47
Ko‘rib chiqilgan so‘rov yaratish texnologiyasi tanlash so‘rovi
de yiladi. Boshqa ko‘rinishdagi so‘rovlarni loyihalash texnologi-
yasi shu kabi amalga oshiriladi, faqat so‘rovni
yechishdan oldin
ro‘yxatdan kerakli ko‘rinishni tanlab olish kerak. So‘rovni kon s-
truksiyalab bo‘lgandan keyin uni saqlash zarur («
Конструктор
»
darchasida mos tugmani bosish bilan). Bunda so‘rovga nom be-
rishni taklif qiluvchi muloqot darchasi paydo bo‘ladi.
Ma’lumotlarni tanlash shartini tuzish qoidalari.
Ma’lumotlarni tanlash uchun shart
berilganda quyidagi qoi-
dalarga rioya qilish kerak:
1. Matnli (simvolli) maydonga qiymat kiritishdan oldin «=»
belgisi qo‘yilishi kerak.
2. Kiritilayotgan simvollar satri qo‘shtirnoq ichiga olinishi ke-
rak. Bu qoidani bajarishni unutsangiz ACCESS uni o‘zi bajaradi.
3. Tanlashning matematik shartlari tanlash munosabat amal-
lari (=,<>,<,>,<=,>=) bilan aniqlanadi. Bu
operatorlardan tashqari
maxsus solishtirish amallari (operatorlari) BETWEEN, IN, LIKE
ishlatiladi.
4. Sana/vaqt (Дата/время) maydonlari bo‘yicha tanlash
shartlarini tuzganda, so‘rovlarni tuzishda
hisoblanuvchi maydon-
lar kabi kiritiladigan shartlar (funksiyalar) qo‘llanilishi mumkin
(3.2.1-jadval).
Sana/vaqt toifali maydonlarda tanlash shartlari yoki xossala-
rini berish uchun ishlatiladigan funksiyalar.
3.2.1-jadval.
Funksiya
Qiymat
Day
1…31 diapazonida oy sanalari tanlash shartini o‘rnatish
Month
1…12 diapazonda oylar bo‘yicha tanlash shartlari o‘rnatiladi
Year
100…9999 gacha diapazonda yillar bo‘yicha
tanlash shart-
larini o‘rnatish
Week day
1 dan (yakshanba) 7 (shanbagacha) hafta kunlari bo‘yicha
tanlash shartlarini o‘rnatadi
Hour
Vaqt diapazoni (hafta tartibi, kvartal tartibi) bo‘yicha tanlash
shartlari o‘rnatiladi va quyidagicha yoziladi:
Datepart <
> – kvartallar bo‘yicha tanlash uchun
Datepart <> – haftalar bo‘yicha tanlash uchun
(q 1 dan 4 gacha qiymat qabul qiladi
ww 1 dan 53 gacha qiymat qabul qiladi)
48
Date()
Joriy sanani tanlash sanasi sifatida o‘rnatadi, masalan,
<
> sharti, joriy sanadan 15 kunga kam (oldin)
bo‘lgan sanani barcha yozuvlar tanlanish kerakligini bildiradi
Agar bir vaqtda bir nechta parametrlar bo‘yicha bir necha
maydon qiymatlariga javob beruvchi mantiqiy shart (AND) (va)
mos keladigan yozuvlarni tanlash zarur bo‘lsa, unga mos maydon
qiymatlari «
Условия отбора
» satriga kiritiladi.
Agarda (OR) munosabati bilan bog‘langan bir nechta qiymat-
lar bo‘yicha yozuvlar tanlashni amalga oshirish talab etilsa, unga
mos qiymatlar «ИЛИ» satrli yacheykalariga kiritiladi.
Odatda ma’lumotlarni tanlash shartini «
конструктор запро-
сов»
sat riga kiritishni doimiy so‘rovlarni konstruksiyalashda taklif
etiladi.
Parametrik so‘rovlarni konstruksiyalashda ma’lumotlarni tan-
lash shartlarini kiritishni forma orqali amalga oshirish tavsiya
qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: