni dolzarb
vazifaga aylantiradi. Shu boisdan qishloq xo’jaligi korxonalarida yer-suv
resurslaridan samarali foydalanish, ekin maydonlari va suv sarfi miqdori hisobidan
maksimal darajada foyda olishni ta’min etuvchi iqtisodiy mexanizmlarni joriy etish
muhim ahamiyatga ega.
Yana bir muhim masala borki, bu respublikamiz qishloq xo’jaligida yerdan
foydalanish suv bilan bevosita bog’liqligidir. O’zbekistonda asosiy dexqonchilik
sug’oriladigan yerlarda amalga oshirish ya’ni, qishloq xo’jaligi mahsulotlarining
katta qismi sug’oriladigan yerlarda yetishtiriladi va ayni paytda suv resurslarining
o’ta tanqisligi vaziyati mavjud. Suv resurslari shakllanishi manbai, sug’orish
inshootlari, irrigatsiya va melioratsiya tizimining xususiyatlarini hisobga olgan
holda qishloq xo’jaligida turli xo’jalik yuritish shaklidagi korxonalar faoliyat
ko’rsatishga va asosiy maxsulot nodavlat mulkchiligi asosida faoliyat yurituvchi
sub’ektlar tomonidan yetishtirilishiga qaramay, suv resurslari va sug’orish
inshootlarini xususiy mulk sifatida taqsimlash imkoniyatining yo’qligi sababli
davlat mulkchiligi joriy etilgan.
Qishloq xo’jaligi yerlarining tuproq unumdorligini saqlab qolish va
oshirishning eng samarali va ekologik toza usuli – bu almashlab ekish tizimi
sanaladi. Bunda ozuqa ekinlarining joy olishi chorvachilik tarmog’ini ham saqlashni
talab qiladi. Bu esa o’z o’rnida tuproq unumdorligini yaxshilashga xizmat qiluvchi
mahalliy o’g’it ishlab chiqarishga zamin yaratadi.
Kelajakda yerlardan foydalanish yo’nalishlaridan biri – bu tuproqni va atrof-
muxitni asrash muammosi ekanligini e’tiborga olish lozim.
322
Erlarning mexanik tarkibini buzilishi va natijada ekinlar xosildorligi
kamayishida yerga ishlov berish texnologiyalari va texnikalar tizimining ham o’rni
beqiyos. Bugungi kunda rivojlangan davlatlarda tuproq unumdorligini saqlab qolish
maqsadida texnika bilan yerga eng kam ishlov berish texnologiyalari keng
qo’llanilmoqda.
Buning iqtisodiy tomoni ham mavjud bo’lib, yerga minemal ishlov berish
texnologiyasi qishloq xo’jaligi texnikalari yonilg’i-moylash materiallari baxolari tez
sur’atlar bilan o’sib borayotgan paytda qishloq xo’jaligi mahsulotlari tannarxini
kamaytirishning muhim zaxirasi hisoblanadi.
Ekinlarni oqilona joylashtirish iqtisodiy samaradorlikning oshishidagi muhim
omil bo’lishi bilan birgalikda, tuproq unumdorligini saqlab qolishga bilvosita ta’sir
ko’rsatadi. yer va suv resurslaridan samarali foydalanishni yo’lga qo’yish
masalasiga nafaqat iqtisodiy, balki mamlakat doirasidagi ijtimoiy-iqtisodiy masala
sifatida yondashish davr talabidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |