ҚИРҚ олтинчи илмий-амалий конференцияси материаллари



Download 6,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/185
Sana08.06.2022
Hajmi6,93 Mb.
#644261
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   185
Bog'liq
Talabalar konferensiyasi 2020.05.22

Адабиётлар 
1.
Тураев Х.Х., Ходжаев О.Ф., Ганиев А.Г., Тураев Н.Ю. Экстракция 
благородных металлов производными дитиофосфорных кислот и их
радиоактивационное определение. Т.: Фан. 1998. С. 169.
2.
Вошкин А.А. Исследование экстракции солей металлов бинарными 
экстрагентами на основе четвертичных аммониевых оснований, дисс. по 
уч.ст.к.х.н., М.: 2003, 170 с.
QAHRABO KISLOTA- ISTIQBOLLI KELAJAK KISLOTASI
 
 
Rustamova Ch. R. 
Termiz davlat universiteti I- bosqich magistranti 
Ilmiy rahbar: dots.G.J.Muqumova 
 
Qahrabo kislotasi- tabiatda keng tarqalgan ikki asosli to‘yingan karbon kislota 
bo‘lib uning formulasi HOOC-CH
2
-CH
2
-COOH dir. Uning 2-nomi suksinat kislota deb 
ham ataladi. Sababi qahrabo kislotaning tuzlari va murakkab efirlari suksinatlar deb 
ataladi va ular amaliy ahamiyatga ega.
Suksinatlar ustida ilk ilmiy izlanishni B.M.Gilmetdinov boshlab bergan. Tabiatda 
u asosan qahraboda, qo‘ng‘ir ko‘mirda hom o‘simliklar tarkibida tuz holida uchraydi. 
Rus olimi Romanova qahrabo kislotasi haqida quyidagicha fikr bildirgan: “Qahrabo 
kislota nafaqat oziq-ovqat sanoatining kislotaliligini tartibga soluvchi moddagina bo‘lib 
qolmay, balki ko‘plab hayotiy funksiyalarga ta’sir qiluvchi biologik faol moddadir.”[1]. 
Suksinatlar yuzasidan bir qator o‘zbek olimlari ham ish olib borishgan. Bular jumlasiga 
Muqimova G.J. va Allaberdiyev F.X va boshqalar kiradi. U kislorod bilan nafas oluvchi 
barcha organizm hujayralarida mavjud. Ilk marotaba qahrabo kislota XVII asrda 
haydash usulida olingan. Hozir ham sanoatda qahrabo kislota asosan qahraboni quruq 
haydash yo‘li bilan olinadi.
Qahrabo kislota suvda va spirtlarda eriydigan rangsiz kristall moddadir. U biroz 
nordon va sho‘r- achchiq ta’mga ega. Ta’m va kimyoviy xossasiga ko‘ra qahrabo kislota 
limon kislotasiga juda yaqin turadi va ko‘pincha oziq-ovqat sanoatida bemalol limon 
kislotasi o‘rniga qahrabo kislotasini qo‘llash mumkin. Qahrabo kislotasi va limon 
kislotasining xossalarini 1-jadvalda ko‘rishingiz mumkin. 
Limon kislotasi 
Qahrabo kislotasi 
Kimyoviy 
formulasi 
C
6
H
8
O
7
C
4
H
6
O
4
Qaynash 
harorati 
175ºC 
235ºC 
Erish 
harorati 
153ºC 
183ºC 


~ 107 ~ 
Rangi 
Rangsiz 
Rangsiz 
Shakli 
Kristall 
Kristall 
Molyar 
massasi 
192 g/mol 
118g/mol 
Dis.kons 
3.14*10
-5
7.4*10
-5
Zichligi 
1.665 g/sm
3
1.56 g/sm
3
(1-jadval) 
Qahrabo kislotasi 2 bosqichda dissotsilanadi. U qattiq kristall modda bo‘lib, 235 
º C dan yuqori haroratda qizdirilganda osonlik bilan suv ajratib chiqaradi va siklik 
qahrabo angidridga aylanadi.183ºCda eriydi. 235º C da qaynaydi.130-140 º C da yengil 
haydaladi.100 gr suvda 20 º Cda 6,8 gr eriydi. 100 º C da 121 gr eriydi.100 gr etil 
spirtida 5 º C da 9,9 gr eriydi. 100 gr dietil efirda 15 º C da 1,2 gr eriydi. benzin, benzil, 
xloroformda erimaydi. Qahrabo kislotadagi metilen va karboksil guruhi hisobiga yuqori 
reaksion xossani namoyon qiladi.qahrabo kislotasi bromlanganda osongina 
dibromqahrabo kislotasini hosil qiladi. Aromatik va geterosiklik aminlardan olingan 
qahrabo kislotasining mono va diamidlari ba’zi rang beruvchi insektitsid va dori 
moddalar sintez qilishda ishlatiladi.

o‘simliklarning 
o‘sishini 
tezlashtiradi, 
hosildorligini 
oshiradi. 
Makkajo‘xorining o‘sishida muhim ahamiyatga ega. .sanoatda qahrabo kislota 
suksinimid ( qahrabo kislotaning imidi) , pirrolidin, pirrol kabi moddalarni sintez 
qilishda qo‘llaniladi. Qon o‘rnini bosuvchi suyuqliklar, infuzion vositalar tayyorlashda 
ham qahrabo kislotasi ishlatiladi. Qahrabo kislotasi analitik kimyoda analiz olishda, 
kimyoviy plastmassalar olishda va dori preparatlari olishda ishlatiladi. Oziq –ovqat 
sanoatida nordorlashtirish maqsadida ozuqaviy qo‘shimchalar sifatida qo‘llaniladi. Dori 
vositalarida metobolik moddalar sifatida to‘qimalarning metobolizmini yaxshilashda 
quvvatlovchi modda sifatida ishlatiladi. Terini yoshartiruvchi kremlar tarkibini ham 
qahrabo kislotasi tashkil qiladi. Qahrabo kislotasining eng keng qo‘llaniladigan sanoati 
bu farmatsevtika sanoatidir. Yuz uchun maxsus dorilar, o‘simliklar rivojlanishi uchun 
dorilar va xatto insonlarni yoshartiruvchi dorilar ham aynan qahrabo kislotasidan 
tayyorlanadi. 
Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki qaxrabo kislotasi butun tirik organizmlar 
hujayralari tarkibida oz bo‘lsada uchraydi. Oziq-ovqat sanoatida ishlatiladigan 
rezavorlarning ham tarkibini qahrabo kislota tashkil qiladi. Qaxrabo kislotasi oziq-ovqat 
sanoatini tobora egallab bormoqda desak ayni muddao bo‘ladi. 

Download 6,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish