Адабиётлар:
1. Хаимов Б.Я., Ветчинкина В.П., Жабборов М. Ипак қурти селекциясини
яхшилаш-пилла сифатини кўтаришнинг мухим омиллари.// ипак, №2, 1996.
2.Йўлдошов Ш., Орипов С. Пиллани тайёрлаш ва дастлабки
ишлов беришда унинг сифатини сақлаш муоммолари.// Ипак,
Тошкент, №3, 1997.
SURXONDARYO QADIMIY AN‘ANAVIY LIBOSLARINING ASOSIY
XUSUSIYATLARI
Mamayusupova Mavluda Oltiboy qizi
1-расм. Турли зотдор пиллалардан олинган хом ипакнинг узилишдаги
узайиши ва узилишдаги узайиши бўйича квадратик нотекислигининг
ўзгариши.
-
- узилишдаги узайиши
- узилишдаги узайиши бўйича квадратик нотекислиги
~ 233 ~
yengil sanoat buyumlari konstruksiyasini ishlash va
texnologiyasi (milliy tikuv buyumlari) ta’lim yo‘nalishi 1-kurs talabasi
Ilmiy rahbar: Raximov Akbar Xolmurodivich
Markaziy Osiyo sivilizatsiyasining qadimiy hududlaridan biri bo‘lgan
Surxondaryo O‘zbekiston janubida joylashgan bo‘lib u ko‘p asrlar davomida o‘zining
an’anaviy san’ati va moddiy madaniyatining o‘ziga xosligi hamda turli xalqlar taqdiri
bilan tutash bo‘lgan. Tasviriy san’at asarlari orqali Surxondaryoning o‘tgan asrlardagi
liboslari Markaziy Osiyoning boshqa qabilalari liboslariga o‘xshash bo‘lganligini
kuzatish mumkin .
Tasviriy manbalarda keltirilishicha, bu hudud erkaklari tanaga yopishib turadigan
ko‘ylak , chakmon ishton hamda cho‘qqidor namat telpaklar kiyishgan Ushbu liboslar
bichimini kiyingi davrlarda rivojlangan liboslarda ham ko‘rish mumkin .
Boysun – Surxondaryoning yirik va mashxur tog‘li tumani hisoblanib , uning
aholisi tarkibining kelib chiqishi Dashti Qipchoqdan bo‘lgan yarim kochmanchi o‘zbek
qo‘ng‘irotlari , juzlar, tojiklar va turkmanlarni tashkil etgan . Tabiiyki , bu jarayon
liboslarning o‘ziga xos tarzda transformasiyalashuviga ta’sir ko‘rsatgan. Boysunda
ushbu xalqlar san’ati va madaniyatining o‘ziga xos xususiyatlari birlashgan holda ,
bejirim liboslarning yaratilishiga asos bo‘ldi . Surxondaryo O‘zbekistonning boshqa
hududlariga nisbatan o‘zining qadimiy xususiyatlarini o‘zining qadimiy xususiyatlarini
uzoq vaqt saqlab qolgan yorqin hududlardan biri hisoblanadi. Surxondaryoning qadimiy
an’anaviy liboslari bugungi kunda to‘liq o‘rganilmagan bo‘lsada, bu yerda yashagan
o‘zbeklar liboslarning asosiy xususiyatlari haqida so‘z yuritish mumkin . Ushbu
hududda joylashgan vodiy , tog‘li va tog‘ etgidagi tumanlar aholisining kiyinish
madaniyati bir – biridan farq qilgan .
Boysun o‘zbeklari libosining bichimi koproq mahalliy tojiklar libosiga o‘xshash
bo‘lgan . Ular liboslarning uzunligi va kengligi , bezak berilishi , kiyinish uslubi , mato
sifati hamda taqinchoqlari jihatidan farq qilgan . Liboslarni tikish uchun foydalanilgan
matolar sirasi mahalliy hududlarning o‘zida ishlab ciqarilgan.
Jumladan , tog‘li hududlarda yashovchi ko‘chmanchi aholi asosan , qo‘y va echki
terisidan tayyorlangan matolardan tikilgan liboslarni kiyishni afzal bilgan . Asosiy
yashovchi aholi esa tabiiy matolar sirasiga kiruvchi bo‘z, olacha , qalami , karbos , susi
, janda , xosa kabi paxta matolar , shoyi , parpashsha ,adras, beqasam , banoras,kabi ipak
yoki fabrikada tayyorlangan matolardan foydalangan. Ushbu matolardan bayramlar
uchun maxsus liboslar tikilgan .
Qish mavsumida esa chopon ustidan tuya , qo‘y junidan tayyorlangan chakmon
kiygan .Oddy aholi vakillari bel qismiga qo‘lda to‘qilgan chumchulag‘oy belbog‘idan
foydalangan . Aholining boy erkaklari va savdogarlar rangli iplardan to‘qilgan va tilla
yoki kumush to‘qali belbog‘ yoki rang barang toshlar bilan bezatilgan charm kamar
bog‘lashgan . Ushbu kamarlarga hamyon, pichoq, xaltacha va boshqa kerakli buyumlar
osib yurilgan .
Bosh kiyimlar sifatida kulob ,quloqchin ,salla,do‘ppi kabilardan foydalanishgan.
Sallani ,asosan, 12 yoshdan boshlab o‘rashgan . Salla esa o‘z navbatida, erkaklar uchun
bayram libosi sifatida qabul qilingan . Kuyovlar uchun mo‘ljallangan salla rang-barang
,jumladan qizil,to‘q qizil ranglarda bo‘lgan .
~ 234 ~
Bunday sallani kelin kuyov uchun o‘z qo‘llari bilan mehr ila to‘qiganlar va tikkan.
Yoshi katta erkaklar uchun oq salla o‘rash xos bo‘lgan . Shuningdek, do‘ppi kabi bosh
kiyim , ya’ni kallapo‘sh erkaklar libosining eng ommaviy tarzda foydalanadigan tarkibiy
qismi bo‘lgan .
O‘smirlar kuyovlar kallapo‘shi o‘zgacha ko‘rinishda bo‘lib ,uning gardishi tikilib,
jiyak hamda turli xil rangda popuklar bilan bezatilgan bo‘lib, yuzasi aylanasiga qavilgan
. Ushbu bosh kiyimni tikishda tepa qismi va astari o‘rtasiga qog‘oz yoki paxtadan
piltalar qo‘yilgan , bu esa o‘ziga xos bo‘rtma naqishni xosil qilishda yordam bergan .
Bo‘rtma qaviqlar rangli ipak iplar bilan tikilgan . Bu esa o‘ziga navbatida , chiroyli
bezaklar hosil qilishga ko‘mak bergan.
Erkaklar poyabzal sifatida charmdan tayyorlangan mahsi , mo‘kki,choriq
kabilarni kiygan . Choriqni buzoq ,buzoq tuya yoki ot terisidan tayyorlab , orqasiga
bog‘lash uchun maxsus iplar tikilgan . Bunday poyabzal tog‘ va tog‘ oldi hududlarida
yashaydigan aholi uchun juda qulay bo‘lgan. Shaharda yashaydigan erkaklar asosan ,
etik va kovush kiyib yurishi rusum bo‘lgan.
Qo‘ng‘irot ayollari liboslari asrlar davomida shakllanib borgan . Uning
shakllanishi jarayoniga xalqning turmush sharoiti , ijtimoiy shart – sharoitlari ,
shuningdek,qo‘shni yoki olisdagi xalqlar bilan o‘zaro aloqalar ta’sir etgan. Qo‘ng‘irot
ayollari milliy liboslari ikkita turga ; kundalik hamda marosim liboslariga bo‘linadi.
Ko‘ylak yoqasi qiyiq yoki yopiq olingan yirmoch shaklida bo‘lgan. Qizlar
ko‘ylagi ayollarnikiga o‘xshash bo‘lib ,faqat yoqa o‘yimi bilan farq qilgan .
Surxondaryoning tog‘li va tog‘ oldi hududlari xotin – qizlarining liboslari umumiy
ma’lum ko‘rinishga ega bo‘lgan kiyimlardan , jumladan ichki va ustki kuylak
,lozim,ularning ustidan kiyiladigan jelak ,paranji,oyoq kiyimi,bosh kiyimi va
bezaklardan iborat bo‘lgan.
Ko‘ylak bilan birga lozimlarni ham shunday kashtalar bilan bezatishgan.
Ko‘ylaklar rangi yorqin tanlanib , ularga tikiladigan kashtalar esa undanda yorqin
iplardan tikilgan. Jumladan qizil,to‘q,sariq yoki och sariq rangli matoga och yashil ko‘k
, qizil rangli kashtalarni tikilgani ayolni yanada ko‘rkam va bashang qilib ko‘rsatadi.
Ushbu voha ko‘ylaklari o‘zining turli ranglarga boyligi hamda beqiyos bezaklari
bilan tojik ayollarining ko‘ylagiga o‘xshash tomonlari mavjud . Ammo boysunlik
ayollar ko‘ylagiga tikilgan kashtalar oddiy bo‘lgan. Kashtalarda, asosan o‘simlik
gullaridan ko‘p foydalanilgan. Bunday ko‘ylaklardan bayram libosi sifatida
foydalanishgan .
Qo‘ng‘irot ayollarining liboslari Boysun ayollarining liboslaridan o‘z bezagi bilan
farq qilgan. Qo‘ng‘irot ayollarining ko‘ylaklarida kashtalardan foydalanilmasdan , balki
bezak sifatida jiyak tikilgan . Ko‘ylakning vertikal yoqa yonlariga ko‘chmanchi
qabilalarda ishlatiladigan geometrik va zoomfor bezakli jiyak –jaxak tikilgan .
Jaxak bezagining uzunligi, odatda 80-100 sm , eni esa 4-4.5 sm ni tashkil etgan.
Qo‘ng‘irotlik Yoshi katta ayollar ko‘ylak ustidan sitora nomli yopinchiq tashlab
yurishgan . Ushbu kiyim turi to‘qilgan yoki tayyor matodan tikilgan qora rangli
yopinchiq
bo‘lgan
.
Bunday
kiyim
turini
odatda,
G‘arbiy Pomirning
hududlarida,shuningdek,janubi-sharqiy guruhdagi turkmanlar va qozoqlarda ham
uchratish mumkin . Bu esa o‘z navbatida , Boysun aholisining boshqa qo‘shni xalqlar
bilan madaniy aloqalari mavjud bo‘lganligidan dalolatdir.
~ 235 ~
Surxondaryo ayollarining ularning yoshi , ijtimoiy darajasi bosh kiyimiga qarab
farqlangan . Qiz va juvonlarning bosh kiyimi bir biridan farq qilgan . Voha qizlari
do‘ppiga o‘xshash shapka kiyib , uning ustidab esa kichik shakldagi rang – barang
ro‘mol o‘ragan . O‘rta yoshli ayollar esa kiygich deb nomlangan bosh kiyim ustidan
katta ro‘mol o‘rashgan . Keksa ayollar esa bosh kiyimsifatida katta oq ro‘moldan
foydalanishgan . Shuningdek , Qo‘ng‘irot ayollarining yana bir bosh kiyimi bo‘lib ,
ushbu bosh kiyim sallasimon shaklga ega bo‘lib , bosh deb atalgan. Bosh murakkab
tuzilishga ega bo‘lib , u baland silindir ko‘rinishida bo‘lgan .
Bosh asosini old qismi jiyak bilan bezatilgan kiygich tashkil qilgan. Kiygich
xilma-xil rangli bezaklar bilan bezatilgan bo‘lib , ushbu bezaklar ipak yoki paxta ip
bilan tamg‘a naqshida tikilgan. Ushbu tamg‘a ko‘rinishdagi kashtalar orqali esa
ayolning qaysi qabila vakili ekanligini bilish mumkin edi . Uchburchak va romb
shaklidagi geometrik naqshlar unumdorlik ramzi bilan bog‘liq bo‘lgan .
Boshning ustidan bir qancha rangli ro‘mollar pog‘ona shaklida o‘ralgan, so‘ngra
bosh ustidan katta shakldagi ro‘mol va kurta yopinchig‘i tashlangan. Boshqa o‘ralgan
ro‘mollarning soniga va ularning sifatiga qarab ayollarning badavlatlik darajasi
belgilangan. Bugungi kunga kelib esa , ushbu bosh kiyimni keksa yoshdagi ayollar
o‘rashadi .
Do'stlaringiz bilan baham: |