ҚИРҚ олтинчи илмий-амалий конференцияси материаллари



Download 6,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet144/185
Sana08.06.2022
Hajmi6,93 Mb.
#644261
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   185
Bog'liq
Talabalar konferensiyasi 2020.05.22

Адабиётлар: 
1. Хаимов Б.Я., Ветчинкина В.П., Жабборов М. Ипак қурти селекциясини 
яхшилаш-пилла сифатини кўтаришнинг мухим омиллари.// ипак, №2, 1996.
2.Йўлдошов Ш., Орипов С. Пиллани тайёрлаш ва дастлабки 
ишлов беришда унинг сифатини сақлаш муоммолари.// Ипак, 
Тошкент, №3, 1997.
 
 
SURXONDARYO QADIMIY AN‘ANAVIY LIBOSLARINING ASOSIY 
XUSUSIYATLARI
 
 
Mamayusupova Mavluda Oltiboy qizi
1-расм. Турли зотдор пиллалардан олинган хом ипакнинг узилишдаги 
узайиши ва узилишдаги узайиши бўйича квадратик нотекислигининг 
ўзгариши. 

- узилишдаги узайиши 
- узилишдаги узайиши бўйича квадратик нотекислиги


~ 233 ~ 
yengil sanoat buyumlari konstruksiyasini ishlash va
texnologiyasi (milliy tikuv buyumlari) ta’lim yo‘nalishi 1-kurs talabasi
Ilmiy rahbar: Raximov Akbar Xolmurodivich 
Markaziy Osiyo sivilizatsiyasining qadimiy hududlaridan biri bo‘lgan
Surxondaryo O‘zbekiston janubida joylashgan bo‘lib u ko‘p asrlar davomida o‘zining 
an’anaviy san’ati va moddiy madaniyatining o‘ziga xosligi hamda turli xalqlar taqdiri 
bilan tutash bo‘lgan. Tasviriy san’at asarlari orqali Surxondaryoning o‘tgan asrlardagi 
liboslari Markaziy Osiyoning boshqa qabilalari liboslariga o‘xshash bo‘lganligini 
kuzatish mumkin . 
Tasviriy manbalarda keltirilishicha, bu hudud erkaklari tanaga yopishib turadigan 
ko‘ylak , chakmon ishton hamda cho‘qqidor namat telpaklar kiyishgan Ushbu liboslar 
bichimini kiyingi davrlarda rivojlangan liboslarda ham ko‘rish mumkin . 
Boysun – Surxondaryoning yirik va mashxur tog‘li tumani hisoblanib , uning 
aholisi tarkibining kelib chiqishi Dashti Qipchoqdan bo‘lgan yarim kochmanchi o‘zbek 
qo‘ng‘irotlari , juzlar, tojiklar va turkmanlarni tashkil etgan . Tabiiyki , bu jarayon 
liboslarning o‘ziga xos tarzda transformasiyalashuviga ta’sir ko‘rsatgan. Boysunda 
ushbu xalqlar san’ati va madaniyatining o‘ziga xos xususiyatlari birlashgan holda , 
bejirim liboslarning yaratilishiga asos bo‘ldi . Surxondaryo O‘zbekistonning boshqa 
hududlariga nisbatan o‘zining qadimiy xususiyatlarini o‘zining qadimiy xususiyatlarini 
uzoq vaqt saqlab qolgan yorqin hududlardan biri hisoblanadi. Surxondaryoning qadimiy 
an’anaviy liboslari bugungi kunda to‘liq o‘rganilmagan bo‘lsada, bu yerda yashagan 
o‘zbeklar liboslarning asosiy xususiyatlari haqida so‘z yuritish mumkin . Ushbu 
hududda joylashgan vodiy , tog‘li va tog‘ etgidagi tumanlar aholisining kiyinish 
madaniyati bir – biridan farq qilgan . 
Boysun o‘zbeklari libosining bichimi koproq mahalliy tojiklar libosiga o‘xshash 
bo‘lgan . Ular liboslarning uzunligi va kengligi , bezak berilishi , kiyinish uslubi , mato 
sifati hamda taqinchoqlari jihatidan farq qilgan . Liboslarni tikish uchun foydalanilgan 
matolar sirasi mahalliy hududlarning o‘zida ishlab ciqarilgan. 
Jumladan , tog‘li hududlarda yashovchi ko‘chmanchi aholi asosan , qo‘y va echki 
terisidan tayyorlangan matolardan tikilgan liboslarni kiyishni afzal bilgan . Asosiy 
yashovchi aholi esa tabiiy matolar sirasiga kiruvchi bo‘z, olacha , qalami , karbos , susi 
, janda , xosa kabi paxta matolar , shoyi , parpashsha ,adras, beqasam , banoras,kabi ipak 
yoki fabrikada tayyorlangan matolardan foydalangan. Ushbu matolardan bayramlar 
uchun maxsus liboslar tikilgan .
Qish mavsumida esa chopon ustidan tuya , qo‘y junidan tayyorlangan chakmon 
kiygan .Oddy aholi vakillari bel qismiga qo‘lda to‘qilgan chumchulag‘oy belbog‘idan 
foydalangan . Aholining boy erkaklari va savdogarlar rangli iplardan to‘qilgan va tilla 
yoki kumush to‘qali belbog‘ yoki rang barang toshlar bilan bezatilgan charm kamar 
bog‘lashgan . Ushbu kamarlarga hamyon, pichoq, xaltacha va boshqa kerakli buyumlar 
osib yurilgan . 
Bosh kiyimlar sifatida kulob ,quloqchin ,salla,do‘ppi kabilardan foydalanishgan. 
Sallani ,asosan, 12 yoshdan boshlab o‘rashgan . Salla esa o‘z navbatida, erkaklar uchun 
bayram libosi sifatida qabul qilingan . Kuyovlar uchun mo‘ljallangan salla rang-barang 
,jumladan qizil,to‘q qizil ranglarda bo‘lgan .


~ 234 ~ 
Bunday sallani kelin kuyov uchun o‘z qo‘llari bilan mehr ila to‘qiganlar va tikkan. 
Yoshi katta erkaklar uchun oq salla o‘rash xos bo‘lgan . Shuningdek, do‘ppi kabi bosh 
kiyim , ya’ni kallapo‘sh erkaklar libosining eng ommaviy tarzda foydalanadigan tarkibiy 
qismi bo‘lgan .
O‘smirlar kuyovlar kallapo‘shi o‘zgacha ko‘rinishda bo‘lib ,uning gardishi tikilib, 
jiyak hamda turli xil rangda popuklar bilan bezatilgan bo‘lib, yuzasi aylanasiga qavilgan 
. Ushbu bosh kiyimni tikishda tepa qismi va astari o‘rtasiga qog‘oz yoki paxtadan 
piltalar qo‘yilgan , bu esa o‘ziga xos bo‘rtma naqishni xosil qilishda yordam bergan . 
Bo‘rtma qaviqlar rangli ipak iplar bilan tikilgan . Bu esa o‘ziga navbatida , chiroyli 
bezaklar hosil qilishga ko‘mak bergan. 
Erkaklar poyabzal sifatida charmdan tayyorlangan mahsi , mo‘kki,choriq 
kabilarni kiygan . Choriqni buzoq ,buzoq tuya yoki ot terisidan tayyorlab , orqasiga 
bog‘lash uchun maxsus iplar tikilgan . Bunday poyabzal tog‘ va tog‘ oldi hududlarida 
yashaydigan aholi uchun juda qulay bo‘lgan. Shaharda yashaydigan erkaklar asosan , 
etik va kovush kiyib yurishi rusum bo‘lgan. 
Qo‘ng‘irot ayollari liboslari asrlar davomida shakllanib borgan . Uning 
shakllanishi jarayoniga xalqning turmush sharoiti , ijtimoiy shart – sharoitlari , 
shuningdek,qo‘shni yoki olisdagi xalqlar bilan o‘zaro aloqalar ta’sir etgan. Qo‘ng‘irot 
ayollari milliy liboslari ikkita turga ; kundalik hamda marosim liboslariga bo‘linadi.
Ko‘ylak yoqasi qiyiq yoki yopiq olingan yirmoch shaklida bo‘lgan. Qizlar 
ko‘ylagi ayollarnikiga o‘xshash bo‘lib ,faqat yoqa o‘yimi bilan farq qilgan . 
Surxondaryoning tog‘li va tog‘ oldi hududlari xotin – qizlarining liboslari umumiy 
ma’lum ko‘rinishga ega bo‘lgan kiyimlardan , jumladan ichki va ustki kuylak 
,lozim,ularning ustidan kiyiladigan jelak ,paranji,oyoq kiyimi,bosh kiyimi va 
bezaklardan iborat bo‘lgan. 
Ko‘ylak bilan birga lozimlarni ham shunday kashtalar bilan bezatishgan. 
Ko‘ylaklar rangi yorqin tanlanib , ularga tikiladigan kashtalar esa undanda yorqin 
iplardan tikilgan. Jumladan qizil,to‘q,sariq yoki och sariq rangli matoga och yashil ko‘k 
, qizil rangli kashtalarni tikilgani ayolni yanada ko‘rkam va bashang qilib ko‘rsatadi.
Ushbu voha ko‘ylaklari o‘zining turli ranglarga boyligi hamda beqiyos bezaklari 
bilan tojik ayollarining ko‘ylagiga o‘xshash tomonlari mavjud . Ammo boysunlik 
ayollar ko‘ylagiga tikilgan kashtalar oddiy bo‘lgan. Kashtalarda, asosan o‘simlik 
gullaridan ko‘p foydalanilgan. Bunday ko‘ylaklardan bayram libosi sifatida 
foydalanishgan . 
Qo‘ng‘irot ayollarining liboslari Boysun ayollarining liboslaridan o‘z bezagi bilan 
farq qilgan. Qo‘ng‘irot ayollarining ko‘ylaklarida kashtalardan foydalanilmasdan , balki 
bezak sifatida jiyak tikilgan . Ko‘ylakning vertikal yoqa yonlariga ko‘chmanchi 
qabilalarda ishlatiladigan geometrik va zoomfor bezakli jiyak –jaxak tikilgan . 
Jaxak bezagining uzunligi, odatda 80-100 sm , eni esa 4-4.5 sm ni tashkil etgan. 
Qo‘ng‘irotlik Yoshi katta ayollar ko‘ylak ustidan sitora nomli yopinchiq tashlab 
yurishgan . Ushbu kiyim turi to‘qilgan yoki tayyor matodan tikilgan qora rangli 
yopinchiq 
bo‘lgan 

Bunday 
kiyim 
turini 
odatda, 
G‘arbiy Pomirning 
hududlarida,shuningdek,janubi-sharqiy guruhdagi turkmanlar va qozoqlarda ham 
uchratish mumkin . Bu esa o‘z navbatida , Boysun aholisining boshqa qo‘shni xalqlar 
bilan madaniy aloqalari mavjud bo‘lganligidan dalolatdir.


~ 235 ~ 
Surxondaryo ayollarining ularning yoshi , ijtimoiy darajasi bosh kiyimiga qarab 
farqlangan . Qiz va juvonlarning bosh kiyimi bir biridan farq qilgan . Voha qizlari 
do‘ppiga o‘xshash shapka kiyib , uning ustidab esa kichik shakldagi rang – barang 
ro‘mol o‘ragan . O‘rta yoshli ayollar esa kiygich deb nomlangan bosh kiyim ustidan 
katta ro‘mol o‘rashgan . Keksa ayollar esa bosh kiyimsifatida katta oq ro‘moldan 
foydalanishgan . Shuningdek , Qo‘ng‘irot ayollarining yana bir bosh kiyimi bo‘lib , 
ushbu bosh kiyim sallasimon shaklga ega bo‘lib , bosh deb atalgan. Bosh murakkab 
tuzilishga ega bo‘lib , u baland silindir ko‘rinishida bo‘lgan .
Bosh asosini old qismi jiyak bilan bezatilgan kiygich tashkil qilgan. Kiygich 
xilma-xil rangli bezaklar bilan bezatilgan bo‘lib , ushbu bezaklar ipak yoki paxta ip 
bilan tamg‘a naqshida tikilgan. Ushbu tamg‘a ko‘rinishdagi kashtalar orqali esa 
ayolning qaysi qabila vakili ekanligini bilish mumkin edi . Uchburchak va romb 
shaklidagi geometrik naqshlar unumdorlik ramzi bilan bog‘liq bo‘lgan . 
Boshning ustidan bir qancha rangli ro‘mollar pog‘ona shaklida o‘ralgan, so‘ngra 
bosh ustidan katta shakldagi ro‘mol va kurta yopinchig‘i tashlangan. Boshqa o‘ralgan 
ro‘mollarning soniga va ularning sifatiga qarab ayollarning badavlatlik darajasi
belgilangan. Bugungi kunga kelib esa , ushbu bosh kiyimni keksa yoshdagi ayollar 
o‘rashadi .

Download 6,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish