Irgasheva durdona yakubdjanovna ma’luMotlar oMbori


SQl tili, MS SQl SErVEr, oraClE haqida



Download 13,67 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/77
Sana09.03.2022
Hajmi13,67 Mb.
#486890
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   77
Bog'liq
malumotlar ombori

2.2. SQl tili, MS SQl SErVEr, oraClE haqida 
umumiy ma’lumotlar 
Axborot tizimlarini ishlab chiqishning boshlang‘ich davrlari-
da ma’lumotlar bilan ishlashning maxsus tillari – so‘rovlar tili 
yaratilgan. Ular asosan ierarxik bog‘langan fayllar ko‘rinishidagi 
ma’lumotlar bilan amal bajarishga mo‘ljallangan va ularga mos 
axborotni qidirish algoritmlariga ega bo‘lgan. 
Relatsion ma’lumotlar bazasining paydo bo‘lishi axborotlar 
qidirish ning tezkor algoritmlarini yaratishga asos soldi. 
Jadval ko‘rinishida strukturalashgan – ikki o‘lchamli mas-
sivdagi axborotlarni qayta ishlash uchun XX asrning 70-yillarida 
IBM firmasi tomonidan maxsus so‘rovlarning strukturalashgan 
tili – SQL yaratildi. 
Hozirgi kunda SQL tili ma’lumotlarni qayta ishlash tili ning 
xalqaro standarti hisoblanadi. SQL tili ma’lumotlar bazasining 
boshqarish tili (MBBT) ishlab chiqish uchun ishlatiladigan das-
turiy mahsulotlarning yadrosi hisoblanadi. 
SQL tili matnga mo‘ljallangan til va shu sababli u bilan ish-
lashda matn tahririyatining bo‘lishi yetarli. Uning yordami 
ma’lu motlar baza tuzilishini va baza axborotini yangilashda keng 
qo‘llaniladi.
MBBTdan foydalanuvchilar va yaratuvchilar orasida hozirgi 
kunda quyidagi dasturiy mahsulotlar eng ko‘p tarqalgan: 
– maxsus dasturlash tillari – Visual foxPro, SQL, MS SQL 
Server;
– amaliy dasturiy tizimlar – Microsoft Access, Oracle va 
boshqalar. 


23
MS SQL Server Microsoft firmasi tomonidan yaratilgan rela-
tsion ma’lumotlar bazasining boshqarish tizimi hisoblanadi. MS 
SQL Server – bu dasturiy tizim asosan foydalanuvchi ilovalarini 
ishlab chiqish uchun emas, balki kliyent – server arxitektura-
si asosida yaratilgan ko‘p foydalanuvchili ma’lumotlar bazasini 
boshqarish uchun mo‘ljallangan. Bu tizim ma’lumotlar bazasini 
boshqarish (ma’lumotlarni ko‘paytirish, ularni parallel qayta ish-
lash, korxonaning lokal hisoblash tarmog‘ida, internet tarmog‘ida 
va boshqalar)da ma’lumotlarni uzatish va qabul qilib olish, turli 
xildagi texnik xarakteristikali apparat vositalariga ega bo‘lgan 
mijoz kompyuterlari bilan bog‘lanish imkoniyatlarini beradi. SQL 
Server yetarli katta hajmdagi ma’lumotlarni (terabaytgacha) qayta 
ishlash uchun mo‘ljallangan. MS SQL SERVER yirik korxona-
larning ma’lumot bazala rini boshqarish tizimi hisoblanadi. MS 
SQL SERVER dastur tizimi alohida xizmatlar servisi to‘plamidan 
iborat. Ularning har biri mustaqil ishga tushadi va ma’lum doira 
masalalarini hal qilishga javob beradi. 
MS SQL SERVERni bunday amalga oshirish MBBTning ope-
ratsion tizimi qismi sifatida ishlashni, o‘zining murojaat huquqini 
va aynan shu vaqtda kompyuterda ishlayotgan foydalanuvchiga 
bog‘liq bo‘lmaslik imkoniyatini beradi.
MS SQL SERVERni asosiy so‘rovlar tili T–SQL va ANSI 
SQL hisob lanadi. Hozirgi kunda MS SQL SERVERning bir ne-
cha nashrlari (versiyalari) mavjud. Bu tizimni MS SQL SERVER 
2008 R2 va MS SQL SERVER 2012 nashrlari yangi va keng tar-
qalgan hisoblanadi. 
MS SQL SERVER keyingi versiyalarida integrallashgan ish-
lab chiqarish muhitini yaxshilash va rivojlantirish, ma’lumotlarni 
tanlab olish, almashtirish va yuklash uchun yangi texnologiyalar-
ni qo‘llash, ko‘p o‘lchamli ma’lumot modellarini analitik qayta 
ishlash vositalari va boshqalar kiritilgan. 
Taqsimlangan MBBT Oracle ga 1977-yilda asos solindi. Orac-
le – (Oracle Database yoki Oracle RDBMS) Oracle kompani-
yasi tomonidan yaratilgan obyektli-relatsion ma’lumotlar bazasini 
boshqarish tizimi hisob lanadi. Oracle ning asosiy xarakteristika-
lariga uni ishonchliligi, xavfsiz ligi, yuqori ishlab chiqarish sama-
radorligi, ishlashda qulayligi kiradi. Bu tizim har xil operatsion 
tizim platformalari (Linux, Microsoft Windows, Solaris, IBM 
z/OS, Mac OS X Server va boshqalar) uchun ishlab chiqilgan.


24
Oracle ning asosiy funksiyalariga nazorat nuqtalarini yaratish, 
jurnallashtirish, arxivlashtirish va boshqalar kiradi. Bu funksiyalar 
ma’lumotlarning yaxlitligini, ma’lumotlar bazasini nosoz ishlash-
dan himoyalash va tiklash, xatoliklarni aniqlash va boshqa ma-
salalarni yechish imkonini beradi. Taqsimlangan MBBT kuchli 
himoyalanish vositalariga ega. Oracle da asosan foydalanuvchi, 
klaster, sinonim kabu tushunchalar ishlatiladi. 
Oracle ni keng tarqalgan va ishlatilayotgan nashrlariga Oracle 
11g Release 2 (2010-y), (Oracle 10g Release 2, (2005-y) kiradi.
Microsoft Access ma’lumotlar bazasini boshqarishning pro-
fessional dasturi hisoblanadi. U xilma-xil axborotlarni yig‘ish 
va tartiblash (tizimlashtirish), tanlab olingan mezonga asosan 
obyektlarni qidirish va tartiblash, ma’lumotlarni kiritish uchun 
formalar yaratish imkoniyatiga ega. Uning yordamida mavjud yo-
zuvlar asosida juda yaxshi hisobotlar yaratish mumkin. 

Download 13,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish