ҚИРҚ олтинчи илмий-амалий конференцияси материаллари


ФУҚАРОЛИК ЖАМИЯТИ ШЎЪБАСИ



Download 6,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet154/185
Sana08.06.2022
Hajmi6,93 Mb.
#644261
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   185
Bog'liq
Talabalar konferensiyasi 2020.05.22

ФУҚАРОЛИК ЖАМИЯТИ ШЎЪБАСИ 
 
IQTISODIYOTNING USTUVOR YO‘NALIShLARIDAN BIRI TURIZMNI 
RIVOJLANTIRISHNING DOLZARBLIGI 
 
 
N.Omonova Iqtisodiyot va turizm fakulteti talabasi 
Ilmiy rahbar: Tarix fakulteti Fuqarolik jamiyati kafedrasi katta o‘qituvchisi 
Xudoyberdiyeva Gulnora Xursandovna 
 
Annotatsiya: 
Ushbu maqolada iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida
 
mamlakatda 
sotsial turizmni rivojlantirishning dolzarb masalalari,aholi ijtimoiy nochor qatlamlarini 


~ 256 ~ 
turizmga jalb qilishda xorijiy mamlakatlar tajribasidan foydalanish masalalari 
yoritilgan. 
Kalit so‘zlar: 
sayohat, turizm,sotsial turizm, sotsial loyiha, sotsial hamkorlik 
Ma’lumki jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasini ifodalovchi 
mezonlardan biri iqtisodiyotda muhim o‘ringa ega bo‘lgan noishlab chiqarish 
sohalarining rivojlanishi, aholiga ko‘rsatiladigan xizmatlar darajasi, mazmuni 
hisoblanadi. Shu sababli davlatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish strategiyasida aholi 
ehtiyojlarini qondirish jarayonida ishtirok etadigan sub’ektlar faoliyatiga keyingi 
paytlarda katta e’tibor qaratilmoqda. Shunday sub’ektlarni o‘zida jamlagan sohalardan 
biri –turizmdir. 
Turizmni rivojlantirish uchun investitsiyalar jalb etishning tashkiliy-iqtisodiy 
mehanizmini takomillashtirish iqtisodiy islohotlarni bosqichma-bosqich amalga 
oshirish jarayonida o‘ta muhim hisoblanadi. 
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2016 yil 2 dekabrdagi «O‘zbekiston 
Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari 
to‘g‘risida»gi farmoni turizm tarmog‘ini jadal rivojlantirishni ta’minlash, turizmga 
iqtisodiyotning strategik sektori maqomini berish, mintaqalarda turizm salohiyatidan 
samarali foydalanishda muhim omil bo‘lmoqda. 
Farmonda belgilab berilgan maqsadli vazifalar hamda ustuvor yo‘nalishlarni 
tashkil qilish va muvofiqlashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Turizmni 
rivojlantirish davlat qo‘mitasi tashkil etildi. 
O‘tgan qisqa davr mobaynida O‘zbekiston turizm salohiyatini kompleks 
rivojlantirishga qaratilgan 16 normativ-huquqiy hujjat qabul qilindi. Ushbu hujjatlar 
asosida turizm sohasi sub’yektlariga sezilarli soliq va bojxona imtiyozlari hamda boshqa 
yengilliklar taqdim qilindi. 
Mamlakatimiz turizm tarmog‘ini Standartlashtirish bo‘yicha xalqaro tashkilot 
(ISO) talablariga mos kelishini ta’minlash maqsadida turizm terminologiyasi va 
mehmonxona xo‘jaliklari xavfsizligi talablari bo‘yicha yangi 2 ta davlat standarti ishlab 
chiqildi va ro‘yxatdan o‘tkazildi. 
Bulardan tashqari, Prezidentimizning tegishli qarori bilan hududlarda turizm 
sohasining boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Toshkent, 
Samarqand, Buxoro va Xorazm viloyatlari hamda Xiva va Shahrisabz shaharlari 
hokimlarining turizm masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari lavozimi joriy etildi. 
O‘tgan davr mobaynida davlatimiz rahbari topshiriqlari asosida Xorazm, Buxoro, 
Samarqand, Surxondaryo, Qashqadaryo, Jizzax va Farg‘ona viloyatlarida turizm 
infratuzilmasini yaxshilash, yangi sayyohlik yo‘nalishlari tashkil etish hamda 
hududlarning turizm salohiyatini keng targ‘ibot qilishga qaratilgan dasturlar qabul 
qilindi. Jumladan, Buxoro va Samarqand shaharlarida sayyohlar uchun kunu tun faoliyat 
ko‘rsatuvchi, har birining hududi 10 gektardan iborat «Qadimiy Buxoro» va 
«Samarqand siti» turizm hududlarini barpo etish bo‘yicha ishlar boshlab yuborilgan. 


~ 257 ~ 
Prezidentimizning 2017 yil 16 avgustdagi «2018–2019 yillarda turizm sohasini 
rivojlantirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori
65
bu 
boradagi ishlarni yangi bosqichga ko‘tardi. 
Qarorga ko‘ra, 2018–2019 yillarda soha oldida turgan muhim masalalar yechimiga 
bag‘ishlangan alohida dastur tasdiqlandi va uning to‘liq ijrosini ta’minlash va sohada 
olib borilayotgan ishlarni idoralararo muvofiqlashtirish maqsadida Turizmni 
rivojlantirish bo‘yicha muvofiqlashtirish kengashi tuzildi. 
Mamlakatimizda 
turizmni 
izchil 
rivojlantirish 
istiqbollari, 
sayyohlik 
ob’yektlaridan samarali foydalanish, ko‘rsatilayotgan xizmat turlari sifatini oshirish, 
yurtimizga tashrif buyurayotgan sayyohlar oqimini ko‘paytirish borasida amalga 
oshirilayotgan ishlar benihoya kattadir. Bugungi kunda barcha sohalarda amalga 
oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlardan ko‘zlangan pirovard maqsad mamlakatimiz 
iqtisodiyotini yanada rivojlantirish, xalqimiz turmush farovonligini yuksaltirishga 
qaratilgan. 
Mamlakatimizda turizmning yangi istiqbollari ochilib, turli yo‘nalishlarda keng 
qamrovli loyihalar amalga oshirilmoqda. Xususan, keyingi yillarda alpinizm, otda, 
tuyada, velosipedda sayohat qilish, off-road sayyohatlari, baliq ovi, rafting, heliski, 
geoturizm, ta’lim turizmi, tibbiy turizm kabi yangi sayyohlik yo‘nalishlari 
ommalashmoqda. 
Hozirgi vaqtda dunyodagi har yetti ishchi o‘rnidan bittasi turizm biznesiga to‘g‘ri 
keladi. Tahlilarga ko‘ra 2020 yilga borib xalqaro turistik tashriflar soni 1,6 mlrd ni 
tashkil etib 2000 yildagi ko‘rsatkichlarga nisbatan bir-necha marotaba ortishi bashorat 
qilinmoqda. Turistlarning aviatashishlardan tashqari har kunlik xarajatlari kuniga 5mlrd 
dollorni tashkil qiladi. Hozir turizmda ikki xil tafoavut davom etmoqda, tashqi iqtisodiy 
va siyosiy omillarning ta’siriga moyilligi hamda noqulay sharoitda o‘z hajmini tezda 
tiklab olish. O‘zbekistonda turizm rivojlanish amaliyoti ichki va kiruvchi turizmni 
rivojlantirishga katta etibor berilmoqda. Yuqoridagi masalalarning dolzarbligi va ularni 
ob’etiv baholash O‘zbekistonda zamonaviy, yuqori samarali va raqobatbardosh turistik 
majmualarini shakllantirishning muvaffaqiyati nazariy bilimlar garovi bo‘lib 
hisoblanadi. Turizm mamlakatga valyuta oqimining kirishiga, yangi ishchi o‘rinlarining 
yaratilishiga hamda infratuzilmani yaxshilashga imkon yaratib mamlakat iqtisodiyotiga 
o‘zining sezilarli darajada ta’sirini o‘tkazadi. Sayyohlikdan yetarli darajada foyda olish 
uchun har bir davlat mamlaktning ijtimoiy-iqtisodiy siyosatining turlaridan biri bo‘lib 
hisoblangan turizm siyosatini ishlab chiqadi. Davlatning turizm sohasidagi siyosati-bu 
ijtimoiy iqtisodiy sohani rivojlantirishning aniq maqsadlariga erishish uchun turizm 
sohasini rivojlantirishga davlatning ta’sir ko‘rsatish shakillari,usullari va yo‘nalishlari 
yig‘indisidir. O‘zbekiston respublikasining sayyohlik va turizm siyosatidagi asosiy 
yo‘nalishlari quyidagilardan iboratdir:
-sayohatchilarning huquqlarini himoya qilish;
-mahalliy turistik mahsulot ishlab chiquvchilarning manfaatlarini himoya qilish; 
-ichki va kiruvchi turizmni qo‘llab quvvatlash. 
65
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “2018-2019 yillarda turizm sohasini rivojlantirish bo’yicha birinchi 
navbatdagi chora-tadbirlar to’g’risida”gi qarori Toshkent shahri, 2017 yil 16 avgust 


~ 258 ~ 
Uning 
natijasida 
turizm 
turli-tumanligini 
shakllantirishda 
bevosita 
investitsiyalarning kirib kelishi jahon bozorida milliy turistik mahsulotni ko‘paytirishni 
ta’minlovchi yetarli darajadagi imtiyozlar berish orqali amalga oshiriladi. 
Davlatning turizm siyosati strategiya va taktikaga tayanadi. Turizm strategiyasi bu 
amalga oshirish uchun kattagina vaqt va moliyaviy resurslarni talab etuvchi 
rivojlanishining umumiy konsepsiyasini va maqsadli dasturlarni ishlab chiqishdir. 
Turizm taktikasi esa aniq sharoitlarda qo‘yilgan maqsadga erishishning muayyan 
tadbirlari usullaridir. Rivojlanishning umumiy Konsepsiyasining asosiy maqsadi - 
O‘zbekiston va xorijiy fuqarolarga xizmat qo‘rsatish uchun keng imkoniyatlarni 
ta’minlovchi hamda mamlakat iqtisodiyotining rivojiga ahamiyatli darajada o‘z 
hissasini qo‘shuvchi zamonaviy yuqori samarali va raqobatbardosh turistik xizmatlarini 
tashkil etishdir. Mazkur maqsadni amalga oshirish uchun qator chora-tadbirlar taklif 
etiladi jumladan: 
-xalqaro amaliyotga mos keluvchi turizmni rivojlantirishning me’yoriy-huquqiy 
bazasini tashkil etish; 
-xalqaro va ichki turizmni rivojlantirishni rag‘batlanuvchi iqtisodiy mexanizmlarni 
shakllantirish mazkur sohaga investitsiyalarni jalb qilish; 
-turistik faoliyatini sertifikatlashtirish va litsenziyalashning qat’iy tizimini joriy 
qilish.
Agar turistlar olib kiradigan valyutani miqdori olib chiqib ketiladigan valyuta 
summasidan ortiq bo‘lsa bunday holat mazkur mamlakat uchun ijobiy holat bo‘lib 
hisoblanadi. Xozirgi vaqtda ya’ni O‘zbekiston so‘mi dollar va boshqa valyutalarga 
nisbatan kursi tushib ketayotgan vaziyatda dollar O‘zbekistonda ahamiyatli daraja 
to‘lov qobiliyatiga ega. Bu esa tabiiyki xorijiy turistlarni jalb qilishni hamda turistik 
eksportni amalga oshirishni va o‘z navbadida yalpi milliy mahsulot hajmini oshirish 
imkonini beradi. 

Download 6,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish