Ommaviy iste’mol jamiyati. Bu bosqichda ommaviy iste’mol tovarlari ishlab chiqarish ustuvor ahamiyatga ega bo‘ladi. Aholiga xizmat ko‘rsatish sohalari rivojlanadi. Uzoq muddat foydalaniladigan iste’mol tovarlarini ishlab chiqarish yetakchi o‘ringa chiqadi. Mamlakatning ishlab chiqarish salohiyati iste’mol uchun ishlaydi. Bu konsepsiyada rivojlanish asosini ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi tashkil etadi
Mulkchilik munosabatlari – bu mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf qilish hamda ishlab chiqarish natijalarini o‘zlashtirish jarayonida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlardir.
Mulkka egalik qilish - mulkdorlik huquqining egasi qo‘lida saqlanib turishini bildiradi va yaratilgan moddiy boyliklarni o‘zlashtirishning ijtimoiy shaklini ifodalaydi.
Mulkdan foydalanish – bu mol-mulkning iqtisodiy faoliyatda ishlatilishi yoki ijtimoiy hayotdaqo‘llanilishidir. Mol-mulkdan foydalanish yuz berganda u daromad olish uchun yoki shaxsiy ehtiyojni qondirish uchun ishlatilishini bildiradi.
Mulkni tasarruf etish – bu mol-mulk taqdirining mustaqil hal qilinishidir. U mol-mulkni sotish, meros qoldirish, hadya qilish, ijaraga berish kabi hollar orqali ro‘y beradi.
Mulkchilik shakllari:
Davlat mulki - haqiqatda ham jamiyatga tegishli bo‘lgan, bo‘linmaydigan yoki umumiy resurslardan foydalanish uchun juda mosdir. Bunga misol qilib takror ishlab chiqarib bo‘lmaydigan tabiiy resurslarni, yirik inshootlar va transport vositalari, yo‘llar kabi iqtisodiy tuzilmaning kattagina qismini ko‘rsatish mumkin.( Yer, yer osti boyliklari, suv, havo bo‘shlig‘i, o‘simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy resurslar, respublika hokimiyati va boshqaruv tuzilmalari molmulki, davlatga qarashli madaniy va tarixiy boyliklar, budjet mablag‘lari, oltin zaxirasi, valuta fondi va boshqa davlat fondlari respublika mulki hisoblanadi.)
Jamoa mulki – muayyan maqsad yo‘lida jamoaga birlashgan kishilar tomonidan moddiy va ma’naviy boyliklarni hamjihatlik bilan o‘zlashtirishni bildiradi.( Jamoa mulkiga – kooperativlarning, ijara va jamoa korxonalarining, aksionerlar jamiyatlari, xo‘jalik jamiyatlari va shirkatlarining, jamoa va boshqa tashkilotlarning mulki kiradi)
Shaxsiy mulk- bu fuqarolar mulki bo‘lib, shaxsiy yoki oilaviy ehtiyojini qondirishga xizmat qiladi. Bu mulk shakli asosan shaxsning yoki uning oila a’zolarining mehnati asosida ko‘payadi va rivoj topadi. (Shaxsiy mulk obyektlari – bu turar joylar, bog‘-hovli va uylar, transport vositalari, pul jamg‘armalari, uy-ro‘zg‘or va shaxsiy iste’mol buyumlari, yakka tartibda va boshqa xo‘jalik faoliyati uchun kerakli ishlab chiqarish vositalari, ularda hosil qilingan mahsulot va boshqalar bo‘lishi mumkin.)
Do'stlaringiz bilan baham: |