Iroda Asatjanova Hozirgi adabiy jarayon (o‘quv-uslubiy qo‘llanma ) Mas’ul muharrir



Download 92,9 Kb.
bet6/15
Sana13.07.2022
Hajmi92,9 Kb.
#790553
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Uslubiy qo\'llanma

Xurshid Davron (1952) - Xurshid Davronning ilk sheʼrlari 1976 yilda, birinchi kitobi (“Qadrdon quyosh”) 1979 yili bosilib chiqdi. Shundan soʻng shoirning “Shahardagi olma daraxti” (1979), “Tungi bogʻlar” (1981), “Uchib boraman qushlar bilan” (1983), “Toʻmarisning koʻzlari” (1984), “Bolalikning ovozi” (1986), “Qaqnus” (1987), “Bahordan bir kun oldin” (1989), “Bibixonim” singari kitoblari dunyoga keldi. Xurshid Davronning tarixiy-maʼrifiy mavzular yoʻnalishidagi izlanishlari natijasida “Samarqand xayoli” (1991), “Sohibqiron nabirasi” (1995), “Shahidlar shohi” (1998), “Bibixonim” (2006), “Kubroning tushlari” (2010) nomli qissalari yaratildi. Xurshid Davron buyuk ajdodlarimiz hayoti va faoliyati haqida bir qator dramatik asarlar yozdi. “Boburshoh” (1996) asari “Bobur sogʻinchi” nomi bilan Muqimiy nomidagi oʻzbek davlat musiqiy teatrda sahnaga qoʻyildi. “Algʻul yoki Mirzo Ulugʻbek” dramasi 2008 yili dastlab radiospektakl, keyinchalik televizion spektakl sifatida namoyish etildi. Bulardan tashqari “Temurnoma” nomli 21 qismli teleserial (1996), “Jaloliddin Xorazmshoh” (Noʻmiq Kamol asari) nomli 5 qismli telespektakl (1998), shuningdek, “Buxoroyi sharif” film-operasi, “Ming bir rivoyat” teleloyihasi Xurshid Davron ssenariylari asosida yaratildi. U Mirzo Ulugʻbek tavalludining 600 yilligi (1994), Amir Temur tavalludining 660 yilligi (1996) munosabati bilan Samarqand shahrida, Buxoro va Xeva shaharlarining 2500 yilligiga bagʻishlab Parijdagi YUNYeSKO qarorgohida oʻtkazilgan teatrlashtirilgan tomoshalar va yana xalqaro “Sharq taronalari” musiqa festivallari (1993–2015) ssenariylari muallifi hamdir.
Oʻzbekiston xalq shoiri Xurshid Davron 1989 yilda Mahmud Qoshgʻariy nomidagi Xalqaro mukofot, 1997 yilda “Doʻstlik” ordeni, 2009 yilda Xalqaro “Oltin qalam” milliy mukofoti bilan taqdirlangan.

Omon Matjon (1943–2020) - Omon Matjon oʻtgan asrning 60-yillaridan boshlab matbuotda oʻz sheʼrlari bilan koʻrina boshladi. Keyinchalik shoirning eng yaxshi sheʼrlari “Ochiq derazalar” (1970), “Karvon qoʻngʻirogʻi” (1973), “Quyosh soati” (1974), “Dramatik dostonlar” (1975), “Yonayotgan daraxt” (1977), “Yarador chaqmoq” (1979), “Haqqush qichqirigʻi” (1979), “Seni yaxshi koʻraman” (1983), “Daraxtlar va giyohlar” (1984), “Ming bir yogʻdu” (1989), “Oʻrtamizda birgina olma” (1990), “Odamning soyasi quyoshga tushdi” (1991), “Qush yoʻli” (1993), “Iymon yogʻdusi” (1995), “Diydor aziz” (2011), “Xaloskor ruh” (2012) kabi yigirmaga yaqin sheʼriy toʻplami, “Toʻrabekaxonim” nasriy qissasi va “Najmiddin Kubro”, “Ardaxiva” badialari chop qilindi. Bu toʻplamlardagi “Amu”, “Oybek”, “Shuʼlalardan hayratlanish”, “Ona degan soʻz”, “Turnalar”, “Mezon”, “Chorlov”, “Oʻn uchinchi eshik”, “Umrimiz haqida” kabi sheʼrlari hozirgi oʻzbek sheʼriyatining eng yaxshi namunalaridan boʻlib, ularda inson qalbining turfa jilolari rang-barang tashbehlarda, jozibali obrazlarda ifodalangan. Omon Matjon ijodida “Choʻldagilar” doston xronikasi, “Gaplashadigan vaqtlar” sheʼriy qissasi alohida oʻrin egallaydi. Ular oʻzining yangicha shakli, ohangi bilan kitobxon eʼtiborini tortadi.
Shoirning 2000 yili “Avesto”ning 2700 yilligiga bagʻishlangan “Ardaxiva” asari chop etildi.
Oʻzbekiston xalq shoiri Omon Matjon adabiyotimiz rivoji yoʻlidagi xizmatlari uchun Respublika Davlat mukofotiga sazovor boʻlgan.

Download 92,9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish